Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Somoniylar davlati – o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida yangi bosqich



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə15/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

2. Somoniylar davlati – o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida yangi bosqich
Tohiriylar sulolasining inqirozga yuz tutishi natijasida IX asrda Movarounnahrda yangi — Somoniylar sulolasi paydo bo‘ldi. Ma’munning xalifalik taxtini egallashida Movarounnahrlik Somon ibn Xudodning ham alohida xizmati bor edi. Shuning uchun ham xalifa Ma’mun o‘ziga sodiq Somonxudod avlodlariga katta ishonch bildirib, ularga Movarounnahrning turli hududlarini mustaqil boshqarish huquqini topshirib qo‘yadi. Ahmad 819-820-yillardan 864-865-yillargacha Farg‘ona mulkida, No‘h 812-820- yillardan 841-842-yillargacha Samarqandda, Yahyo 819-820-yillardan 841- 842-yillargacha Samarqandda, Yahyo 819-820-yillardan 855-856- yillargacha Shosh va Ustrushonada hokimlik qiladilar. Dastlabki davrlarda somoniylar tohiriylarga tobe bo‘lib, ular orqali xalifalikka ma’lum miqdorda to‘lovlar yuborib turganlar. Xalifalik xazinasiga Samarqand hududi 326 ming, Farg‘ona – 280 ming, Shosh – 607 ming, Usturshon – 50 ming muhammadiy dirham miqdorida har yili to‘lovlar yuborgan. Somoniylar, tohiriylardan farqli o‘laroq, dastlab o‘z hududlarida kumush dirhamlar emas, balki mis tangalar zarb etganlar. Biroq asta-sekinlik bilan somoniy hukmdorlar o‘z ta’sir doiralarini kengaytirib, o‘lka mustaqilligini mustahkamlab borganlar. Ayniqsa. No‘h ibn Asad vafotidan so‘ng Nasr ibn Ahmad Somoniyning Samarqandga noib etib ko‘tarilishi (855) hamda ko‘p o‘tmasdan Yahyo o‘limidan keyin (856) Shosh va Ustrushon yerlarining ham uning tasarrufiga o‘tishi Somoniylar davlati hududlarining birlashuvida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 865 yilda otasi Ahmad ibn Asad(865-892) vafotidan so‘ng amalda Nasr Movarounnahrning birdan-bir yagona hukmdori bo‘lib qolgandi. Nasr 1 ibn Ahmad o‘z davlatining sharqiy hududlarini ko‘chmanchi qabilalarning hujumlaridan muhofaza qilish, so‘ngra kuchli jangovar armiya tashkil qilish, Buxoro yerlarini tohiriylardan qaytarib olishdan iborat asosiy maqsad, vazifalarni ham muvaffaqiyatli hal eta oldi. Nasr Turkiston shahri tomon yurish qilib, ko‘chmanchi qabilalar ustidan muhim g‘alabaga erishadi. 874 yilda esa tohiriylarga qarshi ko‘tarilgan Buxoro xalqi qo‘zg‘olondan foydalanib, Buxoroni ham o‘z davlatiga qo‘shib oladi. Buxoroni idora etishni Nasr ukasi Ismoilga topshiradi. Shu tariqa Movarounnahrning amaldagi mustaqilligi Nasr va Ismoil Somoniylar tomonidan ta’minlanib boshqariladi. Nasr Ismoilni o‘z noibi deb hisoblar edi. Ismoil ibn Ahmad Buxoroda o‘z hokimiyatini mustahkamlab olgach, Samarqandga yuboriladigan soliqni yubormay qo‘ydi. Shundan so‘ng aka-uka o‘rtasida nizo paydo bo‘ladi: 886-yili Nasr va Ismoil qo‘shinlari to‘qnashdilar. Bu jangda Ismoil mag‘lub bo‘ldi va u vaqtincha Buxoro noibligidan tushirildi. Lekin ikki yil o‘tgach aka-uka qo‘shinlari o‘rtasida yana to‘qnashuv bo‘ldi. Bu jangda Ismoilning qo‘li baland keldi. Nasr qo‘shini tor-mor qilindi. Movarounnahr hukmronligi Ismoil qo‘liga o‘tdi. Lekin Ismoil Nasrdan taxtni tortib olmadi va Nasr o‘z vafotigacha (892-yili) somoniylarning boshlig‘i sifatida Samarqandda qoldi. Nasr vafotidan so‘ng Ismoil davlat boshlig‘i bo‘ldi. Poytaxt Samarqanddan Buxoroga ko‘chirildi. O‘zaro janjal va isyonlarni bartaraf etgach Ismoil 893-yili ko‘chmanchilarga qarshi qo‘shin tortdi va Tarozni egalladi. U bu yerda xonni va uning 10 ming qo‘shinini asir olib, bu jangda katta harbiy o‘ljani qo‘lga kiritdi. Ismoil arab bosqinidan keyin birinchi bo‘lib o‘zaro janjallar, bosqinchilar tomonidan talangan o‘lkani buyuk va qudratli davlatga aylantirish uchun o‘zining bor kuch-g‘ayratini ishga soldi. Qudratli va markazlashgan davlat tuzish uchun Ismoil birinchi navbatda mahalliy zodagonlar va savdogarlarning manfaatlarini ko‘zlab ish tutdi. Davlatning iqtisodiy kuch-qudratini oshirish, qishloq xo‘jaligini, hunar mandchilik va savdoning rivojlanishi uchun keng shart-sharoitlar yaratib berish lozim edi. Shu maqsadda Ismoil yaxshi qurollangan, katta va saralangan qurolli kuchlarni tashkil qilishga kirishdi. U ayniqsa, turk g‘ulomlaridan iborat qismlarni tuzishga katta e’tibor berdi. Natijada Somoniylar davlati tez orada musulmon sharqidagi markazlashgan kuchli davlatga aylandi. Somoniylar sulolasi hukmronlik qilgan yillar quyidagicha: No‘h ibn Asad(819-842), Ahmad ibn Asad(842-864), Nasr 1 ibn Ahmad(864-897), Ismoil ibn Ahmad (897-907), Ahmad ibn Ismoil (907-914), Nasr II ibn Ahmad(914-943), Nux 1 ibn Nasr(943-954), Abdumalik ibn Nuh (954-961), Mansur 1 ibn Nuh( 961-976), Nuh II ibn Mansur (976-997), Mansur II Nuh(997-999). Somoniylar davlatida markaziy va viloyatlar boshqaruvi tizimi Ismoil Somoniy davrida uzil-kesil qaror topdi. Bu davlatda markaziy boshqaruv dargoh (saroy) va devon (mahkama) orqali amalga oshirilgan. Boshqaruvda amir (hukmdor)ning shaxsiy lashkari bo‘lmish turk g‘ulomlarining roli katta bo‘lgan. Eng obro‘li, iqtidorli g‘ulomlar xiyolboshi (otliq askarlar boshlig‘i), so‘ng xojib lavozimini egallaganlar. Amirning hamma hukm, farmoyishlarini ijro etuvchi sohibi xaros yoki amir (xaros) oliy siyosiy hokimiyatni boshqargan. Davlat siyosati va mafkura islom diniga asoslangani uchun Somoniylar davlatida ham xalifalik boshqaruv tartiblarini takrorlovchi, ayni vaqtda esa mahalliy turkiy xalqlarning davlatchilikdagi tarixiy an’analarini o‘zida mujassam qilgan davlat boshqaruv tizimi shakllantirildi. Somoniylar saroyida ham devonboshilar, mirzaboshilar, miroxo‘rlar va boshqa mansablar mavjud bo‘lgan. Markaziy boshqarma 10 ta devondan iborat bo‘lgan. Devonlarning eng kattasi vazir devoni hisoblanib, boshqalari unga bo‘ysungan. Somoniylar dalatidagi markaziy hokimiyat boshqaruvi ta’sirida xo‘jalik hayoti ham o‘sib asta-sekinlik bilan rivojlanib bordi. Mamlakat xo‘jalik hayotida «iqto» mulklarining o‘rni katta edi. Bu mulk egalari esa iqtodor deb yuritilgan. Iqtodorlar ko‘pgina mulklarini davlat oldidagi alohida xizmatlari uchun yer va suv shaklida olganlar. Iqto shaklida hatto viloyatlar, vohalar, shahar va tumanlar hadya qilingan. Somoniylar davrida xo‘jalikning barcha sohalari, dehqonchilik va chorvachilik rivoj topdi. Sug‘orish shaxobchalarining kengayishi, suv inshootlari (kanallar, ariqlar, to‘g‘onlar)ning ko‘plab bunyod etilishi natijasida ziroatchilikning muhim tarmoqlari – g‘allachilik, sholikorlik, polizchilik, bog‘dorchilik tez o‘sib bordi. Bu sohalar, ayniqsa Zarafshon, Qashqadaryo, Shosh, Farg‘ona vodiysi va Xorazm vohasida ko‘proq rivojlandi. Murg‘ob, Buxoro, Samarqand va Shosh atroflarida paxtachilik maydonlari kengaydi. IX-X asrlar xo‘jalik hayotida hunarmandchilik ham alohida o‘rin tutgan. Shaharlarda to‘qimachilik, kulolchilik, degrezlik, chilangarlik, miskarlik, zargarlik, shishasozlik singari hunar turlari ancha rivojlandi. Bu esa shaharlar qiyofasining keskin o‘zgarishiga, ularda oliy imoratlar masjidu madrasalar, ko‘rkam rastalaru karvonsaroylarning qad rostlashiga olib kelgan. Buxoroda kumush tanga va dirham zarb qilingan. Narshaxiyning yozishicha, Buxoroda bayt-ut-tiroz, ya’ni to‘qimachilik korxonasi bo‘lgan. Buxorodan zandanicha nomli matoni Shom, Misr, Rumga olib ketganlar. Somoniylar davlati feodal yer egaligiga asoslanganligi tufayli undagi mulkiy bo‘linish ham turli xil shakllarga ega bo‘lgan. Bular quyidagilardir: 1) mulki sultoniy – sulton (amir)ga tegishli yerlar; 2) mulk yerlari – xususiy mulk yerlari; 3) vaqf yerlari (machit, madrasa va boshqa diniy muassasalar tasarrufiga berilgan yerlar); 4) jamoa yerlari. Olinadigan soliqqa qarab yerlar ikkiga bo‘lingan: a) «Mulki xiroj» – xiroj yerlar, ya’ni soliq olinadigan yerlar; b) soliq to‘lashdan qisman yoki butunlay ozod etilgan yerlar. Somoniylar davrida ko‘pchilik dehqonlar turli xil soliq va to‘lov turlaridan tashqari davlat tomonidan ko‘plab majburiyatlarni o‘tashga ham jalb etilgan. Suv inshootlarini tozalash, ta’mirlash, to‘g‘onlar, ko‘priklar, yo‘llar qurish shular jumlasidan edi. Bunday og‘ir ishlarga jalb qilingan odamlar haftalab, o‘n kunlab, ba’zan esa oylab o‘z hisobidan ishlab berishga majbur edilar. Qishloqlarda esa yersiz dehqonlarning ko‘pchiligini kadivorlar, ya’ni yollanib ishlovchi korandalar tashkil etardi. Korandalar IX-X asrlarda «sherik» yoki «barzikor», Xurosonda esa «akkor» deb atalgan

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə