Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə19/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. Chig‘atoy ulusidagi siyosiy tizim?


2. Chig‘atoy ulusidagi boshqaruv tartibi?
3. Chig‘atoy ulusidagi iqtisodiy munosabatlarning ahvoli?
4. Chig‘atoy ulusidagi yer egaligi?
5. Chig‘atoy ulusidagi soliqlar?

  1. MAVZU: AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARAQQIYOTI

Reja
1. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi
2. Amir Temur tomonidan markazlashgan davlatga asos solinishi
3. Temuriylar davrida Movarounnahr va Xuroson
4. Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi
5. Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy munosabatlar


Tayanch so‘z va iboralar. Siyosiy tarix, siyosiy tarqoqchilik, Hoji Barlos, Kesh viloyati, Tug‘luq Temur, Amir Husayn, “Loy jangi”, Sarbadorlar, Mavlonzoda, Konigil voqeasi, davlat boshqaruvi, qurultoy, qonuniy hukmdor, sufiylar, harbiy yurishlar, Anqara jangi, siyosiy boshqaruv tajribalari, ma’muriy idora usuli, boshqaruv tizimlari, yagona siyosiy tartib, Pirmuha mmad, Halil Sulton, Jahongir Mirzo, Ulug‘bek, Shohrux Mirzo.
Ўзбекистон давлатчилиги тарихининг ўрта асрлар давридаги янги босқичи буюк саркарда ва давлат арбоби Амир Темур ибн Тарағай Баҳодир номи билан боғлиқдир. Ma’lumki, XIV asrning 40-yillariga kelib Chig‘atoy davlati parchalanib, davlatning sharqiy qismi-Sharqiy Turkiston va Yettisuvni o‘z ichiga olgan Mug‘uliston davlati tashkil topadi. Chig‘atoy ulusida nisbatan barqarorlikni saqlay olgan Qozonxon (1336-1347yy.) o‘limidan keyin davlat hududlari parchalinish, iqtisodiy vayronlik sari yuz tutib, Amir Qozog‘on (1347-1357yy.) davrida bu jarayon yanada avj oladi. 1348 yilda Chig‘atoy avlodlaridan bo‘lgan Tug‘luq Temur Mug‘uliston taxtiga o‘tiradi. U Chig‘atoy ulusidagi siyosiy parokandalikka barham berish va Movarounnahrni bosib olish maqsadida bu hududlarga bir necha bor talonchilik urushlari olib boradi. Xususan Tug‘luq Temur 1360 yilda Kesh viloyatini bosib oladi. Bu viloyatning hokimi bo‘lgan Temurning amakisi Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Manbalarning ma’lumot berishicha, Amir Temur Amudaryo bo‘yida amakisini kuzatar ekan amakisiga shunday murojaat qiladi: “Agar ikkovimiz ham vatanni tark etsak, merosiy yurtimiz shubhasiz begonalar qo‘liga o‘tib ketadi. Lozim topsangiz men podshoh (Tug‘luq Temurxon) xizmatiga borsam.”
1363 yilda Mug‘uliston hokimi Tug‘luq Temur vafot etgach Ilyosxo‘ja Movarounnahrdan haydaladi. Ammo, ko‘p o‘tmasdan Movarounnahr ustiga yangidan
yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi va 1365 yilda katta qo‘shin bilan Sirdaryo
tomonga yo‘lga chiqadi. Bundan xabar topgan Husayn va Temur harbiy kuchlarini jangga tayyorlaydilar. Birlashgan kuchlar va Tug‘luq Temur qo‘shinlari o‘rtasidagi jang 1365 yil 22 mayda Chinoz va Toshkent oralig‘ida qattiq yog‘ingarchilik paytida bo‘ladi va tarixda “Loy jangi” (“Jangi loy”) nomini oladi. Bu jangda Temur va Husayn kelishib harakat qilmaganliklari oqibatida ularning birlashgan qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi. Ayrim manbalar bu mag‘lubiyatning sababini Amir Husaynning sust va mayoqsizlik bilan harakat qilishi deb izohlaydi. Temurning o‘zi esa bu kabi holatlarni Husaynning hasadgo‘yligida deb biladi.
Sarbadarlar harakati XIV asrning 30-yillarida Xurosonda (Afg‘onistonning shimoli-g‘arbi, Marv vohasi va Eronning shimoli-sharqiy qismi) paydo bo‘lib, bu hududlardagi mug‘ullar hukmronligi barham beradilar va markazi Sabzavor shahri bo‘lgan Sarbadorlar davlatiga (1337-1381 yy.) asos soladilar Sarbadorlar harakati XIV asrning 50-60-yillarida ijtimoiy-siyosiy harakat sifatida Movarounnahrga ham yoyiladi va uning markazi Samarqand edi. Sarbadorlarning harakatlantiruvchi kuchlari madrasa toliblari, shayxlar, umuman, oddiy aholidan iborat edi. Harakat qatnashchilarining asosiy maqsadi mug‘ul istilochilari va zulm o‘tqazuvchi mahalliy qatlamlarga qarshi kurash edi.
Bu paytda Keshda bo‘lgan Amir Temur Ilyosxo‘janing mag‘lubiyati haqidagi xabarni Amir Husaynga etkazadi va ular 1366 yilning bahorida Samarqandga etib keladilar. Samarqand atrofidagi Konigil mavzeida qo‘zg‘olon rahbarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Amir Husaynning buyrug‘i bilan bu erda sarbadorlarning boshliqlari va aftidan, faol ishtirokchilari qatl etiladi. Temurning aralashuvi bilan faqat Mavlanzoda omon qoldirilib, Xurosonga jo‘natiladi. Mu’iniddin Natanziy ma’lumotlariga asoslangan A. Ziyoning fikricha, sarbadorlar g‘alabasidan so‘ng samarqandliklar Mavlonzoda itoatiga o‘tib “uni imom va amir (sifatida) qabul qilganlar”. Ya’ni, Samarqandda ham diniy, ham siysiy hokimiyat Mavlonzoda qo‘liga o‘tgan. Uning bu “imomligi va amirligi” Samarqandning o‘zida deyarli bir yil davom etgan. Shu bois ham Amir Husayn sarbadorlar harakatining boshliqlari va faollarini omon qoldirmasligi aniq edi. Amir Husayn uchun o‘z siyosiy raqiblarini zaiflashtirish va mavridi kelsa ulardan qutulish siyosati nechog‘lik muhim bo‘lganini Konigil voqeasidan so‘ng yuz bergan jarayon orqali ham bilib olish mumkin. 1366-1370 yillar Amir Temur va Amir Husayn o‘rtasidagi ziddiyatlar kuchayib, bu kurash Husayinning o‘ldirilishi bilan yakun topdi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə