Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili. Reja: Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili. Sog’liqni saqlash



Yüklə 133,48 Kb.
səhifə4/12
tarix28.11.2023
ölçüsü133,48 Kb.
#138358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili.

Maishiy xizmat. Mustaqillik sharofati bilan aholiga maishiy xizmat ko’rsatish sohasi rivoj topdi. Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari to’liq xususiylashtirildi, maishiy xizmat bozori vujudga keldi. 2002-yil 1-avgust holatiga ko’ra respublikamizda 63 mingdan ortiq xususiy- maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari vujudga keldi. Ularda 135 ming xizmatchi aholiga maishiy xizmat ko’rsatmoqda. Buyurtmachilarning takliflariga binoan ularning uylariga borib xizmat ko’rsatish yo’lga qo’yildi.
Qishloq aholisini ichimlik suvi va tabiiy gaz bilan ta‘minlash dasturi ishlab chiqildi. Dasturni amalga oshirish borasida ko’rilgan tadbirlar natijasida 1991-2007-yillarda 36 ming
kilometr suv quvurlari va 72 ming kilometr gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu ko’rsatkichlar 1991-yilga qadar erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 baravar ko’p demakdir.
Istiqlol yillarida qishloq aholisining tabiiy gaz bilan ta‘minlanishi darajasi 17 foizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi bilan ta‘minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o’sdi.
Aholi uchun uy-joylar qurish ham rivojlandi. 1991-2000-yillarda 70 million m2 turar joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
Ma‘lumki 2017 yildan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari xodimlari uchun “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g’oya ular faoliyatining bosh mezoniga aylandi. Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda о’tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shug’ullana boshladi.
Shu ma‘noda 2017 yil xalq bilan yaqindan muloqot qilish, uning dardu tashvishlari, hayotiy muammolarini samarali hal etish bо’yicha yangi tizim yaratilgan yil bо’ldi.
Bu tizimning asosi bо’lgan O‘zR Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashning о’ziga xos demokratik instituti sifatida amalda о’zini oqlamoqda.
Qisqa muddatda ana shu qabulxonalarga bir yarim milliondan ziyod fuqaro murojaat qilgani va qancha-qancha odamning yillar davomida hal etilmagan muammolari ijobiy yechilgani О’zbekistonda xalq hokimiyati nomiga emas, amalda joriy etilayotganini kо’rsatmoqda. Joylarda rahbarlarning yо’l qо’yilgan xato va kamchiliklarni tezlik bilan bartaraf etish yuzasidan shaxsiy javobgarligi kuchaygani mazkur tizimning muhim natijasi bо’ldi.
2016 yil 22 noyabrda ―2017-2020 yillarda shaharlarda arzon kо’p kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari tо’g’risida‖gi О’zR Prezidentining qarori (PQ-2660) qabul qilindi.
Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, 2017 yildan boshlab mamlakatimizda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasi amalga oshirila boshlandi. Shahar va qishloqlarimizda jami 3,5 million kvadrat metrdan ziyod namunaviy uylar va kо’p qavatli uy-joylar barpo etildi. Bu raqamni avvalgi yillarga taqqoslaydigan bо’lsak, 2007 yilga nisbatan 20 barobar, namunaviy uy-joylar qurish dasturi boshlangan 2010 yilga nisbatan 3,5 barobar, 2014 yilga nisbatan esa 2 barobar kо’p uy-joy qurilganini kо’ramiz.
2017 yildan yurtimizda keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bо’lgan kо’pqavatli uy-joylar qurishni boshlandi. 2017 yilning о’zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining о’zida 2019 yilda 420 ming kvadrat metr kо’pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu о’tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar kо’pdir.
―Obod qishloq‖ (2018 yil 29 mart (PF-5386) va ―Obod mahalla‖ (2018 yil 27 iyun (PF- 5467) dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. 2018 yilda bu boradagi qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion sо’m mablag’ yо’naltirildi. Natijada 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bо’ldi.
2019 yilda ―Obod qishloq‖ va ―Obod mahalla‖ dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng kо’lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion sо’m yoki 2018 yilga nisbatan 1,5 trillion sо’m kо’p mablag’ sarflandi.
Qishloq joylarda – 17 ming 100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar kо’p arzon va shinam uylar qurildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida keltirilishicha, 2018 yilda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar kо’rilmasa, ushbu kо’rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin. Bosh vazir boshchiligida mamlakatimiz aholisining urbanizatsiya darajasini 2030 yilga qadar 60 foizga yetkazish bо’yicha Davlat dasturi ishlab chiqish uchun shaxsan mas‘ul etib belgilanadi.
Bugungi kunda qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma- bosqich shahar va posyolkalarda kо’p qavatli uylar qurishga о’tilmoqda.
Kam ta‘minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, jumladan, nogironligi bо’lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard sо’mdan ziyod boshlang’ich badal tо’lab berildi (Prezident Murojaatnomasidan. 24.01.2020. Qarang. Mirziyoyev SH.M. Asarlar 4-jild. –T.: “О’zbekiston”. 2020.).
Prezidentimiz ta‘kidlab о’tganlaridek har qanday mamlakatda bо’lgani kabi bizda ham kam ta‘minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga kо’ra, 2019-2020 yillarda ular taxminan 12-15 % ni tashkil etadi. Bu aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda.
2019 yildan ijtimoiy hayot va vaqtli matbuotda kambag’allik tushunchasi muomalaga kiritilib, ushbu muammoning mavjudligi hukumatimiz tomonidan tan olindi. Kambag’allikni kamaytirish borasida manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqila boshlandi. Jumladan aholida tadbirkorlik ruhini uyg’otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini tо’liq rо’yobga chiqarish, yangi ish о’rinlari yaratish bо’yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish boshlandi.
Murojaatnomada Prezidentimiz Jahon banki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan birga kambag’allikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish, bu borada xalqaro meyorlar asosida chuqur о’rganishlar о’tkazib, kambag’allik tushunchasi, uni aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan yangi metodologiyani yaratish lozimligi ta‘kidlab о’tildi.
Aholi о’rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlar va oilalarning daromadini oshirish borasida 2019 yildan boshlab quyidagi ishlar amalga oshirila boshlandi:
2019 yil uchun bandlikka kо’maklashishning yangi davlat dasturi tasdiqlandi;
Bu borada ishsizlarni kasbga о’qitish, ularga huquqiy va boshqa maslahatlar berish hamda boshqa ijtimoiy yordam usullaridan keng foydalanish;
Xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish uchun mehnatga munosib haq tо’lash tizimini shakllantirish va aholi real daromadlarini oshirish;
Eng kam oylik ish haqi miqdorini belgilash tartibini qayta kо’rib chiqish, soliq va boshqa tо’lovlarning eng kam ish haqi miqdori bilan bog’liq bо’lishiga barham berish;
2019 yildan pensiya va nafaqalarni tayinlash va tо’lash tartibini qayta kо’rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish boshlandi. (2018 yildayoq ushbu masala bо’yicha Prezident farmoni qabul qilingan edi). Farmonga kо’ra, 2019 yil 1 yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar tо’liq miqdorda tо’lana boshlandi.
Shuningdek, pensiyani hisob-kitob qilish uchun ish haqining maksimal miqdorini eng kam oylik ish haqining 8 barobaridan 10 barobarigacha oshirish bо’yicha yangi tizim joriy etildi.
Islohotlarning keyingi bosqichida ushbu cheklovlar ham butunlay bekor qilinadi.
Ayni vaqtda nogironligi bо’lgan bolalar va ularning oila a‘zolarini, boquvchisini yо’qotganlarni о’n olti yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e‘tibor markazida turdi. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag’ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turi joriy etildi.
2018 yilda og’ir turmush sharoitida yashab, ish bilan ta‘minlanmagan xotin-qizlar 13 ming nafardan ziyodni tashkil etgan. 2019 yilda turmush sharoiti og’ir bо’lgan 1 ming 600 nafar xotin- qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta‘minlandi.
Ma‘lumki, aholining ijtimoiy farovon hayotini ta‘minlashda, olib borilayotgan islohotlarning samaradorligiga jamiyatda uchrab turadigan korrupsiya va korupsiogen holatlar katta salbiy ta‘sir kо’rsatadi. Shavkat Mirziyoyev boshliq yangi O‘zbekiston hukumati о’z faoliyatini boshlagan dastlabki yildan boshlab, jamiyat taraqqiyotiga tо’siq bо’luvchi ushbu illatga qarshi keskin choralar kо’rish yо’lini tutdi. Xususan, 2017 yilning 3 yanvarida
―Korrupsiyaga qarshi kurashish tо’g’risida‖gi О’zR Qonuni qabul qilindi. О’tgan 2-3 yil davomida bu borada juda katta ijobiy о’zgarishlar amalga oshirildi (korrupsiyasiz sport, korrupsiyasiz meditsina, korrupsiyasiz ta‘lim va x.k.). 2019 yil 27 may – ―O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida‖ O’zR Prezidentining Farmoni (PF-5729) qabul qilindi.
2020 yil 29 iyun – O’zR.da korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Unga ko’ra Korrupsiyaga qarshi kurash Agentligi tashkil etildi.
Uzoq vaqt fuqarolikka ega bо’lmay kelgan insonlar bugungi kunda о’zlarini tо’laqonli О’zbekiston fuqarolari deb his etmoqda. О’tgan yigirma besh yilda 482 nafar shaxsga fuqarolik berilgan bо’lsa, 2020-yilda 50 mingdan ziyod kishi shu huquqqa ega bо’ldi. Bu esa Birlashgan Millatlar Tashkilotining fuqaroligi bо’lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig’iga munosib javobdir.
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kо’chmas mulk sotib olish bilan bog’liq cheklovlar bekor qilingani tufayli 40 mingdan ortiq fuqaro poytaxt mintaqasida sotib olgan uy-joylarini о’z nomiga rasmiylashtirish imkoniga ega bо’ldi.

Yüklə 133,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə