Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy munosabatlar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə23/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

5. Amir Temur va temuriylar davrida iqtisodiy munosabatlar
Amir Temur va temuriylar hukmronligi yillarida yer egaligi an’anaviy tarkibini saqlab qoldi. Avvalgidek asosiy yer egasi davlat hisoblanib, davlatga qarashli yerlar “mulki devoniy” deb yuritilgan, shuningdek xususiy yerlar – “mulk”, diniy muassasalar ixtiyoridagi yerlar – “vaqf mulki” yoki “mulki vaqf” asoiy yer egaligi turlari bo‘lib, qishloq jamoasi tasarrufidagi yerlar - jamoa yerlari ham mavjud bo‘lgan.
Amir Temur va temuriylar davrida ham davlat oldidagi xizmatlari uchun yerlarni in’om qilish an’anasi saqlangan va hatto kengaygan bo‘lib, bunday yerlar “suyurg‘ol” nomi bilan yuritilgan. Suyurg‘ol yerlar suyurg‘ol egalarining hokimiyatdagi va jamiyatdagi mavqelariga qarab turlicha – kichik-kichik yerlardan tortib bir necha o‘nlab qishloqlarni o‘zida birlashtirgan yirik mulklargacha bo‘lgan. Kichik yer-mulklar asosan kichik unvonli harbiy zobitlar va oddiy askarlarga berilgan va ular 40 tanobgacha (80 jarib) bo‘lib, soliqlar va yig‘imlardan ozod etilgan. Yirik suyurg‘ol egalari esa asosan hukmron tabaqaga mansub bo‘lib, ularning yer-mulklarga egaligi siyosiy tusga ham ega bo‘lgan. Har bir suyurg‘ol egasi o‘z tasarrufidagi mulkda markaziy hokimiyatga bo‘ysungan holda to‘la hukmronlik qilish vakolatiga ega edi. Ko‘p hollarda bunday mulklar meros tariqasida ham qoldirilgan bo‘lsada, davlatga qarshi xatti-harakatlari uchun suyurg‘ol egasi mulkdan mahrum qilinishi yoki mulkning miqdori yoki hududlari qisqartirilishi ham mumkin edi. Ayniqsa, temuriylar hukmronligi yillarida yirik suyurg‘ol egalari yoki ayrim hududlarni o‘z ta’sir doirasiga kiritgan hokimlar va amirlarning markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslik holatlari kuzatiladi. Bunday holatda ular o‘z mulklaridan mahrum etilganlar, masalan 1414 yilda hokimiyatga bo‘ysunmaganligi uchun Shohrux Mirzo tomonidan Mirzo Iskandar, 1415 yilda esa Boyqaro Mirzo o‘zlari egalik qilayotgan suyurg‘ol mulklaridan mahrum etilgan edilar.
Amir Temur va temuriylar davrida tarxon yorlig‘i berish keng tarqalgan bo‘lib, odatda tarxon yorlig‘i sohiblari o‘z mulklaridan to‘lanadigan soliqlar va yig‘imlar hamda boshqa turli majburiyatlardan ozod etilganlar. Tarxon egalari ham yirik suyurg‘ol egalari kabi siyosiy hayotga jiddiy ta’sir o‘tkazib turganlar.
XV asrda ziroatchilik bilan shug‘ullanuvchi qishloq ahli orasidan bir qismi imtiyozlarga ega bo‘lgan va ular soliqlarning oz miqdorini to‘lashgan. Aholining juda katta qismini ijarachi – chorikorlar va jamoa dexqonlari tashkil etgan. Qishloqlar jamoa yoki kariya deb yuritilgan. Uning mulki butun jamoa ahliga qarashli bo‘lgan.
XVasrda ziroatchilar qanday yer-mulklarida yashab, ekin ekishlariga qarab hiroj to‘laganlar. Ular asosan to‘rt turga -

  1. Davlat yerlarida ishlovchi ziroatkorlar yoki muzoriylar.

  2. Xususiy mulk yerlarida ishlaydigan ziroatchilar yoki muzoriylar.

  3. O‘z yerlarida ishlovchi ziroatchilar yoki muzoriylar.

  4. Vaqf yerlarida ishlovchi ziroatchilar yoki muzoriylarga bo‘lingan.

Temuriylar davrida soliqning asosiy turi-xiroj bo‘lgan. Obikor dexqonchilik yerlaridan davlatga to‘lanadigan asosiy soliq “hiroj” (moli hiroj) bo‘lib, bu soliq dalalarda hosil to‘liq yetilib, maxsus soliqchilar tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan hirojning miqdori belgilab berilgandan so‘ng to‘langan. Soliq pul bilan yoki mahsulot tarzida ham to‘lanishi mumkin bo‘lgan. Soliq umumiy hosilning 3/1 qism miqdorida bo‘lgan. Bog‘lardan tanobona solig‘i olingan. Shuningdek, jon solig‘i, ulog‘, begar ham asosiy soliq turlaridan hisoblangan.
Mag‘lub shahar aholisidan sari shumor (jizya) olingan. Mamlakatlar xavf ostida qolgan vaqtda favqulodda soliq-avorizot yig‘ib olingan.
Amir Temur va temuriylar davrida nafaqat Movarounnahr, balki Sharqning eng yirik shaharlari hisoblangan Samarqand, Buxoro, Toshkent, shuningdek temuriylar davrida yirik iqtisodiy-siyosiy va madaniy markazlarga aylangan Shohruxiya, Termiz, Shahrisabz, Qarshi va boshqa bir qator shaharlar yirik iqtisodiy markazlarga aylandi. Bu shaharlarda o‘rta asr hunarmandchiligining barcha turlari rivoj topdi va taraqqiy etdi.
Hunarmandchilik sohasida asosiy ishlab chiqaruvchi ijtimoiy toifa erkin hunarmandlar bo‘lgan. Ular shaharda yashovchi savdogarlar bilan bir qatorda madaniy markazning o‘rta hol vakillari sanalganlar. Do‘kondor va hunarmandlardan tamg‘a solig‘i olingan.
Xalq ko‘plab hashar ishlari - begarga jalb etib turilgan. Shuningdek, yuqorida ko‘rsatilgan soliqlardan tashqari mulkdorlar o‘z mulklarining qirqdan bir qismi miqdorida zakot to‘lab turgan. Chegaradagi bojxonalarda chetdan kelgan savdogarlardan boj undirilgan, mahalliy savdogarlar esa tagjoy solig‘i to‘lasalar, bog‘dorlar tanobona solig‘ini to‘laganlar.
Asosiy soliqlardan tashqari aholi zimmasida soliq ishlari bilan shug‘ullanuvchi amaldorlarning ta’minoti uchun yig‘iladigan qo‘shimcha soliqlar ham bo‘lib, ular asosan soliq (hosil) miqdorini belgilovchilar uchun (“sohibi jamona”), soliq yig‘uvchilar uchun (“muxassiloni”), davlat xazinasiga soliqlardan tushadigan kirim-foydani nazorat qiluvchilar va boshqaruvchilar uchun (“zobitona”), dorug‘alar uchun (“dorug‘ona”), suv ishlari bilan shug‘ullanuvchi amaldorlar va miroblar uchun (“mirobona”) bir qator soliqlar yig‘ib borilgan.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə