Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə7/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

3. Salavkiylar davrida O‘rta Osiyo
Miloddan avvalgi 312 yilda Iskandar davlatining Sharqiy qismi (Kichik Osiyo, Suriya, Eron va O‘rta Osiyo) sarkarda Salavk xukmronligi ostida birlashtirildi. Salavkning xokimiyati turli xarbiy manzilgoxlarda joylashgan yunon-makedon va makedonlar qurol-yarog‘lari bilan qurollangan maxalliy xalqlarning xarbiy kuchlariga tayangan edi.
Yunonlar o‘z xokimiyatlarini mustaxkamlash maqsadida O‘rta Osiyo xududlarida bir qancha xarbiy istexkomlar va qal’alar barpo qilgan edi. Bu narsa Iskandar vaqtidayoq boshlanib, uning o‘zi O‘rta Osiyoda 12 ta shaxarga asos solgan edi. Bu shaxar va qal’a istexkomlaridagi yunon-makedon xarbiylari qo‘riqchi kuch sifatida xarbiy kuch bo‘lgan. Iskandar saltanati qulagach, bu an’analar Salavkiylarda xam davom etdi.
Salavkiylar davlati turli etnik guruxlar asosida xarbiy kuch ishlatish yo‘li bilan tashkil etilgan davlat edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy xuquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan bog‘liq bo‘lib, “podsho saroyi” davlat boshqaruvida katta axamiyatga ega edi. Dastlab Salavkiylarda boshqaruvchi devonxona mavjud bo‘lganligi xaqida ma’lumotlar bor.
Salavkiylar davlatida birmuncha murakkab soliq turi mavjud bo‘lib, Salavkiy xukumdorlari o‘zlarigacha bo‘lgan soliq tartiblarini o‘zgartirmay, unga bir qancha qo‘shimchalar kiritganlar. Dexqonlardan soliq yig‘ib olish satrap xokimining vazifasi edi. Satraplikning umumiy soliq miqdori jamoalardan tushadigan soliq miqdoriga qarab belgilanar edi.
Miloddan avvalgi 293 yil davlatning Sharqiy viloyatlariga Salavka va Spitaman qizi Apamaning o‘g‘li Antiox xokim etib tayinlandi. Bu narsa Salavkiylarda xokimlarning podsho oilasi bilan qarindoshligi bo‘lishi sharti boshqaruv tizimining asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lganligini ko‘rsatadi. Miloddan avvalgi 280 yilda Salavka o‘limidan so‘ng Antiox podsho bo‘ldi va davlatni 20 yil davomida boshqardi.
Salavkiylar davlati doimiy ichki kurashlar orasida qoldi. Miloddan avvalgi III asr o‘rtalarida undan Baqtriya ajralib chiqdi. Uning podshosi Diodot bo‘lgan. Shu vaqtda Salavkiylardan yana bir davlat – Parfiya ajralib chiqdi va keyinchalik Sharqdagi eng qudratli davlartladan biriga aylandi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə