Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə18/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. IX-XIII asrlarda o’zbek davlatchili tizimlarining mustahkamlanishi
2. Somoniylar davri davlat boshqaruvi va uning o’ziga xos xususiyatlari.
3. Qoraxoniylar davrida harbiy boshqaruv tartibi qanday amalga oshirilgan.
4. Xorazmshohlar davrida davlat boshqaruvining amalga oshirilishi
5. Xorazmshohlar davlatida qo’shin tuzulishi.
6. Somoniylar va Qoraxoniylar davlat boshqaruvidagi o’xshashlik va farqlar nimalardan iborat?


6. Mavzu: Mo‘g‘ullar istibdodi davrida davlatchilik jarayonlari
Reja:
1. Movarounnahrda mo‘g‘ullar hukmronligining o‘rnatilishi va bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashi
2. Chig‘atoy ulusida harbiy-siyosiy tizim va davlat boshqaruvi
3. Chig‘atoy ulusida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar
Mo‘g‘ul qabilalari va urug‘lar shu mintaqada yonma-yon yashab turgan boshqa qabilalarga nisbatan iqtisodiy va siyosiy hamda madaniy jihatdan ancha qoloq bo‘lib, qabilalararo o‘zaro birlikning yo‘qligi ularning ijtimoiy hayotini yanada yaxshilanishiga katta to‘siq bo‘lib turardi. Shunga qaramay bu qabilalarning jangovarligi juda yuqori darajada bo‘lib, bir tomondan Xitoy bilan, ikkinchi tomondan o‘zaro kurashlar ularning kuchli jangchilar bo‘lib yetishishlari uchun katta ta’sir qilgan edi. XIII asr boshlariga kelib Mo‘g‘uliston, Sharqiy Turkiston, janubiy Sibir hududlari, Yettisuv va atrof hududlarda yashab, asosan ko‘chmanchi chorvadorlik bilan mashg‘ul bo‘lgan ko‘plab turkiy, mo‘g‘ul va boshqa qabilalar o‘rtasida o‘zaro siyosiy harbiy to‘qnashuvlar kuchayib ketdi. Bu jarayonlarda asosiy yetakchi kuch mo‘g‘ul qabilalari bo‘lib, Temuchin (1155-1227 yillar) boshliq mo‘g‘ullar jaloyir, o‘yrat, kerait, nayman, qoraxitoy, qirg‘iz, uyg‘ur, qorlik kabi urug‘larni kuch bilan birlashtirib, mo‘g‘ul qabilalarining dastlabki siyosiy ittifoqi va davlatiga asos soldilar. O‘rta asrlar davrining eng jangovar davlatlaridan biri bo‘lgan Mo‘g‘ullar davlatiningtashkil topishi va keyinchalik qudratli imperiyaga aylanishi mo‘g‘ul hukmdori Temuchin nomi bilan bog‘liq bo‘lgan.
1205 yildayoq Qoraqurumda mo‘g‘ullar bilan yonma-yon yashab kelgan va ularning xukmronligi ostida bo‘lgan jaloyir, o‘yrat, kerait, nayman, qoraxitoy, qirg‘iz, uyg‘ur, qorlik kabi turkiy qabilalar xam ishtirok etgan qurultoy bo‘ldi va unda Temuchin Chingizxon nomi bilan mo‘g‘ul xoni etib saylandi.
Hokimiyat tepasiga kelgan Chingizxon eng avvalo o‘ziga tobe bo‘lgan mo‘g‘ul va turkiy qabilalardan ko‘p sonli va kuchli intizomga ega bo‘lgan qudratli qo‘shin tuzishga muvaffaq bo‘ladi. Qo‘shinning soni 200 mingdan ortiq otliq va piyoda qo‘shinlardan iborat bo‘lgan.
Har bir jangchi harbiy yurish vaqtida uziga zarur bo‘adigan qrol-yarog‘, jumladan, o‘q-yoy, sadoq, nayza, qilich va boshqa harbiy aslahalarni, shuningdek, har qanday holatlar uchun zarur bo‘ladigan arqon, qozon, mesh, igna, bolta, va oziq oaqatlarini avvaldan tayyor holga keltirgan va yurish vaqtida ko‘rsatilgan buyumlar har bir askarda bo‘lishi shart bo‘lgan. Bu talablarni bajarmagan askarlar qattiq jazolangan.
Mo‘g‘ullar qo‘shini o‘ntalik, yuztalik, ming va o‘n ming kishilik harbiy bo‘linmalardan tarkib topgan bo‘lib, har bir bo‘linma tegishli ravishda o‘nboshi, yuzboshi, mingboshi va tumanboshi (o‘n ming kishilik qo‘shin qo‘mondoni) lar tomonidan boshqarilgan. Tumanlarni (o‘n ming kishilik bo‘linmalarni) odatda Chingizxonning aka-ukalari, amakilari va o‘g‘illari boshqargan.
Chingizxon hali hayotlik vaqtidayoq bosib olingan hududlarni to‘rt o‘g‘liga boshqarish uchun taqsimlab bergan edi. Irtish daryosining narigi tomonidan to “mo‘g‘ullar otining tuyog‘i yetgan joy”gacha bo‘lgan yerlar, Sirdaryoning quyi oqimi (Sig‘noq, Barchinlig‘kent, Janikent, Ashnas shaxarlari) va Xorazmning shimoliy-g‘arbiy xududlari to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘chiga berildi. Jo‘chining yaylovlari Irtishda, qishlash joyi Sirdaryoning quyi oqimlarida edi.
Qoshg‘ar, Yettisuv, Movarounnaxr ikkinchi o‘g‘il Chig‘atoyga berildi. Chig‘atoyning qo‘shi Ili daryosi bo‘yida edi.
Uchinchi o‘g‘il O‘g‘adayxonga G‘arbiy Mo‘g‘uliston va Tarbag‘atoy o‘lkasi ajratildi. Uning qo‘shi Chuguchakda edi.
Chingizxonning kenja o‘g‘li Tuluyga esa otasidan Xalxa Mo‘g‘uliston, ya’ni Shimoliy Mo‘g‘uliston meros qoldi. Uning qo‘shi Kerulen daryosi bo‘yida edi.
Jo‘chining o‘g‘li Botuxon (1227-1255 yillar), O‘g‘adoy (1227-1241 yillar) va Tuluyning o‘g‘li Munqa (1251-1260 yillar) zamonida mo‘g‘ullar saltanatining ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlar bo‘ladi va Oltin O‘rdaga asos solindi.
Chig‘atoy (1227-1241 yillar) o‘z yerlariga inju tarzida egalik qilgan. Olg‘uygacha (1261-1266) bu yerlarda Mo‘g‘ul qooni hokimiyati joriy etilgan. Qoon nomidan Chig‘atoy ulusini Maxmud Yalavoch boshqargan. Mahmud Yalavochning hokimiyat tepasiga kelishining o‘ziga xos sabablari bor edi.
XIII asr boshlaridayoq Chig‘atoy tasarrufiga berilgan Movarounnaxr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig‘atoy ulusi tashkil topadi. XVI asrning 40-yillariga qadar hukm surgan Chig‘atoy ulusining markazi Yetiisuvda edi.
Mo‘g‘ullar turli madaniyatga va rivojlanish darajasiga ega mamlakatlarni bosib olib, o‘z hokimiyatlarini o‘rnatgan bo‘lsalarda, madaniy hududlarni boshqarish ishlaridan ancha yiroq edilar, bunday tajribaning yo‘qligi esa ularni mahalliy hokimlar yoki boshqaruvda tajribaga ega kishilar yordamiga muhtoj qilgan va o‘zlari esa asosan bosib olingan o‘lkalarda o‘lponlarni yig‘ib olish va iqtisodiy hukmronlik Bilan cheklanganlar.
Huddi shunday boshqaruv usuli Chig‘atoy tomonidan Movarounnahrga nisbatan ham amalda joriy etildi. Bir necha yillar davomida Chingizxonga, uning vafotidan so‘ng esa O‘qtoy xizmatiga o‘tgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavoch Movarounnahr viloyatlariga noib etib tayinlandi va u Movarounnahrni ijarador sifatida idora eta boshladi.
XIII asr o‘rtalarida Chig‘atoy ulusining mo‘g‘ul zodagonlari doirasida o‘troq hayotga o‘tish, shahar madaniy hayotiga yaqinlashish, mahalliy o‘troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Ijtimoiy hayotdagi bunday o‘zgarishlar o‘troq vohalardan uzoqda yashayotgan mo‘g‘ullar va o‘troq hayotga yaqinlashgan mo‘g‘ullar o‘rtasida o‘zaro qarama-qarshiliklar va ijtimoiy-madaniy munosabatlarda bo‘linishga olib keladi. Shu sababli bu davrda o‘troq dexqonchilik viloyatlari va ularning ziroatkor va hunarmand aholisiga nisbatan mo‘g‘ul hukmron doiralari o‘rtasida ikki xil munosabat yuzaga keladi.
Ko‘chmanchi xarbiy zodagonlarning katta qismi, xon xonadoni vakillari va ayrim qoonlar o‘troq hayotga mutlaqo qarshi bo‘lib, ko‘chmanchilik va chorvadorlik an’analarini birinchi o‘ringa qo‘yar edilar.
Mahalliy zodagonlar, ruhoniy va savdogarlarning asosiy qismi va ayrim mo‘g‘ul xonlari (Kepakxon, Duvaxon, Tarmashirin, qisman Guyukxon, Munqaxon, Olg‘uyxon) hamda harbiy ma’murlarning kichik bir qismi o‘troq hayot tarafdori bo‘lib, ular mamlakatdagi siyosiy bosh-boshdoqlik va tarqoqlikka qarshi kurash olib borib, markaziy hokimiyatni mustahkamlashga intilardilar. O‘troq hayot va undagi dehqonchilik, hunarmandchilik hamda savdo-sotiq ishlari davlat xazinasining asosiy daromad manbai ekanligini anglagan mo‘g‘ul hukmdorlari xo‘jalikning bu tarmoqlarini rivojlantirish siyosatini ham yuritganlar. Buning uchun eng avvalo o‘troq aholini talash va ekin dalalarining payhon etilishiga yo‘l qo‘ymaslik, mehnatkash aholidan davlat xazinasi uchun yig‘ib olinadigan soliqlar va yig‘imlarni tartibga solish, majburiy hashar ishlarini qat’iy tartibini belgilash, mahalliy hokimlarning soliq ishlaridagi shaxsiy o‘zboshimchaliklariga yo‘l qo‘ymaslik va aholidan olinadigan soliqlarga qo‘shimcha soliqlar joriy etilishini kamaytirish, madaniy va iqtisodiy markazlar hisoblangan shaharlardagi jamiyat hayotini faollashtirish va ichki bozorlarni kengaytirib savdoni yo‘lga qo‘yish, Buyuk Ipak yo‘lidagi avvalgi mavqeini qayta tiklash, karvonsaroylar barpo etish va xalqaro savdoni yo‘lga qo‘yish davlat tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng asosiy siyosat bo‘lishi lozim edi.
Bunday siyosat tarafdorlaridan biri Mo‘g‘ulistonning ulug‘ qooni Munqa va ikkinchisi Chig‘atoy ulusining noibi Ma’sudbek edi. Hatto Munqa soliq va xashar ishlarini tartibga solish to‘g‘risida maxsus farmon chiqardi va mazkur yorliqda qayd qilinishicha, Munqa hajmi belgilanmagan eng og‘ir soliq va o‘lponlarni, xususan Chingizxon vafotidan so‘ng berilgan payza va yorliqlarni bekor qiladi. Yomlar (aloqa bekatlari ) bo‘ylab aloqa xizmati uchun ajratiladigan otlar sonini belgilab, aholidan ortiqcha ot talab qilmaslik, fuqarolarning shaxsiy mulki hisoblangan otlardan foydalanishni ta’qiqlash va aloqa xizmati uchun ajratilgan otlardan boshqa maqsadlarda foydalanishni ta’qiqlaydi.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə