Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə24/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar

1. Amir Temurning hokimiyatni egallashdagi siyosiy-harbiy faoliyati


2. Davlat boshqaruvida dargox va devonning o‘rni qanday edi?
3. Amir Temur davlatida huquqiy munosabatlar qanday qonunlarga asoslangan edi?
4. Amir Temur davlatida soliq tizimi qanday tartibda amalga oshirilgan?


8. MAVZU: XVI-XIX ASR BIRINCHI YARMIDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI TARIXI.


Reja:
1. Shayboniylar davlati markaziy va mahalliy boshqaruvi
2. Shayboniylar davlati harbiy qo’shin va soliq tizimi
3. Shayboniylar davlati huquq tizimi
4. Qo’qon xonligi davlat boshqaruv tizimi
5. Xiva xonligi davlat boshqaruv tizimi
Tayanch so‘z va iboralar. Dashti Qipchoq, Shayboniylar,Ashtarxoniylar, shariat qonun qoidalari, shayxulislom, harbiy boshqaruv
1. Shayboniylar davlati markaziy va mahalliy boshqaruvi
Shayboniylar davlati o‘z mohiyatiga ko‘ra yirik davlat bo‘lib, oliy hokimiyat cheklanmaga huquqlarga ega bo‘lgan davlat boshlig‘i xon tomonidan boshqarilgan. Xonlikning siyosiy tizimida, boshqaruvida Amir Temur va temuriylar davrida qaror topgan tartib qoidalar, xususiyatlar bilan birga ko‘chmanchi o‘zbeklar davlatiga xos an’analar ham mavjud edi. Davlat boshqaruvida islomiy shariat va odat qonun qoidalariga amal qilingan. Davlatni boshqarishda xon saroyidagi oliy darajadagi amaldorlardan tashkil topgan markaziy boshqaruv va viloyat hokimlari qo‘lidagi mahalliy boshqaruv asosiy o‘rin tutib, ular mamlakatning amaldagi haqiqiy egalari edilar.
Ular yordamida, bevosita ishtirokida xon ma’muriy boshqaruvni amalga oshirardi.
Markaziy boshqaruv davlatning ichki va tashqi hayotiga bog‘liq barcha masalalarni hal qiladigan dargoh-saroy devonida jamlangan edi. Davlatning oliy darajali amaldorlari a’zo bo‘lgan va odatda bosh vazir tomonidan boshqariladigan bu mahkama mamlakatning siyosiy, moliyaviy, harbiy tashkiliy va boshqa masalalarni ko‘rib chiqar edi. Bu yerda qabul qilingan qarorlar xonning tasdiqi bilan-gina kuchga kirar va hayotga joriy etilardi.
Ko‘kaldosh, Otalik, Naqib, vaziri a’zam, vazir, devonbegi va boshqa oliy darajali saroy amaldorlari, no‘yon, tug‘begi, kutvol, dorug‘a, qurchiboshi va boshqa harbiy amaldorlarning fikri va man-faatlari ham qarorlar qabul qilinishida katta ahamiyatga ega edi.
Davlat boshqaruvida harbiy-ma’muriy amaldorlardan tashqari, ulamolar, din peshvolari, shayxlar va xojalarning, aynan Shayx ul-islom, qozi kalon, Mufti kabi diniy mansab egalarining ham ta’siri katta bo‘lgan. Bu davrda ayniqsa, Buxoro yaqinidagi Jo‘ybor qishlog‘idan chiqqan xojalarning mavqei juda oshib ketdi.
Mahalliy boshqaruv viloyat hokimlari qo‘lida bo‘lib, ular ham o‘z boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan. Unga qo‘shinga boshchilik qiladigan, shariat qonunlarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat qiladigan, aholidan soliqlarni yig‘ib oladigan amaldorlar (rais)lar kirgan. Viloyatlar o‘z navbatida kichik ma’muriy birliklar: tuman, kasaba va mavzelarga bo‘linib idora qilingan.
Mahalliy boshqaruvning eng quyi bo‘g‘ini oqsoqol (kalon taron) tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi.
Xonlik viloyat (ulus)ga bo‘lib boshqarilgan. Manbalarda Samarqand, Qarshi, Shaxrisabz, Xisor, Balx, Termiz, Karmana, Qorako‘l, Miyonkol, Shosh, Turkiston, Farg‘ona, O‘ra-tepa, Marv kabi viloyatlardan tashkil topganligi ko‘rsatilgan. Viloyat hokimlari xon tomonidan tayinlangan. Odatda bunday yuksak mavqega xonning yaqin va ishonchli kishilari, qarindoshlari, yirik qabila boshliqlari, har-biy yurishlarda o‘zini ko‘rsatgan o‘zbek sultonlari muyassar bo‘lgan. Xonlikni chegaralari doimiy bo‘lmay tez-tez o‘zgarib, kengayib yoki qisqarib turgan.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə