Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Qang‘ davlati davlatchiligi tarixi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə9/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

5. Qang‘ davlati davlatchiligi tarixi
Antik davr O‘zbekiston hududlarida tarqqiy etgan davlatlardan biri – Qang‘ davlatidir. Qadimgi Xitoy manbalarida Qang‘ davlati mavjud bo‘lganligi haqidagi ma’lumotlar mil.avv. III asr oxiri – II asr boshlariga to‘g‘ri keladi. Ammo, Qang‘ davlati va qang‘arlar tarixining mashhur bilimdoni K.Sh.Shoniyozovning fikricha, bu davlat mil. avv III asrning boshlarida paydo bo‘ladi. Keyinroq esa, Yunon-Baqtriya davlati va qo‘shni ko‘chmanchi qabilalar bilan bo‘lgan kurashlar natijasida Qang‘ davlati yanada mustahkamlanadi hamda manbalarda O‘rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida tilga olinadi.
Qang‘ davlati asosini tashkil etgan qabilalar Sirdaryoning o‘rta va quyi oqimlarida istiqomat qilganlar. Davlat tashkil topgan dastlabki davrda uning hududiy asosini Toshkent vohasi tashkil etgan. Tashqi harbiy hujumlar tufayli Qang‘ davlati nafaqat mustahkamlanib oladi, balki o‘z chegaralarini ham kengaytirib boradi. YA’ni, mil.avv. II va milodiy I asrda Qang‘ davlatining hududi ancha kengayib Toshkent vohasi, O‘rta Sirdaryo erlari, Talas vodiysi va CHu daryosining quyi oqimidagi erlarni o‘z ichiga olar edi.
Qang‘ davlati haqida bizgacha etib kelgan manbalarda bu davlat hokimiyati qanday idora qilingani, boshqaruv tartibi va shakllari haqida aniq ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil. 25 yy) Qang‘ podshosi o‘z oqsoqollari bilan maslahatlashib ish tutganligi haqida ma’lumot beriladi. Bundan xulosa chiqargan tadqiqotchilar o‘sha davrda tashkil topgan Qang‘ davlatida kengash muhim rol o‘ynaganligini, davlat kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar faol qatnashganliklarini hamda ularning fikri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lganligini ta’kidlaydilar. Demak, o‘sha davrlarda podsho saroyi qoshida kengash mavjud bo‘lib, podshoning ichki hamda tashqi siyosati va boshqa barcha davlat ishlari va boshqaruvi bilan bog‘liq masa lalar ana shu kengash yig‘ilishida hal qilingan.
Qang‘ davlatiga qarashli erlar bir nechta viloyatlarga (yoki mulklarga) bo‘lingan bo‘lib, ularning har birini jobg‘u yoki yobg‘u (qad. Xitoy manbalarida –chjaovu) deb nomlangan xokimlar boshqargan. Jobg‘ular mamlakat boshqaruvida Qang‘ podsholarining asosiy tayanchi hisoblangan. Jobg‘ular podsholarga yaqin
kishilardan, ularning qarindoshlaridan, yirik urug‘-qabila boshliqlaridan tayinlangan.
Qang‘ davlatining tashkil topishi asosiy sabablaridan biri tashqi xarbiy xujumlardan ximoyalanish zaruriyati bo‘lgan. Miloddan avvalgi 329 yilda Iskandar qo‘shinlari Bekobod va Xo‘jand oralig‘ida Sirdaryodan kechib o‘tib, bosqinchilik qilganda maxalliy axoli unga qarshi qattiq qarshilik ko‘rsatgan. Bundan natija chiqara olmagan Iskandar ortga qaytishga va Xo‘jand yaqinida Aleksandriya Esxata shaxriga asos solishga majbur bo‘lgan edi.
Miloddan avvalgi II va milodiy I asrda Qang‘ davlatining xududi kengayib, Toshkent voxasi, O‘rta Sirdaryo yerlari, Talas vodiysi va Chu daryolarining quyi oqimidagi yerlarni o‘z tarkibiga kiritadi. Qang‘ davlatining ikkita poytaxti bo‘lib, biri Qang‘diz (Oqqo‘rg‘on) va ikkinchisi O‘tror bo‘lgan.
Ayrim tarixchilarning fikricha Kangyuy yoki Qongli – qadimgi Xorazm davlati bo‘lib, miloddan avvalgi II - I asrlarda ushbu davlat hududi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘istonning hozirgi hududidga to‘g‘ri keladi (Farg‘ona va Surxondaryodan tashqari) deb hisoblanadi. Ularning fikricha “Maxabxarata» va “Avesto” da zardo‘shtiylikning paydo bo‘lishi munosabati bilan yod etilgan Qonqa Xorazmiylar davlatidir. Arxeologik izlanishlar Qongli davlati hududidga qadimgi Chochni ham kiritadi. Qongli davlatining poytaxti sifatida Sirdaryo yaqinidagi ko‘hna Qanqa shahar harobalari ko‘rsatiladi.2
Biroq mavjud ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, Qang‘ davlati Xorazm davlati emas, balki Sirdaryo bo‘ylarida - hozirgi Toshkent vohasi (markazi Choch-Toshkent shahri), Sirdaryo viloyati va Janubiy Qozog‘iston viloyatlari hududlarida alohida mustaqil ravishda hukm surgan davlatdir. Qang‘ davlati haqida qadimgi Xitoy va boshqa manbalarda ma’lumotlar uchrasada, biroq qadimgi Xorazm haqida ko‘plab ma’lumotlar yozib qoldirgan antik davr yunon va rimlik tarixchilarning birontasi ham Xorazm va Qang‘ davlatining o‘rtasidagi nomlanish yoki siyosiy va iqtisodiy bog‘liklikni ko‘rsatmaydilar. Aksincha tarixchi Kvint Kursiy Rufning mahalliy xalqlar tomonidan Iskandarning harbiy harakatlariga qarshi kurashlar haqida shunday ma’lumotlar uchraydi: “Tanais daryosi ortidagi saklar davlatining podshosi yunonlar tomonidan daryo bo‘yida solingan shahar (Aleksandriya Esxata) o‘zlarini qullik asoratiga solishini sezib, uni vayron qilish va yunonlarni daryo qirg‘og‘idan uzoq masofaga quvib chiqarish uchun katta bir otliq qo‘shinga o‘z akasini qo‘mondon etib yuboradi”. Bu yerda gap aynan Sirdaryo bo‘yida joylashgan Qang‘ davlati haqida ketmoqda. Taxmin qilish mumkinki, kuchli qarshiliklar va uch yillik kurashlardan so‘ng katta qiyinchilik bilan So‘g‘d davlatini zabt etgan Iskandar undan shimoliy sharqda joylashgan kuchli Qang‘ davlati mavjudligini hisobga olib o‘z yurishlarini O‘rta Osiyoning ichkari hududlariga emas, balki olis Hind daryosi tomon yo‘naltirishga majbur bo‘lganligi ham fikrimizni quvvatlantiradi. Qang‘ davlati haqida yuqorida aytib o‘tganimizdek xitoylik tarixchilar ko‘plab ma’lumotlar yozib qoldirganlar. Jumladan, Shi-szi solnomasiga ko‘ra, Qanguy dastlab kuchsizgina davlat bo‘lgan paytda, hukmdor oqsoqollar orasidan tanlangan va u oqsoqollarning birlashgan qo‘shinlariga tayangan. Ko‘chmanchilarda har bir oila boshlig‘i jangchi hisoblangan. Shuning uchun qanguy qo‘shinlarining soni ulardagi oilalar soniga teng bO‘lgan. qanguy qudratli davlatga aylangan vaqtda 120 ming qo‘shinga (demak, shuncha oilaga ham) ega bo‘lgan. O‘sha paytda aholisi taxminan 600000 kishidan iborat bO‘lgan. Xitoy elchilari o‘z hukmdorlariga qanguylar haqida “mag‘rur, qo‘rs”-deb ma’lumot berganlar. Bu davlatning siyosiy tarixi haqida ma’lumotlar asosan Xitoy manbalarida uchraydi. Jumladan, Xitoy qo‘mondoni Li Guan-li qo‘shinlari mil. avv. 101 y. Dovonga bostirib kirganida Qanguy davlati qo‘shinlari o‘z qo‘shnilari bo‘lgan Farg‘ona Dovon davlatini xitoyliklar bosqinidan himoya qilgan va va xatto ularning g‘alaba qozonishi uchun katta yordam bergan.
Solnomachilar Qanguyni ko‘chmanchilar davlati davlati deb atasalarda, unda shaharlar mvjud bo‘lganligi haqida ham ma’lumot beradilar. Halqi “Tuproqdan qilingan devor ichida yashaydigan” Yansay shaharlari shular jumlasidandir. Qanguy poytaxtini juda qadim zamonlarda Qangxa joylashgan Sirdaryo deltasi hududida deb hisoblaydilar. Manbalarda ko‘rsatilgan jug‘rofiy o‘rinlarga uncha to‘g‘ri kelmasa-da, mamlakat poytaxti bo‘lgan Bityan shahri Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumanidagi Qangxa shahar harobasi o‘rnida bo‘lgan degan fikrlar mavjud. Milodiy III asrlarga kelib Xorazmning Qang‘ davlatidan ajralib chiqishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, Qang‘ davlati bu Xorazm davlati emas, balki miloddan avvalgi IV-III asrlarda tashkil topib, keyinchalik Buyuk Ipak yo‘lining shimoliy tarmog‘idagi nazoratni to‘lig‘icha o‘z qo‘liga olgan va shu jarayonda Xorazmni ham bosib olib o‘z tarkibiga qo‘shib olgan davlat ekanligi aniq bo‘ladi. Qang‘ davlati axolisi tarkibini asosan dexqonlar va chorvadorlar tashkil etadi. O‘troq axoli shaxarlarda va vodiylarda yashab, dexkonchilik, xunarmandchilik va savdo bilan mashg‘ul bo‘lgan. Dasht tumanlarida esa chorvachilik rivojlangan.Miloddan avvalgi II asrda qang‘ qabilalari eng qudratli davlat birlashmasiga aylandi, uning xukmdorlari o‘z nomlaridan tangalar zarb qildiradi. Tangalarning old tomonida davlat hukmdorining tasviri, orqa tomonida esa qang‘ning otliq suvoriysi tasviri tushirilgan. Qang‘ davlatining iqtisodiy taraqqiyotiga Buyuk Ipak yo‘lining davlat xududlaridan o‘tgan shimoliy tarmog‘i katta ta’sir o‘tkazdi.Qanguy davlati bir-biriga teng bo‘lgan o‘troq-xo‘jalik hududlaridan iborat beshta kichik hokimiyatni o‘z ichiga olgan. Ular Qanguy ittifoqi ishtirokchilariga qaram bo‘lgan Suse, Fumu, Yuni, Gi, Yuegyan hududlaridan iboratdir. A.N.Bernshtamning fikricha Yuni - Toshkent vohasida, Suse –Sirdaryo va Arisning o‘rta oqimida, Fumu - Yangiqo‘rg‘on atroflari, Gi -Sirdaryo etaklarida, Yuegyan esa - Xorazmda joylashgan. Bu ittifoqning umumiy chegaralari Xorazm, Shosh, So‘g‘d viloyatlari bilan bir qatorda Sirdaryo etaklari va Orol dengizi shimolidagi hududlarni o‘zida birlashtirgan. Shuning uchun ham o‘lkaning janubida joylashgan boshqa davlatlar ( jumladan, Parfiya, Kushon va b.)dan farqli o‘laroq Qanguy davlatida ko‘chmanchilar davlatiga xos belgilar saqlanib qolgan.
Qang‘ davlati milodiy III asrga kelib parchalanib ketgan va undan Xorazm va boshqa mahaliy davlatlar ajralib chiqadi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə