Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə4/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

3. Qadimgi Sug‘diyona
Ilk temir davri O‘rta Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘rin egallagan Sug‘diyona o‘lkasi turli qadimgi manbalarda Sug‘da, Sug‘uda, Sug‘diyona nomlari ostida eslatib o‘tiladi. Bu nomlarning kelib chiqishi va ularning ma’nosi haqida hozirchi aniq fikr yo‘q. Ayrim tadqiqotchilar (V.Tomashek) bu nomni eroncha “SUS” – “yonmoq, yaltiramoq, nur taratmoq” so‘zidan olingan desa, ayrimlari (O.Smirnova) bu “Gava sug‘uda” atamasi “hosildor vohalar o‘lkasi” degan ma’noni beradi deb hisoblaydilar. Avestoning Yasht kitobida tilga olingan “Sug‘d makoni Gava” – Sug‘diyonaning eng qadimgi viloyati bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra (A.Sagdullaev), Gava (Gau) – “buqa”, “poda”, Qashqadaryo vohasi bilan bog‘lanadi. Bu so‘z viloyatning juda ko‘p geografik nomlarida takrorlanib saqlangan (Gavdara, Gauxona, Gaumurda, tog‘lar Gau, cho‘qqi Gau va boshqalar).
Hozirgi Qashqadaryo va Zarafshon vohalarini (Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqardaryo viloyatlari, Tojikistonning Panjikent atroflari) o‘z ichiga oluvchi Qadimgi Sug‘diyona va Sug‘diylar haqida ilk yozma manbalarda ma’lumotlar deyarli kam. Avestoda viloyatlarning nomi ikki xilda ko‘rsatilgan – Gava Sug‘da va alohida Sug‘da. Gerodot esa Sug‘diylarni ikki marotaba – Ahamoniylar davlatining XVI satrap o‘lkasidagi xalqlarni sanab o‘tganda va forslarning qo‘shinlari safida jangchi – sug‘diylarning o‘rnini ko‘rsatib berganda tilgan olgan. Ammo tarixchi Sug‘d shaharlari, daryolari, tog‘lari, hududiy chegaralari haqida bizga hech qanday ma’lumotlar qoldirmagan. Ahamoniylar mixxatlari Sug‘diyona haqida asosan rasmiy darajada e’lon qiladilar va turli xil tarixiy muammolarni o‘rganishda ulardan foydalanish og‘ir kechadi. Gekatey, Ktesiy va Ksenofont asarlarida Sug‘diylar haqida ma’lumotlar yo‘q. Aleksandr Makedonskiy davri va so‘nggi yunon-rim tarixshunoslari asarlarida tarixiy-geografik ma’lumotlar ancha keng berilgan. Sug‘diyonadagi alohida joylarda, viloyatlar, qal’alar – Nautaka, Ksenippa, Maroqanda, Bagi, Basileya – “podsho shahri”, Politemet-Zarafshon, “Oksiart, Sug‘d qoyasi” va boshqa xabarlar shular jumlasidandir.
Bu ma’lumotlar asosida turli fikrlarga ega bo‘lish mumkin. Dastavval, mil. avv. IV asrga kelib, sug‘diylarning hududiy joylashuvi, ularning yashash uchun foydalangan asosiy erlarining chegaralari, daryo vohalari va viloyatlari aniqroq ko‘rinadi. Ammo, bu jarayonning tarixiy an’analari – sug‘diylarning yoyilishi, o‘troq vohalarining paydo bo‘lishi va shu joylarda yirik shahar markazlariga asos solinishi yanada qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi viloyatlarning joylashuv hududlari anchagina muammoli masala bo‘lib, tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, O‘rta Osiyoning janubiy viloyatlariga (jumladan, Sug‘diyonaga ham) ko‘chmanchilarning hujumi-bu hududlarda davlat uyushmalari paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin edi.
Ilk temir davri Sug‘diyonada, alohida hududiy tartib guruhida bo‘lib markaz vazifasini bajargan bir necha manzilgohlar turlari mavjud edi. Bular maydoni 5 gektardan 15 gektargacha bo‘lib, tuman – voha markazi vazifasini bajaruvchi markazlar – Daratepa, Konimex, CHordara; maydoni 20 gektardan 80 gektargacha bo‘lgan viloyat markazlari vazifasini bajarishi mumkin bo‘lgan shaharlar –O‘zunqir, Erqurg‘on, Xo‘ja Bo‘ston; bir necha viloyatlar markazi vazifasini bajaruvchi shaharlar – Afrosiyob (Maroqanda) va Buxoro kabilardir. Arxeologik ma’lumotlarga qaraganda, hunarmandchilik muassasalari yirik manzilgohlar ichida markazlashib boradi. Bu manzarani Afrosiyob topilmalari tasdiqlaydi. Bunday manzilgohlar asta – sekinlik bilan hunarmandchilik, savdo va madaniy markazlarga aylanib boradi. Bu jarayonda qadimgi yo‘llar nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlab o‘tishimiz joizdir. Afrosiyob, O‘zunqir, Erqurg‘on kabi ko‘hna shaharlar O‘rta Osiyo shimoliy dasht hududlardan keluvchi yo‘llar ustida joylashgan.
Sh.Odilov, G‘arbiy Sug‘dda mil. avv. VI-V asrlardagi qishloqlar paydo bo‘lishini O‘rta Amudaryo tomonidan aholining kirib kelishi bilan bog‘laydi. Ko‘pchilik tadqiqotchilar O‘rta Osiyoda davlatchilik tarixining boshlanishi janubiy hududlarda boshlanib markaziy va shimoliy hududlarga yoyilgan deb hisoblanadi. Arxeologik manbalarning ma’lumot berishicha, mil. avv. VII-VI asrlarga kelib O‘rta Osiyoning janubida ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlar anchagina murakkablashadi. Bu o‘rinda Qadimgi Baqtriya ma’lumotlarini keltirib o‘tish joizdir.
Agar Midiya saltanatining sharqiy chegaralari Shimoliy Parfiya va Ariyani o‘z ichiga olganligini hisobga oladigan bo‘lsak, midiyaliklarning Baqtriyaga harbiy xavf tug‘dirishi aniq edi va yana bir harbiy hujum havfi shimoldagi ko‘chmanchi qabilalar bo‘lib, bu holat Baqtriya davlat uyushmasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin edi.
Kir II ning O‘rta Osiyoga yurishi-Ahamoniylarning Baqtriya va sak-massaget uyushmasi kabi jiddiy raqiblari mavjud bo‘lganligining dalilidir. Forslar O‘rta Osiyo janubiy vloyatlarini bosib olganlaridan keyingina, ya’ni, mil.avv. 530 yilda sak – masagetlar ustiga yurish boshlaydilar. Demak, bu paytga kelib Baqtriya harbiy – siyosiy uyushmasi tarkibiga Baqtriyadan tashqari Marg‘iyona va Sug‘diyona ham kirgan edi. Bizning fikrimizcha, O‘rta Osiyo hududlarida ilk davlat uyushmalarining paydo bo‘lishida harbiy-siyosiy omillardan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ham katta ahamiyatga ega edi. Chunki, siyosiy jihatdan shakllangan davlat yoki uyushma iqtisodiyotsiz taraqqiyot bosqichiga ko‘tarila olmaydi.
Eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etar ekanmiz, Qiziltepa (Surxondaryo), Yoztepa (Turkmaniston), O‘zunqir, Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo), Afrosiyob, Ko‘ktepa (Samarqand) kabi ko‘hna shahar va manzilgohlar sopol buyumlari va qurilish usullari bir-biriga nihoyatda o‘hshash ekanligining guvohi bo‘lamiz. Ammo, Yerqo‘rg‘on, Kuchuktepa, Qiziltepa, YOztepadan topilgan mil. avv. IX-VII asrlarga oid buyumlarga o‘xshash buyumlar Xorazm hududlaridan shu paytga qadar topilmagan. Demak, qurilish usullari va moddiy madaniyatdagi o‘zaro o‘xshashlik, mil. avv. I ming yillikning boshlari Baqtriya, Marg‘iyona va Sug‘diyona hududlari o‘rtasida hech bo‘lmaganda etnik tarixiy – madaniy birlik mavjud bo‘lganligidan dalolat berib, bu o‘xshashlik savdo-sotiq munosabatlari, o‘zaro almashinuv va qadimgi savdo-tranzit yo‘llariga ham bog‘liq edi. Mil. avv. VI asrga ke lib esa, Xorazm mustaqil davlat sifatida tashkil topadi. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, o‘zaro almashinuvda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Xorazmdagi ilk temir davri savdo-tranzit yo‘llari voha ichidagi ichki yoki ikkinchi darajadagi yo‘llar vazifasini o‘tar edi. Asosiy savdo yo‘llari esa Baqtriyadan Janubiy Sug‘d (Qashqadaryo), Markaziy Sug‘d (Samarqand) orqali Toshkent vohasi va Farg‘ona vodiysiga o‘tib ketardi.
Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, sug‘orma dehqonchilikning rivojlanishi va ixtisoslashgan hunarmandchilik natijasida bronza davridayoq O‘rta Osiyo hududlarida ijtimoiy tabaqalanish va mulkiy tengsizlik paydo bo‘ladi. Bu
jarayon faqat ichki sabablarga bog‘liq bo‘lmay, YAqin SHarqdagi yuqori darajada rivojlangan an’anaviy tarixiy-madaniy aloqalarga ham bog‘liq edi. Har bir jamoaning rivojlanishi uning ichki qonuniyatlaridan kelib chiqsa ham, dastlabki
markazlardan bo‘ladigan tashqi ta’sir chetdagi viloyatlarning taqdirida katta ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin edi. Turli qadimgi manbalarda Sug‘diyona nomi tilga olinsa ham, alohida davlat sifatida eslatilmaydi. Bu hol tadqiqotchilarning turli bahslariga sabab bo‘lishiga qaramasdan, arxeologik tadqiqotlar bu masalaga ko‘pgina aniqliklar kiritadi.
Darslik muallifi bu tadqiqotlarni tahlil qilib va boshqa ma’lumotlarni umumlashtirib shunday hulosa chiqaradi:
- Mil. avv. I ming yillikning boshlariga oid tarixiy – madaniy yodgorliklar Sug‘diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi;
- Sug‘diyona davlatchiligi tarixida nafaqat chetdan bo‘lgan tashqi ta’sir, balki, ichki omillar imkoniyatlarining ham ahamiyati katta bo‘ldi;
- Mil. avv. I ming yillikning birinchi yarmida Sug‘diyona Baqtriya davlati doirasida nafaqat siyosiy, balki etnik-madaniy birlikni tashkil etardi. Qurilish usullari, me’morchilik san’ati va moddiy madaniyatdagi o‘xshashlik fikrimiz dalilidir. Zero, bunday o‘xshashlik iqtisodiy, madaniy munosabatlar hamda siyosiy birlik asosida paydo bo‘lishi mumkin edi;
- Makedoniyalik Aleksandr yurishlaridan keyingi davrlarda Sug‘diyona mustaqil davlat sifatida mavjud bo‘lib, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni yanadi rivojlantiradi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə