Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə5/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. Ilk davlatlar vujudga kelishining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari haqidaso’zlab bering.
2. Ilk davalt birlashmalari boshqaruvining mahalliy xususiyatlari.
3. Qadimgi So’g’diyonaning iqtisodiy hayoti haqida so’zlab bering.


3. MAVZU: O‘ZBEKISTONDA QADIMGI DAVR DAVLATCHILIGI TARIXI (MILODDAN AVVALGI VI - MILODIY IV ASRLAR)
Reja:

  1. Ahmoniylar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo xalqlari

  2. Makedoniyalik Iskandar saltanati tarkibida O‘rta Osiyo xalqlari

  3. Salavkiylar davrida O‘rta Osiyo

  4. O‘zbekiston hududlarida Yunon - Baqtriya davlatchiligi

  5. Qang‘ davlati davlatchiligi tarixi

  6. Kushon davlati va uning davlatchilik xususiyatlari

Tayanch so‘z va iboralar. Ahamoniylar saltanati, Filipp II, Aleksandr, Yunon-makedonlar, Yunon-Baqtriya, Qang‘, Kushonlar

  1. Ahmoniylar hukmronligi davrida O‘rta Osiyo xalqlari

Miloddan avvalgi VI asr o‘rtalarida kuchayib borgan Ahmoniylar davlati tez orada Midiya, Lidiya, Ikki daryo oralig‘idagi bir qancha davlatlar, Kichik Osiyo va Kaspiy dengizi janubiyhududlarini bosib olgach, miloddan avvalgi VI asrning 30-yillarida podsho Kir qo‘mondonligi ostida O‘rta Osiyo hududlariga bostirib kiradi. Gerodotning habar berishicha, Markaziy Osiyo xalqlarining erksevar, mardonavor jangchi, harbiy tayyorgarligi kuchli ekanligini Kir tan olgan va aynan shuning uchun ham bu yurishlarga shaxsan o‘zi boshchilik qilgan edi. Bir necha kun qo‘shin bilan bu yerda jangga tayyorgarlik ko‘rgan Kir, bobosi Krez va o‘g‘li Kambizni Eronga qaytarib yuboradi va daryo ustiga ko‘prik qurdirib (Geradot bu daryoni Araks deb ataydi – Amudaryo), massagetlar ustiga yurish qiladi. Bu yerda mahalliy halqlarning qattiq qarshiligiga uchragan Kir massagetlar bilan bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlardan birida o‘ldiriladi.
Massagetlar malikasi To‘marisning Eron shohi Kir ustidan g‘alabasi Gerodotning «Tarix” asarining birinchi kitobida yozilgan bo‘lib, bu voqeani V asrda yashagan qadimgi Rim tarixchisi Pavel Oroziy «Jahon tarixi” kitobida keltirib o‘tgan edi. Kir lashkarlarining tor – mor etilishi va Kirning halokati miloddan avvalgi 530 yilning avgust oyi boshlarida ro‘y beradi. Massagetlar malikasi To‘marisning eronliklar ustidan g‘alabasi haqida Fotiy, Ktesiy, Pompey Trog, Ksenofont, Strabonlar ham yozib qoldirganlar.
Keyinchalik, miloddan avvalgi 522 yilda Ahmoniylar taxtiga o‘tirgan Doro I o‘z saltanatining sharqiy viloyatlarida, ya’ni Marg‘iyona, Parfiya va saklar hududlarida Eronga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun harbiy harakatlar boshlaydi. Ayniqsa, Marg‘iyonada Frada boshchiligida bo‘lib o‘tgan ozodlik kurashlari bostirilishi natijasida 55 ming kishi o‘ldiriladi. Doroning bu yurishidan so‘ng O‘rta Osiyoning katta qismi ahmoniylar davlati tarkibiga bo‘ysundiriladi.
Doro va Kserkslar davrida Markaziy Osiyoni o‘ziga bo‘ysundirgan Eron bu mamlakatlar ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatadi va ayni vaqtda ahmoniylar davlatining boshqaruv va soliq tizimlarini joriy qila boshlaydi. Ahmoniylar tomonidan bosib olingan hududlarning barchasi satrapliklarga bo‘lingan va davlat Markaziy Osiyodan Misrgacha cho‘zilgan ulkan imperiya bo‘lgan. Davlat hududlari nihoyatda ulkan bo‘lishiga qaramasdan, markaziy hokimiyat to‘laqonli taraqqiy etmagan va har bir satraplik hokimi - satraplar o‘zlarini boshqarib turgan hududlarida shoo‘ deb hisoblar edilar.
Geradotning bergan ma’lumotlariga ko‘ra Baqtriya Ahmoniylar davlatining o‘n ikkinchi viloyati (satrapligi) ni tashkil etib, 300 talant1, Parfiya, Xorazm, So‘g‘diyona va oriylar o‘n oltinchi viloyat bo‘lib, 300 talant, saklar va kaspiybo‘yi xalqlari o‘n beshinchi viloyat bo‘lib, 250 talant, Parikaniya va Osiyo habashlari o‘n yettinchi viloyat bo‘lib, 400 talant boj to‘laganlar. Bundan ko‘rinadiki, Markaziy Osiyo va Xuroson viloyatlaridan ahmoniylar har yili 1250 talant miqdorida boj olib turganlar. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, aynan shu vaqtda qadimgi Sharqning eng qudratli va taraqqiy etgan Bobil va Ossuriya davlatlaridan faqatgina 1000 talant miqdorida boj olinganligini hisobga olinadigan bo‘lsa, Markaziy Osiyo davlatlarining to‘layotgan boj miqdoriga qarab bu davlatlar iqtisodiy va siyosiy jihatdan o‘sha vaqtdagi Sharqning eng qudratli davlatlaridan ham bir muncha yuqori pog‘onada bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Markaziy Osiyo xalqlari bosib olingan boshqa davlatlar kabi o‘z fuqarolari hisobidan Eron armiyasi uchun lashkar yuborishlari shart bo‘lgan. Geradotning yozishicha, baqtriyaliklar saklar bilan bir qatorda eng yaxshi jangchilar hisoblanib, shoh gvardiyasi qismlariga jalb etilgan. Shuningdek Geradot o‘z asarida baqtriyalik jangchilarning kiyimlari va harbiy qurol -yarog‘lari haqida ham ma’lumotlar yozib qoldirgan. Ahmoniylar saroyida va armiyasida sharqiy viloyatlardan kelib xizmat qiluvchi vakillar juda ko‘pchilikni tashkil qilgan. Markaziy Osiyoda yashovchi qabila va elatlar yaxshi suvoriylar va merganlar sifatida Ahmoniylar armiyasi uchun juda qulay jangovar kuch bo‘lib xizmat qilganlar. Geradot keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra Kserksning Yunoniston Bilan bo‘lgan janglarida Markaziy Osiyo vqabilalari va elatlaridan 1700000 piyoda va 800000 suvoriylar qatnashgan. Bular orasida saklar eng jangovarlari xisoblangan. Dionisiy Periegest (II asr) saklar ajoyib chavandoz va kamondaon mohirlik bilan otishlari, «dunyodagi hamma merganlar orasida eng mohiri skiflar, ular bironta ham o‘qni bekor ketkazmaydilar» deb aytadi. Diodor esa yunonlar merganlik san’atini saklardan o‘rganganligini, hattoki «o‘q-yoy» so‘zi saklardan kirib kelganligini yozib qoldiradi. Sak jangchilari Ahmoniylar urushlarining hammasida faol ishtirok etganlar, ularning qurollari qoldiqlari, ayniqsa bronzadan ishlangan nayza uchlari Yaqin va Kichik Osiyo hamda Yunonistondan ko‘plab topilgan.
Ahmoniylar davrida ko‘pgina Sharq xalqlarining siyosiy birligi, keng madaniy va iqtisodiy aloqalar rivojlandi. Bu davrda O‘rta Osiyoga oromiy yozuvi kirib keldi, keyinchalik oromiy yozuvi asosida mahalliy xalqlarning Parfiya, so‘g‘d, baqtriya va xorazm yozuvlari shakllandi va ilk o‘rta asrlargacha mavjud bo‘ldi.
Ahmoniylar davrida O‘rta Osiyo xalqlarining asosiy mashg‘uloti dehqonchilik bo‘lgan, shu davrga oid qadimgi manzilgohlardan ko‘plab dehqonchilikka oid mehnat qurollari topilgan.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona, Farg‘ona, Shosh hududlarida ko‘plab shaharlar va qishloqlar mavjud bo‘lgan. Yirik shaharlar qalin va mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olingan bo‘lib, bu davrda shaharlarning nafaqat siyosiy markazlar sifatida, balki ijtimoiy hayot uchun barcha shart-sharoitlar yuzaga kelgan madaniy va iqtisodiy markazlar sifatidagi ahamiyati ham oshib bordi. Shaharlarda kulolchilik va temirchilik, bronzadan buyumlar yasash, to‘qimachilik va savdo -sotiq rivojlangan, shahar atroflaridagi va shahardagi barcha aholi uchun shahar ichida joylashgan ibodatxona asosiy diniy marosimlarni bajaruvchi markaz bo‘lib qolgan.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə