Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Uchinchi, (mulkchilik va soliq ishlari vaziri) - davlat yer-mulklari, boj, zakot ishlari bilan shug‘ullangan



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə22/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

Uchinchi, (mulkchilik va soliq ishlari vaziri) - davlat yer-mulklari, boj, zakot ishlari bilan shug‘ullangan.

  • To‘rtinchi, (saroy vaziri) - saltanat kirim chiqimlari, xazina harajatlari bilan shug‘ullangan.

  • Beshinchi, adliya vaziri bo‘lib, bu vazir devoni kuzzot (qozilar devoni) ga rahbarlik qilgan.

  • Oltinchi, devoni mushrif – mansabdorlar faoliyatini nazorat qilish ishlari.

  • Yettinchi, tashqi ishlar vaziri (devoni rasoil) – mamlakatlararo savdo va elchilik munosabatlarini boshqargan.

    Ayni vaqtda Amir Temur tomonidan turkiy davlatchilik boshqaruvining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lgan qurultoylarning faoliyati jonlantirildi. Qurultoyda mamlakatning taqdiri bilan bog‘liq masalalar muhokama etilgan va u Millat majlisi vazifasini bajargan.
    Ma’muriy jihatdan mamlakat uluslar, viloyatlar va tumanlarga bo‘lib boshqarilgan.Mamlakat to‘rt ulusga bo‘lingan va har bir ulus va viloyatlar Amir Temurning o‘g‘illari va nabiralari tomonidan idora etilgan. Ayni vaqtda davlat yerlarining bir qismi suyurg‘ol tarzida ham shaxzodalarga va yirik amaldorlarga bo‘lib berilgan. Garchi suyurg‘ol tarzida berilgan yerning sohibi Amir Temurga sadoqat bilan xizmat etib kelgan va ma’lum bir hudud yoki mulkning markaziy hokimiyatga so‘zsiz bo‘ysunishini ta’minlasada, keyinchalik temuriylarning hukmronligi vaqtida yuzaga kelgan siyosiy tarqoqlikning iqtisodiy va siyosiy asoslaridan biriga aylanib qolgan edi, ya’ni viloyatlar hokimlari bilan bir qatorda ba’zi suyurg‘ol mulk egalari ham o‘zlarini mustaqil deb e’lon qilishga harakat qilgan edilar.
    Ma’muriy tizim asosan ma’lum hududiy birlikning yetkazib bera oladigan qo‘shinlari soni bilan belgilangan, o‘n ming qo‘shin bilan ta’minlash imkoniga ega hudud tuman (mo‘g‘ulcha – o‘n ming) deb yuritilgan. O‘z navbatida mingliklar – hazorani, yuzliklar – sada, o‘nliklar - dahalarni tashkil etgan.4
    Har bir viloyatning o‘z hokimlari bo‘lish bilan birga, moliya devoni, qozi, muftiy, muxtasib va mutavallilari ham faoliyat ko‘rsatgan. Ular bir vaqtning o‘zida mahalliy hokimiyatga va Oliy devonga bo‘ysungan, bu esa mahalliy ma’muriy boshqaruvning mukammal darajada tashkil etilganligini ko‘rsatadi.5
    Mahalliy boshqaruvda shuningdek, mahalla oqsoqollarining o‘rni ham sezilarli darajada bo‘lgan va oqsoqollar mahalliy aholi orasidan tayinlangan.
    Amir Temur va temuriylar davrida davlat va boshqaruv masalalari, davlat va mahalliy hokimiyat vakillarining barchasi yagona markazga bo‘ysundirilgan. Davlat boshqaruv tizimi mukammal davlatchilik tizimi bo‘lib, u davlat hokimiyatini amalga oshirishningsamarali vositasi bo‘lib xizmat qilgan edi.
    O‘zbek xalki davlatchiligi tarixida Amir Temurning xizmati shundaki, u davlatchilikning boshqaruv tizimi, ichki va tashqi siyosatining tartib-qoidalari, hukukiy asoslarini yangi tarixiy sharoitda takomillashtirdi.
    Mamlakatni boshqarishda eng avvalo o‘z yaqinlariga suyangan Amir Temur davlat boshqaruv ishlarida islom qonun-qoidalariga ham amal qildi.
    Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, eng avvalo uzoq yillar davom etgan mo‘g‘ullar hukmronligining asoratlari – siyosiy tarqoqlik, boshqaruvdagi o‘zboshimchaliklar, mamlakat ichki hayotida fuqarolar ustidan hukmronlik qiluvchi beklar va amirlarning zulmkorlik siyosatiga barham berdi.
    Sohibqiron Amir Temur davlatining ma’muriy tizimi o‘sha davrdagi milliy davlatchilik, fors, arab va mo‘g‘ul va o‘sha davr davlatchiliginingeng maqbul sifatlarini o‘zida mujassamlashtirdi. Unda urf odatlar, turli milliy qadriyatlar taraqqiyotiga yo‘l ochish, inson farovonligini ta’minlash asosiy maqsad etib olingan edi. Sohibqiron Amir Temur davlatining ma’muriy tizimi davr uchun xos bo‘lgan yangicha an’analarni o‘zida mujassam etsada, davlatning barcha sohalarida turkiy davlatchilik an’analari ustunlik qildi.
    Sohibqiron Amir Temur o‘rta asr turkiy davlatchilik an’analarini boshqaruvga asos qilib olib, ularni yangicha asosda rivojlantirdi.
    Amir Temurning davlat boshqaruv asoslari o‘sha davr tarixiy sharoitidagi eng afzal boshqaruv asoslarini o‘zida aks ettirgan bo‘lib, o‘zga davlatlarning davlat boshqaruv ishlari uchun ham o‘ziga xos tarzda andoza sifatida ta’sir o‘tkazdi. Davlatning boshqaruv asoslari o‘z davri imkoniyatlaridan birmuncha o‘zib ketgan bo‘lib, fuqarolarning milliy, irqiy, diniy va taraqqiyoti darajasidan qat’iy nazar mamlakat obodligi va xalq farovonligi uchun xizmat qilgan.
    Amir Temurning davlatchilik ta’limotida tarixiy davlatchilik tafakkuri, o‘z davrining muhim ijodiy qonunchiligi va ta’limotlari uyg‘unlashib, o‘sha davr uchun yangicha mukammal davlatchilik asoslari yaratilgan va amalga oshirilgan.
    Amir Temurning davlat boshqaruv qoidalari insoniylik poydevori ustida qaror topganligi uchun ham bu qadriyatlar o‘zbek xalqining bugungi davlatchilik an’analariga ham mos keladi.
    Amir Temur davlatining ichki va tashqi siyosatidagi eng asosiy tayanchi harbiy qo‘shin- lar edi. Harbiy qo‘shinlarning eng asosiy vazifalaridan biri esa mamlakat tinchligi va fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashdan iborat edi.
    Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgan dastlabki vaqtlaridanoq kuchli harbiy qo‘shin tuzish harakatiga tushadi, buning asosiy sababi dastlabki vaqtlarda Movarounnahrning tevarak atrofida joylashgan mo‘g‘ul xonlari va amirlariga qarshi kurash olib borish bo‘lsa, keyingi vaqtlarda kuchli davlat tuzish va uning xavfsizligini ta’minlash edi, bu masalalar esa o‘z navbatida davlatning kuchli qo‘shinga ega bo‘lishini taqozo etardi.
    Amir Temur harbiy islohotlarga katta e’tibor berib, eng avvalo qo‘shin bosh qara olish qobiliyatiga ega bo‘lgan kishilarni tanlab olish va ularni tarbiyalab borish, qat’iy harbiy intizomga rioya etuvchi kuchli qo‘shin tuzish, qo‘shinni qurollantirish borasida ish olib bordi.
    Amir Temurning harbiy islohotlari asosida tuzilgan qo‘shinning asosini o‘n nafar jangchidan iborat bo‘linma tashkil qilgan. Bu bo‘linma “ayl” deb yuritilgan. O‘z navbatida o‘n nafar “ayl” birikib, yuz kishilik qo‘shinni “xo‘shun”ni tashkil etgan. O‘n nafar «xo‘shun” esa ming kishilik qo‘shin “xazora”ni tashkil etgan, o‘n nafar “xazora” birikib, “tuman”, ya’ni o‘n ming kishilik qo‘shinni tashkil etgan, “tuman” lashkar deb ham yuritilgan.
    Mazkur qo‘shinlar alohida tartibda maxsus harbiy qo‘mondonlar tomonidan boshqarilgan, harbiy qo‘mondonlik aksariyat hollarda nasl-nasabiga qarab emas, balki harbiy sohadagi malakalariga qarab belgilangan. O‘n kishilik bo‘linma “aylboshitomonidan, yuz kishilik bo‘linma “xo‘shunboshi” tomonidan, ming kishilik qo‘shin “mirixazora” tomonidan, o‘n ming kishilik lashkar esa “tumanboshi” yoki “tumanog‘asi” tomonidan boshqarilgan va jangga boshlab kirilgan. Har bir askar va har bir qo‘mondon davlat tomonidan maxsus maosh – ulufa bilan ta’minlab borilgan. Ayni vaqtda janglarda o‘zini ko‘rsata olgan va mardlik namoyon qilgan askarlar va lashkarboshilar maxsus mukofotlar va in’omlar bilan taqdirlangan. Agar biron-bir lashkarboshi dushman qo‘shinini mag‘lub etsa va biron-bir hududni qo‘lga kiritsa, u maxsus tug‘, noqora, bahodirlik martabasi va eng asosiysi harbiy masalalardagi davlat kengashlariga qatnashish xuquqiga ega bo‘lgan.
    Amir Temur qo‘shinlarini boshqargan qo‘shin boshliqlari – amirlar asosan unga sodiq bo‘lgan o‘n ikki urug‘ (qabila) – barlos, arg‘in, jaloyir, tulkichi, do‘ldoy, mo‘g‘ul, sulduz, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, tatar va tarxonlardan tanlab olingan bo‘lib, butun harbiy faoliyati davomida Amir Temur 313 nafar kishiga amirlik rutbasini bergan edi. Mazkur 313 nafar amirlarning biri amir ul-umaro, to‘rt nafari beklar begi, qolganlari mingboshi va yuzboshi martabasida bo‘lishgan. Bulardan tashqari o‘n ikki kishi birinchidan o‘n ikkinchi darajagacha bo‘lgan amirlar sanalib, ularning har biriga bittadan bayroq va noqora, amir ul-umaroga ham bayroq va noqora, o‘n ming kishilik qo‘shin, tug‘, to‘rt nafar beklarbegining har biriga ham bayroq, noqora, chodir va karnay berilib, bu narsalar amirlarning martabalarini va qo‘shindagi maqelarini belgilab bergan.
    Bunday o‘ziga xos ramzlar ayni vaqtda qo‘shin yoki ayrim alohida bo‘linmalarning umumiy qo‘shindagi mavqei, o‘rni va darajasini hamda uning kim tomonidan boshqarilayotganligini ham anglatib turgan.
    Katta qizil bayroq qo‘shin boshlig‘i, ya’ni amir al-umaro yoki beklarbegi uchun xos bo‘lsa, ot yoli bog‘langan uzun tug‘ tuman og‘asi (o‘n ming kishilik qo‘shin qo‘mondoni)ning, ikki tomoniga kokillar (yoki shokilalar) osilgan ikki noqora yuzboshi uchun xos bo‘lgan harbiy ramzlar yoki belgilar hisoblanar edi. Otliq jangchilar bo‘linmalarini boshqarish uchun maxsus ajratilgan otliqlar ot egarlarining ikki tomoniga ikki tabl dovul (nog‘ora) osilib, jang paytlarida otliq askarlarning jang harakatlarini tartibga solish va boshqarish uchun turli musiqa usullarida chalib borilgan.
    Qo‘shin tuzilishiga ko‘ra bir necha qismdan iborat bo‘lib, asosiy bo‘linmani bir necha tumanlarni o‘z ichiga olgan “manglay”, ya’ni asosiy avangard qismlar tashkil qilgan. Manglay bilan qo‘shinning asosiy qismlari oralig‘ida esa qo‘mondonning qarorgohi va uning tevarak “zahira” qismlar joylashgan bo‘lib, u «izofa» deb yuritilgan. Urush vaqtlarida jang oqibatining qanday tugashi bevosita izofa qismlariga bog‘liq bo‘lgan. Qo‘shinining eng asosiy jangovor qismi markaz, o‘ng va so‘l qanotlardan iborat bo‘lgan. Uning o‘ng qanoti «burong‘or», so‘l qanoti esa «javong‘or» deb yuritilgan. Burong‘or va javong‘orning oldida Yana bittadan kichik bo‘linmalar-qo‘riqchi bo‘linmalar harakatlangan va ular “kanbul” deb yuritilgan. Qo‘shin harakatlanayotgan vaqtda esa asosiy qo‘shindan oldin kuzatuv ishlarini olib boruvchi eng tajribali askarlardan iborat “xabargirlar” (harbiy qo‘shin razvedkasi) harakatlangan. Shuningdek qo‘shinning o‘z yo‘l boshlovchilari ham bo‘lib, ular ham harbiy bo‘linma hisobida bo‘lgan. Bu bo‘linmaning ortidan yana bir kichik bo‘linma “yasovul” lar harakat qilgan.
    Shu tariqa murakkab tuzilishga ega bo‘lgan qo‘shin yetti qismdan iborat bo‘lib, markaz-manglay, burong‘or-o‘ng qanot, javong‘or-so‘l qanot mustaqil tarzda harakatlangan, asosiy qo‘shinning qanotlarida harakatlanuvchi ikki manglay va ikki kanbullar bo‘linmalari asoiy qismlarga birikkan holda harakatlangan va ularga tobe hisoblangan.
    Harbiy yurishlar vaqtida har bir jangchi o‘zi bilan oziq-ovqat, sadog‘ida o‘ttizta o‘qi bilan kamon, qilich, nayza va qalqon hamda sovut olib yurishi shart bo‘lgan. Otliq asakar esa yuqorida aytilganlarga qo‘shimcha ravishda mingan otidan tashqari yana bitta ot olib yurishi belgilab qo‘yilgan. Har bir ayl – o‘n kishilk askariy bo‘linma o‘zi bilan chodir, qozon, ketmon, ikkita belkurak, bolta va o‘roq, igna va ip, arqon hamda bittadan oshlangan teri olib yurishi lozim bo‘lgan.
    Harbiy sohada islohotlarni amalga oshirar ekan, Amir Temur eng avvalo har bir askar va har bir harbiy qo‘shin qo‘mondonlarining harbiy intizom va harbiy nizomga qat’iy ravishda bo‘ysunishini va amal qilishini eng zaruriy va birlamchi vazifa etib qo‘ygan. Ayni vaqtda harbiy sarkardalarning eng quyi pog‘onadagilardan boshlab qo‘shin boshliqlarigacha harbiy san’at, jang qilish uslublari, jang taktikalari va harbiy harakatlarni olib borish malakalari, o‘z qo‘llari ostidagi oddiy askarlarga nisbatan har sohada adolatli bo‘lishlarini talab qilgan va ularning martabalarini ko‘tarishda ham shu kabi xususiyatlariga alohida e’tibor berilgan. Oddiy askar esa nizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lish bilan birga jang vaqtida ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi va adolatli bo‘lishi lozimligi belgilab qo‘yilgan.
    Amir Temurning harbiy islohotlari natijasida qo‘shin qat’iy tartibga va tizimga asoslangan qudratli armiyaga aylandi. Qo‘shinning tuzilishi ham o‘ziga xos tarzda belgilab qo‘yilgan bo‘lib, tinchlik vaqtlarida ham, urush holatlarida ham harbiy intizomga va tartibga qat’iy amal qilingan.

    Yüklə 0,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə