Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə20/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

2. Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi
Amir Tumur hokimiyat tepasiga kelgach, deyarli bir asrlik bosh boshdoqlik hukm surgan mamlakatga qonunlar joriy etib, tartib o‘rnatish oson emas edi. Uni faqatgina kuchli siyosat yurgizib, mamlakat qudratini mustahkamlab amalga oshirish mumkin edi. Temur o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida dastlab barlos qabilasidan maxsus gvardiya tashkil qiladi. Chunki bunday ishonchli gvardiya ayniqsa uning siyosiy va harbiy kurashlari uchun zarur edi. Shuningdek, Amir Temur davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan bo‘lsa -da, ammo mavjud shart-sharoitda amaliy qadamlar qo‘yib borish nihoyatda og‘ir edi. Zero, mamlakat yo biron-bir viloyat, yoki ijtimoiy tabaqa doirasida kattagina mavqega ega bo‘lgan amirlar avval boshda uning hukmronligini tan olgan bo‘lsalar-da, ular bilan Amir Temur o‘rtasidagi munosabat bundan buyon ularga va ularning namoyondasi bo‘lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko‘p jihatdan bog‘liq edi. Aynan shuning uchun ham 1370 yilning o‘rtalarida Samarqandda o‘tkazilgan qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig‘ib, ularga har birining mavqei va martabasiga qarab biron-bir mansab va mulk (viloyat, tuman, shahar) taqsimlab beradi, katta-katta sovg‘alar ulashadi.
Amir Temur Movarounnahrning qonuniy hukmdori sifatida mamlakat hududlarini birlashtirishga kirishar ekan, hududlar ustiga dabdurustdan harbiy yurishlar qilmasdan, kelishuvchilik siyosatini tutdi. SHu bois ham u Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi erlarni, Farg‘ona, SHosh viloyatlarini o‘z tasarrufiga kiritishda unchalik qiynalmadi. Ammo, Xorazmda ahvol boshqacha edi. Xorazmning o‘sha davrdagi hukmdorlari (Husayn So‘fi, YUsuf So‘fi) Oltin O‘rda ta’sirida bo‘lib, elchilar jo‘natilganligiga qaramay bir necha yil Amir Temur hokimiyatnini tan olmadilar.
SHuning uchun ham Amir Temur Xorazm ustiga besh marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388 yillar) qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. 1388 yildan so‘ng Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. Amir Temurning harbiy yurishlari 1386 yildan boshlab “uch yillik”, 1392 yildan “besh yillik”, 1399 yildan “etti yillik” urushlar nomini olagn. XIV asrni ng 80-yillari o‘rtalariga kelib butun Xuroson Sohibqiron ixtiyoriga o‘tadi. “Uch yillik” urush davrida Amir Temur Ozarbayjon, Tabriz, Mozandaron, G‘ilonni bo‘ysundiradi. Shundan keiyn u Kavkazga yurish boshlab Tiflis, Arzirum va Van qal’asini egalladi.
1388 yilning yanvarida Amir Temurning qaytishidan xabardor bo‘lgan dushmanlar chekina boshlaydilar. Amir Temurdan topshiriq olgan amirlar, Husayn, SHayx Ali Bahodir va boshqalar dushmanni Sirdaryo bo‘yidagi Sarisuv degan joyda quvib etib, unga katta talofat etkazdilar. 1388 yilning oxiridagi yana bir to‘qnashuv (Sagaron, Kattaqo‘rg‘on atroflarida) To‘xtamishning mag‘lubiyati va qochib ketishi bilan yakunlandi. 1395 yilning bahorida Kavkazdagi Terek daryosi bo‘yida To‘xtamish va Amir Temur qo‘shinlari yana to‘qnashdilar. Bu jangda To‘xtamish qattiq mag‘lubiyatga uchradi, poytaxt Saroy Berka ishg‘ol etildi va Oltin O‘rdaning qudratiga qattiq zarba berildi.
Ta’kidlash lozimki, Sohibqironning bir mamlakatga qilgan yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket borgan. Xorazm, Xuroson, Eron, Hindiston yurishlari bunga misol bo‘la oladi. Ma’lumki, Sohibqiron hokimiyat tepasiga kelgan davrda Eron va Xurosonda ham bir nechta kichik davlatlar mavjud bo‘lib, oddiy xalq va savdogarlar ulardan ko‘p jabr ko‘rar edilar. Amir Temur 1380 yildan boshlab Xuroson yurishlarini boshlaydi. Tus, Nishopur, Sabzavor shaharlari unga jangsiz taslim bo‘ladilar. 1388 yilning yanvarida Amir Temurning qaytishidan xabardor bo‘lgan dushmanlar chekina boshlaydilar.
Sohibqiron Ozaybarjonga bir necha bor hujum qilib 1387 yilda uni egallashga muvaffaq bo‘ladi. 1392 yilda Armaniston va Gruziya Amir Temur izmiga o‘tadi. SHimoliy Hindiston va Kashmir musulmonlari qaroqchilardan aziyat chekayotganligi bois Temur Hindistonga ham yurish qilib, 1399 yil martida bu hududlarni ham egallaydi. 1400 yilda Amir Temur qo‘shinlari turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni bilan kurash olib borib, o‘sha yili Misr sultoni Farajni tor-mor etdi. 1402 yilda Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to‘qnashdi va uni tor-mor etdi.
Temurning bu g‘alabasi ayniqsa evropaliklarda katta taasurot qoldirgan edi. Misol uchun, Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba munosabati bilan Frans iya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV va Vizantiya imperatori Temurga o‘z tabriknomalarini yuborganliklari manbalarda ma’lum. CHunki, tadqiqotchilar tili bilan aytganda, Yevropaga ulkan xavf solib turgan Boyazid boshchiligidagi usmoniylar imperiyasiga berilgan zarba uchun endigina uyg‘onayotgan butun Evropa Amir Temurdan minnatdor edi. 1404 yilning may oyida Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi va Xitoyga bo‘ladigan yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi. 1404 yilda qahraton qishda Temurning 200 minglik qo‘shini Samarqanddan Xitoy yurishiga chiqadi. O‘sha yili qish O‘rta Osiyo tarixidagi eng qahraton qishlardan bo‘lgan edi. Sirdaryoning suvi bir metrga muzlagan, askarlardan ko‘pining qo‘l-oyoqlarini, quloqburunlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o‘zi ham ko‘p o‘tmay shamollab qoladi. 1405 yil yanvar oyining o‘rtalarida O‘trorga to‘xtashga qaror qilishadi va bu erda 18 fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etadi.
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar olib boradi. Ushbu yurishlar natijasida ulkan saltanat barpo etildiki, uning tarkibiga Movarounnahr va uning atrofidagi viloyatlar, Xorazm, Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg‘oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, Janubiy Rossiya, Kavkaz va G‘arbiy Osiyoning bir qator davlatlari kirgan. Amir Temurning ulkan davlat barpo etishdagi faoliyati uning maqsad va rejalariga ko‘ra ikki bosqichga bo‘linadi. Birinchi bosqich 1360-1386 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda Sohibqiron Movarounnahrda markazlashgan kuchli davlat barpo etishga erishadi. Ikkinchi bosvich 1387-1404 yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda Amir Temur mamlakat qudratini mustahkamlash payida bo‘ldi. O‘sha vaqtdagi Qobul va SHimoliy Hind mulklarining hukmdori bo‘lgan Pirmuhammadni taxtga o‘tkazish tarafdorlari ko‘p bo‘lsa-da, Mironshoh Mirzoning o‘g‘li, Toshkent, Sayram, Turkiston erlarining hokimi Xalil Sulton 1405 yilning 18 martida o‘zining ming chog‘li askari bilan shoshilinch tarzda Samarqand taxtini egallaydi. Xalil Sulton boshqa bir temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzo (Temurning ikkinchi o‘g‘li bo‘lmish Jahongir Mirzoning o‘g‘li Muhammad Sulton Mirzoning o‘g‘li)ni xon deb ko‘taradi va uning nomidan xutba o‘qitib, tanga zarb ettiradi. Xalil Sulton vaqtincha Temurdan qolgan xazinalar evaziga Sohibqironning nufuzli a’yon va kiborlari, ayrim amirlarini ma’lum qmsmini o‘z tomoniga og‘dirib, Movarounnahr taxtini egallab olgan bo‘lishiga qaramay, ko‘p o‘tmasdan kuchli norozilik va isyonlarga duch keladi. Avvalo, Temurning kenja o‘g‘li SHohruh Mirzo Hirotda o‘z nomiga xutba o‘qitib, tanga zarb etishni joriy qildi. SHundan so‘ng Turkiston hokimi SHayx Nuriddin va Farg‘ona hokimi Amir Xudoydod Xalil Sultonga qarshi isyon ko‘taradilar. Bu isyonga O‘tror hokimi Berdibek ham qo‘shiladi. Xalil Sultonning ukasi Mirzo Sulton Husayn Amudaryo bo‘ylarida o‘z akasiga qarshi bosh ko‘taradi. Temur taxtining asosiy valiahdi bo‘lgan Pirmuhammad Amudaryodan kechib o‘tib, Xalil Sultonga qarshi Nasafga qo‘shin tortadi. Xalil Sultonni Iroq tomondan otasi Mironshoh Mirzo qo‘llabquvvatlab turgan bo‘lishiga qaramay, unga qarshi nizolar kuchayib bordi. Natijada 1405 yilning oxirlariga kelib Xurosonda SHohrux Mirzo, Balx, G‘azna va Qandahorda Pirmuhammad Mirzo, G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda Mironshoh Mirzoning o‘g‘illari Umar Mirzo bilan Abubakr Mirzolar hokimi mutlaq bo‘lib oladilar. Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston, Sarbon, O‘tror, Sayram Amir Berdibek tasarrufida qoladi. O‘ratepa bilan Farg‘onani Amir Xudoydod egallab oladi. Xorazmni esa Oltin O‘rdaning taniqli sarkardalaridan biri Amir Idiku O‘zbek ishg‘ol etadi.
1405-1408 yillarda SHohruh Mirzo Xalil Sultondan Samarqand taxtini tortib olishga harakat qilgan bo‘lsa-da, buning uddasidan chiqa olmadi. Balx, Seyiston, Xuroson va Ozarbayjonda temuriy shahzodalar va ayrim nufuzli amirlarning birinketin ko‘tarilib turgan g‘alayonlari bunga jiddiy to‘sqinlik qilar edi, 1409 yilning boshlarida Movarounnahrda ham siyosiy vaziyat yanada keskinlashdi. Bu vaqtda Amir Xudoydod Xalil Sultonni Samarqand yaqinidagi SHeroz qishlog‘ida mag‘lubiyatga uchratib, uning o‘zini asirlikka oladi. Xuroson hokimi SHohruh esa Mozandaron, Mashhad, Seyiston va Kirmondagi g‘alayonlarni bostirib, bu viloyatlarda osoyishtalik o‘rnatadi. So‘ngra butun e’tiborini Movarounnahrga qaratadi va 1409 yil 25 aprelda Amudaryodan o‘tib, Samarqandga qo‘shin tortadi.
Bu jangda Xalil Sultonni asir olgan Amir Sulton qo‘shinlari tor-mor etilib, Xalil Sulton asirlikdan ozod qilinadi hamda Ray viloyatining (Eronda) hokimligiga tayinlanib 1411 yilda vafot etadi. 1409 yilning oxiriga qadar Movarounnahrda tinchlik va isoyishtalik o‘rnatib, Xalil Sulton va boshqa temuriy shahzodalar tarafdorlariga keskin choralar ko‘radi, izdan chiqqan xo‘jalik hayotini, savdo-sotiqni tiklaydi, SHohruh Mirzo temuriylar davlatining oliy hukmdori sifatida e’tirof etilib, uning deyarli 40 yillik (1409 -1447yy.) barqaror hukmronlik davri boshlanadi. Temur vafotidan so‘ng o‘tgan davr mobaynida davom etgan taxt va hududlar uchun o‘zaro urushlar hamda isyonlar mamlakat aholisining iqtisodiy ahvoliga keskin ta’sir qilib, xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo‘lgan edi. SHu bois, SHohruh Mirzo oddiy xalq tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tabiiy edi. Aynan shuning uchun ham SHohruh Amir Temur hukmronligi ostida bo‘lgan hududlarda o‘z hokimiyatini o‘rnatishga hamda mamlakatda doimiy tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga jiddiy harakat qiladi.
Amir Temur va temuriylar davrida davlatning kuchli boshqaruvi asoslari yaratilgan bo‘lib, bu asoslar saltanat tasarrufiga olingan xalqlar va millatlar-ning diniy e’tiqodi, milliy va irqiy mansubligi hamda sivilizatsiyalar taraqqiyoti darajasidagi tafovutlar va boshqa holatlarning o‘z holicha davom etishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmagan. Aksincha, mamlakat tarsarrufidagi barcha xalqlar va elatlar iqtisodiy siyosiy taraqqiyotining yanada yuksalishiga ijobiy turtki beribgina qolmasdan va ularga tarixiy sharoitni, ya’ni barcha xalqlar va davlatlar o‘rtasida madaniy va iqtisodiy aloqalarni - hozirgi qabul qilingan iboralar bilan aytganda integratsion jarayonlarning faol harakatda bo‘lishiga imkon yaratib bergan edi. Amir Temur tomonidan davlat boshqaruvi sohasida bir qator islohotlar amalga oshirildi. Amalga oshirilgan islohotlar natijasida Movarounnahr va unga tobe viloyatlarda qonunga, uning ustivorligiga asoslangan davlat boshqaruvi tizimi shakllantirildi. Islohotlar jarayonida shu davrdagi mavjud davlat boshqaruv tizimidagi ko‘chmanchi va o‘troqlik xususiyatiga ega bo‘lgan davlatchilik boshqaruvi an’analarining qaytadan tashkil etilishi, bunda o‘troq va ko‘chmanchi xalqlarning diniy, milliy, mintaqaviy, etnik qadriyatlari asos qilib olingan bo‘lsada, pirovard natijada mahalliy o‘troq madaniyatga ega xalqlarning milliy davlatchilik an’analari asosiy o‘ringa ko‘tarildi.
Boshqaruv ikki idoradan - dargoh va vazirlik - devondan iborat bo‘lgan. Dargohni oliy hukmdor boshqargan. Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlari, mahalliy hokimiyat idoralari bilan bog‘lanib turish ishlarini oliy devon yuritgan.
Oliy devon - ijroiya hokimiyatida bosh vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri turgan. Sarhadlar va tobe mamlakatlar boshqaruvi bilan shug‘ullanuvchi yana uch vazir faoliyat ko‘rsatib, devonbegiga hisobot berib turgan.
Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, qoziyi ahdos (urf-odatlar bo‘yicha hukm chiqaruvchi qozi, qoziyi askar, sadri a’zam (vaqf yerlari, mulklari mutasaddisi), dodhoh (fuqarolarning shikoyatlarini ko‘ruvchi), eshikog‘asi, saroy vaziri, yasovul va boshqalar bo‘lgan.
Amir Temurning davlat boshqaruv tizimi butun hududda yagona markazlashgan siyosiy tartib asosiga qurilgan edi. Davlat o‘z tarkibiy tuzilishiga ko‘ra harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan edi. Amir Temur o‘ziga qadar mavjud bo‘lgan davlatchilikning sakkizta asosiga amal kiladi:3

  1. Davlatning siyosiy jixatdan mustaqil bo‘lishi;

  2. Davlat va jamiyat siyosiy yaxlitligining buzilmasligi;

  3. Davlat va jamiyatning muayyan qonunlar, tartiblar, mafkura asosida boshqarilishi;

  4. Boshqaruv tizimini muvofiqlashtirib turuvchi qonun va qoidalar ishlab chiqilishining shakllangan bo‘lishi;

  5. Jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ahvolining davlat e’tiborida bo‘lishi;

  6. Fan va madaniyat ravnaqi to‘g‘risida doimiy kayg‘urish;

  7. Har bir davr shart–sharoiti, tartiblariga ko‘ra davlat jamiyat ichki taraqqiyoti masalalarining tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda olib borishi;

  8. Davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamon va kelajakni teran tafakkur, mustahkam iymon, g‘oyat yuksak ma’naviyat va millatparvarlik ila anglamog‘i;

  9. Amir Temur davlatchilikning bu asoslariga to‘qqizinchisini, ya’ni jamiyatning rivoji va barcha ijtimoiy tabaqalar manfaatlarining ta’minlanishini qo‘shdi.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə