Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili. Reja: Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili. Sog’liqni saqlash


Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash



Yüklə 133,48 Kb.
səhifə3/12
tarix28.11.2023
ölçüsü133,48 Kb.
#138358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili.

Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash. Davlat budjeti hisobidan aholining kam ta‘minlangan tabaqalarini ijtimoiy jihatdan qo’llab-quvvatlash choralari ko’rildi. Bular jumlasiga pensionerlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar kiradi. 1991-1994-yillarda respublika budjeti hisobidan 30 ta soha va yo’nalishlar bo’yicha ijtimoiy himoya, moddiy yordam amalga oshirildi.
Maktab muallimlari, bolalar uylari, maktabgacha va maktabdan tashqari muassasalar tarbiyachilari, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining professor-o’qituvchilari, ilmiy, ijodiy va tibbiyot xodimlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida davlat kvartiralari ularga tekin berildi, kvartira haqi va kommunal to’lovlar sohasida imtiyozlar berildi.
Yolg’iz pensionerlar turar joy va kommunal xizmatlar uchun haq to’lashdan ozod etildi, dori-darmonlar va eng zarur mollarni belgilangan meyorda bepul olish va jamoat transportida tekin yurish imkoniyati yaratildi.
O‘quvchi va talaba yoshlarni ijtimoiy himoyalash maqsadida ovqat narxining bir qismini qoplaydigan qo’shimcha to’lovlar, maktab oshxonalari va tamaddixonalari xarajatlarining bir qismi budjet mablag‘lari hisobidan qoplandi, jamoat transportida arzon haq to’lab yurish va boshqa yengilliklar joriy etildi. Nikohdan o’tayotgan kelin-kuyovlar uchun mebel va gilam mahsulotlari sotib olishning imtiyozli tartibi qo’llanildi.
1994-yil 24-avgustda “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid tadbirlar to’g’risida” Prezident farmoni e‘lon qilindi. Farmonga ko’ra, 1994-yil oktabrdan aholini ijtimoiy himoyalash siyosatining asosiy yo’nalishlariga tuzatishlar kiritildi. Negaki, ilgari faqat respublika budjeti yo’li bilangina 30 ta turli soha va yo’nalishlar bo’yicha ijtimoiy himoya amalga oshirilardi, bu mablag‘larning sochilib ketishiga olib keldi.
1992-1994-yillarda ko’rilgan chora-tadbirlar yalpi ijtimoiy himoyalashga yo’naltirilgan bo’lib, yordamga muhtoj bo’lgan fuqarolarni qo’llab-quvvatlashda to’la samara bermayotgan edi.
1994-yilda ijtimoiy himoyaning asossiz tenglashtirish tizimidan aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini qamrab oladigan tizimga o’tildi. Mahalla orqali bolalar, keksalar va kam daromadli oilalarga moddiy yordam beriladigan bo’ldi. Kam ta‘minlangan oilalarga moddiy yordam, bola boquvchi oilalarga bolasi 2 yoshga to’lgunga qadar, shuningdek, 16 yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga yagona nafaqalar berish joriy etildi. Mahallalarda respublika va mahalliy budjet mablag‘lari, shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tizimlari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy ravishda o’tkazgan mablag‘lari hisobidan maxsus jamg’armalar tuzildi. 1995-yilda 500 mingga yaqin ehtiyojmand oilalarga mahalla qo’mitalari orqali 6 mlrd so’m nafaqa berildi.
Kam ta‘minlangan oilalarga ko’rsatilayotgan yordam miqdori yildan yilga o’sib bormoqda. Faqat 2000-yilning o’zida aholining kam ta‘minlangan qismiga mahallalar orqali 54,3 mlrd so’m miqdorida nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
O‘zbekistonda yuritilayotgan ijtimoiy siyosat jamiyatning negizi bo’lgan oilani mustahkamlash va tinch-totuvligini ta‘minlash, oilada ayolning mavqeyini ko’tarish maqsadi bilan uyg’unlashgan. Shu maqsadda mamlakatimizda 1997-yil –―Inson manfaatlari yili‖, 1998- yil – ―Oila yili‖, 1999-yil – ―Ayollar yili‖, 2000-yil – ―Sog‘lom avlod yili‖, 2001-yil –―Onalar va bolalar yili‖, 2002-yil – ―Qariyalarni qadrlash yili‖, 2003-yil – ―Obod mahalla yili‖, 2004-yil –
―Mehr va muruvvat yili‖, 2005-yil – ―Sihat-salomatlik yili‖, 2006-yil – ―Homiylar va shifokorlar yili‖, 2007-yil – ―Ijtimoiy himoya yili‖, 2008-yil – ―Yoshlar yili‖, 2009-yil – ―Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili‖, 2010-yil – ―Barkamol avlod yili‖, 2011-yil – ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili‖, 2012-yil – ―Mustahkam oila yili‖, 2013-yil – ―Obod turmush yili‖, 2014-yil – ―Sogʻlom bola yili‖, 2015-yil – ―Keksalarni e‘zozlash yili‖, 2016-yil – ―Sogʻlom ona va bola yili‖, 2017-yil – ―Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili‖, 2018-yil – ―Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili‖, 2019-yil – ―Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili‖, 2020 yil – ―Ilm, ma‘rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili‖, 2021 yil ―Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili‖ deb e‘lon qilinib, bu yillarda oilani mustahkamlash, ayollarning jamiyatdagi o’rnini ko’tarish, sog’lom, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, qariyalarni e‘zozlash, go’zal diyorimizdagi barcha mahallalar faoliyatini yanada jonlantirish yo’lida xayrli tadbirlar amalga oshirildi.
2019 yildan ishlayotgan pensionerlarga pensiyani tо’liq tо’lash tartibi joriy etildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar kо’paytirildi.
Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang’ich shart-sharotlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo’lgan O‘zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o’tishga muvaffaq bo’ldi. Oldindan ko’rilgan oqilona ijtimoiy chora- tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minladi.

Yüklə 133,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə