Fanidan tayyorlangan o`quv-uslubiy majmua «Vatan tarixi» kafedrasi professor-o`qituvchilaringing yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan


Xiva xonligi davlat boshqaruv tizimi



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə28/39
tarix11.12.2023
ölçüsü0,72 Mb.
#147173
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39
ҒАФФОРОВ-O\'zbek davlatchiligi

5. Xiva xonligi davlat boshqaruv tizimi
Xiva xonligi xon tomonidan saroy amaldorlari yordamida boshqariladigan, yakka hokimlikka asoslangan davlat bo‘lib, xonlikdagi eng yuqori unvon xon bo‘lib, u siyosiy, harbiy va diniy hokimiyatga ega edi. Xon va boshqa amaldorlarning mansabi bu xonlikda meros tariqasida avloddan avlodga o‘tgan.
Xon davlatni boshqarishda harbiy ma’muriy, harbiy va diniy amaldorlarga tayangan, xonlikdagi mansab va unvonlar 3 toifaga bo‘lingan.
Xondan keyingi eng katta nufuzga inoq, otaliq va biylar unvonlarga ega bo‘lgan. Ular xonning eng yaqin maslahatchilari bo‘lib, davlatning siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy, harbiy, hayotini nazorat qilgan.
Inoq – vazirlik, xondan keyingi birinchi mansabdor bo‘lgan. Davlat hokimiyatining markazlashuvi va kuchayishi natijasida XIX asrning birinchi yarmidan boshlab inoqlarning ahamiyati pasayib, qushbegining ta’siri orta boradi. Qushbegi asosan, xonning barcha yorliq va farmonlari uchun javobgar, o‘troq aholiga boshchilik qilish, soliqlarni davlat xazinasiga tushib turishi ustidan nazorat olib borgan. Mehtar esa xonlikning moliya ishlari hamda uning Shimol-dagi o‘troq aholisini boshqarishga rahbarlik qilgan.
Xonlikning siyosiy iqtisodiy hayotida ulardan tashqari naqib, amir-ul-umaro, mehtar, qushbegi, beklarbegi, devonbegi, parvonachi, dasturxonchi, eshik og‘asi, shotir, yasavulboshi, udaychi, mingboshi, mirobboshi va boshqa mansabdorlar ham muhim o‘rin tutgan. Diniy hokimiyat Shayxulislom boshliq din peshvolari qo‘lida bo‘lgan. Mahal-liy shayxlar Said ota Shayx avlodlari, Darvish shayxlari davlatdagi nufuzli diniy amaldorlar sirasiga kirar, barcha diniy mansablar ularning vakillariga berilar edi.
Barcha farmonlar, davlat ishlari, hujjatlar o‘zbek tilida yozilardi. Dastlab xonlik ma’muriy jihatdan viloyatlarga bo‘lingan bo‘lsa, keyinchalik (XVIII asrning boshlari XIX asrning boshlaridan) davlatdagi asosiy ma’muriy birlik bekliklar deb yuritila boshladi.
Bu davrda xonlik 16 ta beklik va 2 ta noiblikdan iborat bo‘lgan. Ular Xozarasp, Gurlan, Xonqa, Ko‘hna Urganch, qo‘shko‘prik, Gitraq, Fazovot, Qiyot, Shobboz, Shovot, Toshhovuz, Ambarmanaq, Urganch, Xo‘jayli, Shumanay va qo‘ng‘irot bekliklari hamda Beshariq, Qiyot- Qo‘ng‘irot –noibliklaridan iborat bo‘lgan.
Bu beklik va noibliklarni xon tomonidan tayinlanadigan beklar va noiblar boshqargan. Xiva shahri esa xon va bosh vazir (inoq) tomonidan boshqarilgan.
Inoqlar ta’siri kuchaygan davrda ulardan 5 kishi a’zo bo‘lgan. Xon Kengashi ham bo‘lib, u maslahat organi hisoblangan.
Xonlikning o‘troq aholi qavmlar bir masjidga birlashgan bir guruh aholi bo‘lib, uning boshida saylanib qo‘yiluvchi oqsoqol turgan. qavmlar eng boshling‘ich soliq va ma’muriy birlik bo‘lgan. Xonlikdagi shaharlarni idora qilish hokimlar va ularning yordam-chilari yuzboshi va oqsoqollarga topshirilgan.
Xonlik tarkibiga kirgan qozoq va qoraqalpoq aholisini biylar, turkmanlarda esa vakil va bek boshqargan. Bir necha avlodga birlashga urug‘larni biylar boshqargan u otaliqga, ular esa beklar begiga bo‘ysungan.

Xonlikda asosiy sudlov ishlarini qozilik idoralari tomoni-dan amalga oshirilgan. qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, oliy shaxs xon bo‘lib, og‘ir jinoyatlarni o‘zi ko‘rib hal qilgan. Undan keyingi o‘rinda Bosh sudya – qozikalon turgan. Xonlikdagi barcha viloyat, tuman kasaba, shaharlarda xon tomonidan tayinlangan qozilar bo‘lib, ular o‘z yordamchilari – muftilar yordamida mulkchilik bilan bog‘liq mojoralarni hal qilish, mayda jinoyatlarni ochish va shu kabi ishlar bilan shug‘ullangan. Viloyatlardagi jinoyatlarni ko‘rib chiqishda mahalliy hokimning ishtirok etish huquqi bor edi. qishloqlardagi mayda mojarolarni qishloq oqsoqollari tomonidan hal qilinardi.


Aybdorlarga nisbatan o‘lim jazosi, tana a’zolarini (barmoq, qo‘lini) kesish, kaltaklash, mol-mulkini musodara qilish, jarima solish va boshqa jazo choralari tayinlanardi.
Xonlik hayotida Muhammad Rahimxon I (1806-1825) tomonidan o‘tkazilgan siyosiy, iqtisodiy, ma’muriy islohotlarining ahamiyati katta. Islohotlarga ko‘ra xon saroyi qoshida doimiy faoliyat ko‘rsatuvchi Kengash ta’sis etilgan, soliqlar tartibga solinadi. Ularning muntazam ravishda yig‘ilishi tufayli xazina daromadlari oshib boradi.
Bojxona tashkil etilib, tashqi savdodan keladigan daromadlar ko‘paytirilgan. Ichki muomala uchun oltin va kumush tangalar zarb etilgan. Orolliklar- qoraqalpoqlar Xiva tarkibiga qo‘shilgan.

Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə