Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


- MAVZU. O’ZBEKISTON HUDUDIDA ILK DAVLAT BIRLSHMALARINING VUJUDGA KELISHI



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə2/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

2- MAVZU. O’ZBEKISTON HUDUDIDA ILK DAVLAT BIRLSHMALARINING VUJUDGA KELISHI
Reja
1. Qadimgi Baqtriya podsholigi
2. Qadimgi Xorazm davlati
3. Qadimgi Sug‘diyona
Tayanch so‘z va iboralar. Avesto, Baqtriya, Jarqo‘ton, Yerqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, Xorazm va So`g`diyona.
Hozirgi Afg‘onistonning shimoli-sharqi, O‘zbekistonning janubi va Tojikistonning janubi-g‘arbida joylashgan hududlar turli yozma manbalarda Bahdi,
Baqtrish, Baqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika, Tuxolo kabi nomlar bilan eslatib
o‘tiladi. Zamonaviy adabiyotlarda uni Baqtriya deb atash e’tirof etilgan(“Shohnoma”da Baxtar zamin, qadimgi turkiylarda Bahodirlar yurti). Arxeologik ma’lumotlarning guvohlik berishicha, milloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalariga kelib Surxon vohasida qadimgi dehqonchilik madaniyatining jadallik bilan rivojlanishi asosida ilk davlatchilikka o‘tish jarayoni bosh lanadi. Bu jarayon bosqichma-bosqich rivojlanishning o‘ziga xos xususiyat va qonunlariga ega edi. Agar davlatchilik asosini shahar madaniyati tashkil etilishini hisobga oldigan bo‘lsak, bu jarayon O‘zbekistonning janubida, Baqtriya hududida milloddan avvalgi II ming yillik birinchi yarmidayoq shaharmonand qishloq Sopollitepa misolida boshlangan edi. A.Asqarovning fikricha, agar Sopollitepa o‘zining qadimgi shaharsozlik madaniyatiga xos barcha alomatlari bilan protoshahar, ya’ni, Avestoda tilga olingan “vara” inshootini eslatsa, Jarqo‘ton yodgorligi O‘zbekiston hududida birinchi bor shakllangan tom ma’nodagi shahar edi. Jarqo‘ton qadimgi Sharq shaharlaridan tarkibiy jihatidan farq qilmaydi.
Tadqiqotchilarning fikricha, Jarqo‘ton ko‘rinishidagi ko‘hna shaharlarni qadimgi Sharqdagi nom-davlatlar shakllari bilan qiyoslash uchun dalillar yetarli. Ammo, Mesopatamiya nom-davlatlarining asosiy belgilaridan bo‘lgan yozuv Jarqo‘tonda mavjudligi hozircha bahslarga sabab bo‘lmoqda. Umuman olganda, milloddan avvalgi II ming yillikning so‘nggi choragiga kelib qadimgi Baqtriya hududlarida davlatchilikning nom yoki voha tipidagi siyosiy uyushmalari shakllana boshlaganligiga ilmiy asoslar bor. Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmi Baqtriya hududlarida ko‘pgina tarixiy-madaniy o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bu o‘zgarishlar quyidagi jarayonlar bilan bog‘liq edi:
1. Temir buyumlarning paydo bo‘lishi va keng tarqalishi.
2. Qal’alari bo‘lgan qishloqlarning paydo bo‘lishi va keyin ularning
shaharlarga aylanish.
3. Moddiy madaniyatning sezilarli darajada o‘zgarishi.
4. Sharqiy Eron qabilalarining migratsiyasi.
Arxeologik nuqtai nazardan, yuqoridagi davr Marg‘iyona tipidagi Yoz I madaniyati mavjud bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Tadqiqotchilar Yoz I madaniyati davrini milloddan avvalgi II-I ming yillik bo‘sag‘asi – VIII-VII asrlar bilan
belgilaydilar. Surxon vohasidan aynan mana shu madaniyatga o‘xshash yodgorliklar ko‘plab ochib o‘rganilgan. Bu davrda Baqtriyaning to‘rtta Ulonbuloqsoy, Bo‘stonsoy, Urgul va Halqajar vohalari o‘zlashtirilgan bo‘lib, arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, Kuchuktepa, Jarqo‘ton, Bandixon va Qiziltepa ularning marakazlari edi. YUqoridagi vohalar o‘troq ziroatkorlar va chorvador-sastarlar harbiy boshliqlarining mulklari, markazlar esa ularning qarorgohlari bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi yarmida Qadimgi Baqtriya davlati tarkibiga Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirganligi taxmin qilinadi. Bu
haqda turli hal ma’lumotlar mavjud bo‘lib, qadimgi fors podshosi Doro I Marg‘iyonada bo‘lib o‘tgan Frada boshchiligidagi qo‘zg‘olonni (miloddan avvalgi 521 yil) bostirgani haqidagi Behistun yozuvlarini “mana men nimalarni
qildim Baqtriyada” deb, hulosalaydi. Doro III davrida Baqtriya va Sug‘diyona
birlashtirilgan o‘lka bo‘lib, unda Bess nomli satrap hokimlik qilgan davrda Baqtriya, Marg‘iyona hamda Sug‘diyona aholisining urf-odatlari va madaniyati
bir-biriga ancha o‘xshash bo‘lgan. Tarixning otasi Gerodotning “Tarix” asarida Baqtriya xalqi Misr va Bobil kabi yirik davlatlar qatorida tilga olnadi. YUnon tarixchisi Ktesiy Knidskiy Baqtriya haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Tarixchi davlatdagi ko‘plab shaharlar, mustahkam poytaxt shahar Baqtra (Balx), Baqtriya podshosi Oksiart, uning bitmas-tuganmas boyliklari haqida hikoya qiladi. Ta dqiqotchilarning fikrlarga qaraganda Qadimgi Baqtriya podsholigi qudratliligi jihatdan qo‘shni viloyatlardan ancha ustun bo‘lib, ular orasida alohida mavqega ega bo‘lgan.
Baqtriyaning tabiiy boyliklari undan tashqari hududda ham Old Osiyoga qadar mashhur edi. Ayniqsa, Badaxshon lojuardi (lazurit) va la’li juda qadrlangan.Avestoning eski qismlarida Axuramazda yaratgan “eng yaxshi o‘lkalar va mamlakatlar orasida to‘rtinchi bo‘lib go‘zal va bayroqlari baland ko‘tarilgan Bahdi mamlakati” atamasi uchraydi. Ayrim olimlarning fikricha bu “baxtar” atamasiga mos kelsa kerak. Baqtriya haqidagi keyingi qadimgi ma’lumotlar Axamoniylar podsholarining mixxatlarida va bo‘rtma tasvirlarida uchraydi. Misol uchun, Axamoniylar podsholarining markazlaridan biri Persepol shahridagi saroy devorlarida bo‘rtma rasmlarda baqtriyaliklar idishlar ko‘targan va ikki urkachli Baqtriya tuyalari bilan tasvirlanadi. Demak, Baqtriya mustaqil satraplik sifatida Axamoniylar davlatining iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
A.Sagdullaevning tadqiqotlariga ko‘ra, Baqtriya haqidagi turli ma’lumotlar qadimgi yunon tarixchilari-Gerodot, Ktesiy, Arrian, Strabon, Kursiy Ruf, Diador,Pliniy kabilarning asarlarida ham mavjud bo‘lib, ular bu podsholikning qadimiyligi va yuksak madaniyati haqida ma’lumotlar beradi. Xususan, Ktesiy Knidskiy Ossuriya podshosi Nin Belidning Baqtriyaga qilgan yurishi, uning baqtriyalik ayol Semiramidaga uylanganligi, Baqtriya podshosi Oksiart va uning
boy xazinasi haqida ma’lumot beradi. Ktesiyning Baqtriya chegaralari haqidagi
ma’lumotlari ham qiziqarlidir. Uning xabar berishicha: g‘arb tomondan Baqtriya
tekisligiga boradigan yo‘lni tog‘lar to‘sib turadilar, ulardan faqat dovonlar orqali o‘tib borish mumkin. Baqtriya Tanaisdan Hind daryosiga cho‘zilgan bo‘lib, Tanais uni Evropadan, Hind daryosi esa Hindistondan ajratib turadi.
Gerodot o‘zining “Tarix” asrarida Baqtriya va baqtriyaliklarni 45 marta tilga oladi. “Baqtriya” atamasi Esxilning milloddan avvalgi V asrda sahnaga qo‘yilgan
“Fors”lar tragediyasida ham uchraydi. YAna bir qadimgi tarixchi Strabon Baqtriyani “oriylar o‘lkasining javohiri” sifatida ta’riflaydi. Baqtriyaning Ahamoniylar davlati tarkibiga kirganligi haqida yozma va arxeologik ma’lumotlar nisbatan ko‘pchilikni tashkil etadi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko‘ra, milloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalariga kelib, Amudaryodan kechuv joyida va daryo yoqalab yo‘llar bo‘yida qal’alar (Sho‘rtepa, Talashqon, Termiz, Xirmontepa) bunyod etiladi. Bu holatni olimlar Ahamoniylar ma’muriyatining Baqtiriyadan Sug‘dga o‘tuvchi yo‘llarni qattiq nazoratda tutgan bo‘lishi mumkinligi bilan izohlaydilar. Bu davrga kelib Baqtriya aholisi joylashuvida ham sezilarli o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Bronza davrida o‘troq dehqonchilik manzilgohlari asosan Baqtriyaning shimoli-g‘arbida markazlashgan
bo‘lsa, keyinroq bu ko‘lam kengayib shimoli-sharqiy qismlarni ham qamrab oladi.
Tog‘ oldi hududlaridagi vohalarda aholi turmush tarzi yanada qizg‘inlashib borgan
bo‘lsa, Surxondaryo, Konfirnihon, Vaxsh, Yavansuv atroflarda yangi vohalar
o‘zlashtiriladi.
Shunday qilib, milloddan avvalgi I ming yilikning o‘rtalariga kelib qadimgi O‘zbekistonning janubida ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bog‘liq ko‘plab
o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi. Yuqoridagi sanab o‘tilgan vohalarning har biri ma’lum hududiy-siyosiy birlashmani tashkil etgan bo‘lib, o‘z nomiga, ma’muriy markazlariga, yirik shaharlariga ega bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi. Misol uchun,
Surxondaryodagi Qiziltepa ko‘hna shahri atrofida to‘rtburchak shaklda qurilgan
qadimgi uy-qo‘rg‘onlari (Qizilcha) 3-4 ta qo‘shni uylardan iborat bo‘lib, alohida joylashgan qishloq jamoasini tashkil etganlar. Har bir katta oila jamoa sini ma’lum uy-joy, chorva va erga egalik qilib, ma’lum darajada iqtisodiy mustaqil bo‘lgan.
Qishloq jamoalarining hududiy, iqtisodiy va ijtimoiy birlashuvi, ibtidoiy davrlarga oid urug‘-qabilaviy birlashuvdan tubdan farq qilib, ilk davlatchilik shakllari paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Milloddan avvalgi VII-VI asrlar Baqtriya jamiyatida hududiy bo‘linish shakllanib, alohining o‘troqlashuv jarayonlari yanada kuchayadi. Ko‘hna shaharlar qishloq xo‘jalik atroflariga ega bo‘lib, qal’alar paydo bo‘ladi, mu him savdo yo‘llari bo‘ylarida tayanch istehkomlar barpo etiladi. Turli binolar bunyod etishda mudofaa inshootlarining ahamiyati etakchi o‘rin egallaydi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə