Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili. Reja: Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili. Sog’liqni saqlash


Millatlararo totuvlikning ta’minlanishi



Yüklə 133,48 Kb.
səhifə7/12
tarix28.11.2023
ölçüsü133,48 Kb.
#138358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Faol ijtimoiy siyosat – aholini kuchli himoya qilish omili.

3.Millatlararo totuvlikning ta’minlanishi.


Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlashda millatlararo omillarning ahamiyati katta.
Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar vakillari – turli xalqlar, etnik guruhlar aralashib, do’stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so’ngra esa sobiq Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo’lishiga olib keldi.
1992 yil 7 martda Prezident Farmoni bilan О’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bо’yicha qо’mita tashkil etildi. Bu bilan mamlakatimiz ahlining diniy e‘tiqodi erkinligiga kafolat berildi. Diniy-axloqiy mavzuda kо’plab kitoblar chop etildi, bu xayrli ish davom etmoqda. Respublikamiz rahbariyati kishilar ma‘naviy kamolotida islom dinining katta ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, diniy tashkilotlarning erkin faoliyat kо’rsatishi uchun shart-sharoit yaratib berdi.
Mamlakatimizda 1992 yili о’n ikkita milliy-madaniy markaz faoliyat olib borgan bо’lsa, 2002 yilga kelib, viloyatlar bilan hisoblaganda, ularning soni 138 tani tashkil etdi. Milliy- madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 1992 yil yanvarda Respublika
baynalmilal madaniy markazi tashkil qilindi (Mustaqillik: izohli ilmiy-ommabop lug’at. -T.: Sharq, 2006. B. 445.). Ushbu markaz oldiga milliy-madaniy markazlarga amaliy va metodologik jihatdan kо’maklashish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, О’zbekistonda yashayotgan millat va elatlarning milliy urf-odatlari va an‘analari, madaniyati, ma‘naviy qadriyatlarini rivojlantirishga kо’maklashish, MDH va chet eldagi milliy hamda baynalmilal madaniy markazlar bilan aloqalar о’rnatish kabi mas‘uliyatli vazifalar qо’yildi.
О’zbekiston mustaqillikka erishgandan sо’ng birinchilardan bо’lib, qozoq, qirg’iz, tojik, uyg’ur, dungan va Buxoro yahudiylari milliy-madaniy markazlari tashkil etildi.
1992 yil Toshkentda "Avdet" nomli qrim-tatarlari milliy madaniy markazi tashkil etilib, uning qoshida "Akkalfak" uyushmasi tuzildi. Shu yili tatar-boshqird madaniy markazi ham tashkil topib, "Yashlik" deb atalgan tatar-boshqird xalq ashula va raqs ansambli ish boshladi.
1994 yilning yanvar oyida Rus milliy-madaniy markazining ochilishi mazkur millat vakillari tomonidan qizg’in kutib olindi.
О’zbekistonda salmog’i va salohiyati bilan aloqida о’rin tutuvchi millatlardan biri koreyslardir. XX asr 30-yillarida koreyslar О’rta Osiyoga majburan kо’chirib keltirilgan, 1937 yilning oktabr-noyabr oylarida ularning soni 74.500 kishi edi. Hozirda О’zbekistonda 220 mingga yaqin koreyslar yashab, jamiyat ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida faol ishtirok etmoqda. О’zbek xalqining bag’rikengligi, mehmondо’stligi tufayli bu yurt ularning ikkinchi Vataniga aylandi.
Millatlararo totuvlikni ta‘minlovchi huquqiy zaminlar yaralildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ―O‘zbekiston xalqini millatidan qat‘iy nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi‖, ―O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat‘iy nazar, qonun otdida tengdirlar‖, deb belgilab qoyilgan (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. 8, 18-moddalar).
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an‘analari birdek hurmat qilinadi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratildi. Oqilona milliy siyosat tufayli O‘zbekistonda yashayotgan barcha millatlarning vakillari orasida etnik-madaniy asoslarda jipslashish jarayoni sodir bo’ldi.
1989-yildayoq O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan millat va elatlarning jamoat tashkilotlari – milliy-madaniy markazlar tuzila boshlangan va shu yili ularning soni 12 taga yetgan edi. 1989-yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. 2002-yilda respublikamizda 138 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat ko’rsatdi.
Milliy-madaniy markazlar uch asosiy yo’nalishda faoliyat ko’rsatdilar:

  • har bir millatning tili, madaniyati, urf-odatlari va rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish;

  • O‘zbekistonni o’zining haqiqiy Vatani deb bilish va unga sadoqat bilan xizmat qilish;

  • O‘zbekiston davlatiga nom bergan o’zbek xalqi bilan do’stlikda, hamkorlikda va totuvlikda yashash, uning tilini, madaniyatini va tarixini bilish.

Milliy-madaniy markazlarning ishi yil sayin boyib, yangilanib bordi. Ularning tashabbusi va rahbarligida turli yo’nalishdagi to’garaklar ishlay boshladi. Jumladan:

  • o’z milliy madaniyatini, tilini, urf-odatlari, tarixini o’rganish to’garaklari;

  • O‘zbekiston tarixini, madaniyatini va tilini o’rganish to’garaklari;

  • milliy musiqa, raqs va hunar to’garaklari faoliyat ko’rsatdilar.

1992-yil yanvarida Millatlararo madaniyat markazi Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga aylantirildi. Uning faoliyatida millatlar va elatlarni jipslashtirishga asosiy e‘tibor qaratildi. O‘zbekiston davlati ko’magida Baynalmilal madaniyat markazi va milliy-madaniy markazlar 1996-yilda ―Bobur‖ ko’chasidagi muhtasham saroyga ko’chib o’tdilar, bu majmua Millatlar saroyi degan nom oldi.
O‘zbekiston davlat delegatsiyasining xorijiy mamlakatlarga rasmiy tashrifi chog’ida tegishli milliy-madaniy markazlarning rahbarlari hukumat delegatsiyasi safida bormoqdalar.
Xorijiy mamlakatlardan kelgan davlat delegatsiyalari vakillari esa O‘zbekistondagi o’z millatiga mansub milliy-madaniy markazlarda bo’lib, uchrashuvlar, qiziqarli suhbatlar va muloqotlarda bo’lmoqdalar. Milliy-madaniy markazlarning O‘zbekistondagi elchixonalar va diplomatik korpuslar bilan aloqalari mustahkamlandi, hamkorlikda tadbirlar o’tkazilmoqda. Barcha millat va elatlarga xos milliy bayram kunlari nishonlanmoqda, festivallar uyushtirilmoqda. Har bir millatning nomdor rassomlari, yozuvchilari, shoirlari, olimlari, madaniyat va san‘at arboblariga bag’ishlangan badiiy ko’rgazmalar tashkil etilmoqda.
О’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 7 apreldagi Farmoniga binoan Toshkent Islom Universiteti tashkil etildi. Endilikda Xalqaro Islom tadqiqotlar markazi va Toshkent Islom Universiteti samarali faoliyat kо’rsatmoqda.
O‘zbekistonda yashayotgan barcha millat va elat vakillari respublika miqyosidagi bayramlar – Mustaqillik kuni, Navro’z bayramlarida faol ishtirok etmoqdalar. Bu bayramlarda rus, ukrain, ozarbayjon, qozoq, tatar va boshqa xalqlar badiiy havaskorlarining chiqishlari qiziqish, xursandchilik bilan kutib olinmoqda.
2017 yil 19 mayda ―Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan dо’stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari tо’g’risida‖ (PF-5046), 2019 yil 15 noyabrda esa ―Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zR davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash tо’g’risida‖gi О’zR Prezidentining Farmoni (PF-5876) qabul qilindi.
Barcha millat va elat vakillari O‘zbekistonni o’zining umumiy uyi, Vatani deb bilib, uning ravnaqi yo’lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Bu O‘zbekistonda yuritilayotgan oqilona milliy siyosatning mevasidir.
Xulosa qilib aytganda, O‘zbekistonda yashayotgan millatlar o’rtasidagi do’stlik va o’zaro hamjihatlik rishtalari yangicha mazmun bilan boyib bormoqda, millatlararo totuvlik ta‘minlandi. Bu O‘zbekistonning yanada barqaror o’sishiga mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda.



Yüklə 133,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə