Farhod va shirin



Yüklə 268,34 Kb.
səhifə2/4
tarix28.06.2022
ölçüsü268,34 Kb.
#90181
1   2   3   4
Alisher Navoiy

Layli va Majnun


" Layli va Majnun" - Alisher Navoiy "Hamsa"sining uchinchi dostoni (1484). U 3622 baytdan iborat boʻlib, shu mavzudagi dostonlarga xos aruz vaznining "hazaji musaddasi axrabi mak,buzi mahzuf" baxrida yozilgan. Navoiy ushbu dostonni turkiy tilda yaratgan birinchi muallifdir. Alisher Navoiy Layli va Majnun sarguzashtlarining anʼanaviy syujet chizigʻini saqlab qolgan holda voqealarga yangicha ruh va mazmun baxsh etdi hamda dostonga yangi timsollar kiritdi. Alisher Navoiy Layli va Majnun afsonasidan libos sifatida foydalanib, doston mazmuniga oʻz falsafiy qarashlarini sing-dirib yuborishni maqsad qilganini taʼkidlaydi. Doston Sharq mumtoz adabiyotining anʼanalariga muvofiq ikkita: zohiriy (ochiq) va botiniy (yashirin) maʼnolarga ega. Zohiriy maʼno oddiy oʻquvchiga ham tushunarli boʻlib, unda ikki yosh muhabbati oʻz ifodasini topgan. Botiniy maʼno esa ramziy-majoziy tasvirlarga oʻralgan boʻlib, unda muallifning falsafiy qarashlari aks etgan. Navoiy dostonning ilk bobidayoq oʻquvchiga oʻz ramzlarining kalitini taqdim etadi. Yaʼni u Laylining manzar (ilohiy husn aks etgan) ligini, Majnun esa Iloh ishqida aqldan ajraganini taʼkidlaydi. Bundan Alisher Navoiy "L. va M."ining botiniy mazmunida majoziy ishq sinoatlari aks etganligi anglashiladi. Alisher Navoiy "L. va M."ni nafaqat mazmunan, balki badiiy jihatdan ham ushbu mavzudagi dostonlarning sarasiga aylantirdi. Navoiyning "L. va M."idan soʻng xalqimizda ushbu dostonning koʻplab folklor variantlari ham vujudga keldi. Xalqning dostonga boʻlgan qiziqishi natijasi oʻlaroq, 19-asrda Umar Boqiy tomonidan "L. va M."ning nasriy muxtasar bayoni yaratiddi. "L. va M." dostoni asosida sahna asarlari va videofilm ham bor.


S addi Iskandariy


"SADDI ISKANDARIY" ("Iskandar devori") — "Hamsa" (Navoiy)ning yakunlovchi dostoni (1485). Asar 89 bob, 7215 baytdan iborat boʻlib, Navoiy ijodidagi hajman eng yirik epik asardir. Doston aruzning mutaqorib bahrida turkiyda yozilgan. Hamsanavislikning buyuk namoyandalari: Nizomiy Ganjaviy, Hisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylar Iskandar toʻgʻrisida doston yozib, oʻz "Hamsa"lariga kiritganlar. Dastlab musulmon dunyosida Qurʼoni karimning Kahf surasida nomi zikr etilgan hukmdor Zulqarnayn (Ikki shoxli, 18sura, 83 —98oyatlar) hamda yunon sarkardasi va davlat arbobi Aleksandrii bitta shaxs deb bilishgan va u sharkda Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur boʻlgan. Mazkur Iskandarnomalarga Iskandar timsolidagi Aleksandr faoliyati mavzu qilib olingan. Ammo asarlarda Iskandar timsoli tarixiylikdan tobora uzoqlashib, badiiy toʻqima obrazga aylana borgan. Har bir hamsanavis Iskandar timsolida oʻz ideallarini talqin etishga harakat qilgan.
Navoiy oʻz asari avvalida, salaflaridan farqli oʻlaroq, tarixiylikka, koʻproq tarix kitoblariga tayanib ish koʻrganini yozadi. Navoiy bu oʻrinda oʻz asarida Iskandar haqidagi boblar izchilligining Qurʼondagi Zulqarnayn haqidagi oyatlarga hamda tarixiy shaxs Aleksandr faoliyatiga muvofiq kelishini nazarda tutgan. Dostonning "S. I." deb nomlanishida ham Qurʼoni karimning Navoiy uchun birlamchi manba boʻlganligi seziladi.
Navoiy talkinida Iskandar odil shoh, u dunyoni kufrdan, jaholatdan tozalab, butun dunyoda adolatni joriy etish, bashariy tartibqoidalarni katta olamdagi tartibqoidalarga muvofiklashtirish maqsadida xalqlar ustiga yurishlar qilgan. Bu esa sufiyona talqin boʻlib, dostondagi muqaddima boblar, Iskandar voqealari hikoya qilingan boblar hamda unga ilova boblarda ham shoirning tasavvufiy qarashlari ustuvorligini koʻrish mumkin. Mas, Iskandar shisha sandiq yasab, dengiz tubiga tushadi, turfa ajoyibotlarni koʻrib, vataniga qaytadi. U vafot etar ekan, bir qoʻlini tobutdan chiqarib qoʻyishlarini soʻraydi. Asarda Navoiy insonni bu foniy dunyo hoyu havaslariga ortiqcha ruju qoʻymaslikka chaqirib, garchi Iskandar jahonni egallagan jahongir boʻlsada, u narigi dunyoga hech narsasiz ketayotganligiga ishora qiladi.



Yüklə 268,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə