Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Makedoniyalik Iskandar saltanati tarkibida O‘rta Osiyo xalqlari



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə6/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

2.Makedoniyalik Iskandar saltanati tarkibida O‘rta Osiyo xalqlari
Makedoniyalik Iskandar o‘z xarbiy yurishlari bilan Bolqon yarim oroli, Kichik Osiyo, Misr, Sirdaryo va Xindistongacha cho‘zilgan ulkan xududda o‘z saltanatini barpo qildi. Saltanat poytaxti Bobil edi. Miloddan avvalgi 330 yili qudratli Eron ahmoniylari davlatini mag‘lub etgan makedoniyalik Iskandar shu yili Markaziy Osiyo hududlariga yaqinlashdi. Olima Fozila Sulaymonovaning ta’kidlashicha, - “Aleksandrning Baqtriya, So‘g‘diyona, umuman Markaziy Osiyoga yurishining g‘oyaviy-siyosiy sabablari bor edi. Avvalo shimoliy – sharqiy viloyatlar eroniylarning rasmiy dini bo‘lmish zardo‘shtiylikning vatani, beshigi edi, eroniylar tushunchasiga ko‘ra xalq qudrati, xalq ruhining siri o‘sha qadimiy vatanda. Eron zabt etilgani bilan mamlakat orti hali mustahkamdek, xalq ruhi tetikdek tuyular edi. Demak, Baqtriya va So‘g‘diyonani zabt etmasdan turib eroniylar qudratini yengib bo‘lmas, kelajakdagi tinchlikka ham ishonib bo‘lmas edi”.
Miloddan avvalgi 330 yilda Iskandar Baqtriyani bosib oladi. O‘z harbiy yurishlarini boshlagandan buyon o‘tgan qisqa vaqt davomida juda katta hududlarni bosib olishga erishgan Iskandar uchun Girkaniya, Drangiana, Araxoziya, Baqtriya va So‘g‘diyonani bosib olish uchun uch yildan ortiqroq vaqt zarur bo‘ladi va butun yurishlari davomidagi eng qattiq qarshilikka ham aynan shu viloyatlarda duch keladi. Buning albatta bir necha sabablari bor: birinchidan, antik mualliflarning xabarlariga ko‘ra bu hududlarda Baqtr, Kiropol, Maroqanda kabi mustahkam shaharlar mavjud bo‘lgan, ikkinchidan mahalliy xalqlarning mustahkam qal’alarida turib va ochiqda jang qilish uslubi Iskandar uchun begona bo‘lgan va bu jang vaqtlarida katta qiyinchilik tug‘dirgan, uchinchidan Iskandar va uning armiyasi uchun mahalliy xalqlarning qurol-yarog‘lari va ulardan foydalanish usullari noaniq bo‘lgan, to‘rtinchi va eng asosiysi, uzoq vaqtlardan buyo Eron ahmoniylari zulmi ostida ezilgan mahalliy xalqlar boshqa bir bosqinchi makedoniyalik Iskandarga qarshi xalq kurashini amalga oshirganlar. Yuqorida sanab o‘tilgan omillar Iskandarning qisqa vaqt ichida O‘rta Osiyoni bosib olish rejasini chippakka chiqaradi va va xatto uning qo‘shini orasida katta noroziliklarga ham sabab bo‘ladi.
Baqtriylar va so‘g‘dlar Spitamen, Datafern, Kattanlar boshchiligida yunon-makedon bosqinchilariga qarshi miloddan avvalgi 329-327 yillarda - uch yil davomida kurash olib borganlar. Ayniqsa, Spitamen boshchiligidagi so‘g‘dlar qarshiligini yenga olmay, chorasiz qolgan Iskandar o‘ziga qarshi kuchaygan noroziliklar natijasida eng yaqin kishilari – Klit (yaqin do‘sti va uni o‘limdan saqlab qolgan), Kallisfen (Iskandarning ustozi va barcha yurishlaridagi hamrohi bo‘lgan Aristotelning jiyani, tarixchi)larni o‘ldirishgacha borib yetadi.
Spitamen qo‘shinlari tarkibida so‘g‘dlardan tashqari baqtriylar, sak va massagetlar ham bo‘lgan. Ozodlik uchun kurashlarga mahorat bilan rahbarlik qilgan Spitamenning o‘limi xiyonatchilarning qo‘li bilan amalga oshiriladi. Bu haqda Arrian asarlarida uni dashtlik ko‘chmanchilar tomonidan Iskandarning dasht xalqlariga yurish boshlashining oldini olshi uchun o‘ldirilgan deb aytilsa, Kvint Kursiy Ruf uni o‘z rafiqasi tomonidan o‘ldirilgan deb yozadi.
Iskandarning so‘g‘dlarga qarshi kurashi mahalliy halqlar uchun katta yo‘qotishlarga sabab bo‘ldi, ko‘plab shaharlar vayron etildi, sug‘orish tarmoqlari ishdan chiqarildi, dehqonchilik dalalari katta zarar ko‘rdi, ozodlik kurashlari natijasida Diodorning yozishicha, 120 mingdan ortiq odam o‘ldirildi.
So‘g‘d va Baqtriyani bo‘ysundirgan Iskandar keyingi yillarda Hind daryosi bo‘ylarigacha bo‘lgan yerlar va davlatlarni bosib olgach, Bobilni o‘z saltanatining poytaxti deb e’lon qildi va shu yerdan turib davlatini boshqardi. Biroq ko‘p o‘tmay, miloddan avvalgi 312 yilda Italiyaga qarshi harbiy yurishga tayyorgarlik ko‘rilayotgan vaqtda u og‘ir kasallikka chalinib vafot etadi. Katta kurashlar va yuz minglab odamlarni qurbon qilish evaziga tashkil etilgan bu ulkan davlat Iskandar vafot etishi bilanoq inqirozga yuz tutib, parchalanib ketadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə