Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi fan: farmakologiya



Yüklə 165,5 Kb.
səhifə4/7
tarix10.06.2022
ölçüsü165,5 Kb.
#89261
1   2   3   4   5   6   7
12.Viruslarga qarshi vositalar. Stomatologiyada qo‘llanilishi. Ushbu guruh vositalariga retsept yozishni o‘rgatish

Mashg‘ulot mazmuni:
Nazariy qismi
VIRUSLARGA QARSHI VOSITALAR.
Viruslar hayvon, o‘simliklar, bakteriyalarning xujayra ichidagi mikroparazitlari bo‘lib, oddiy ozuqalarda ko‘paymaydi va faqat to‘qimalar kulturasida ko‘payadi. Viruslar hayotning xujayrasiz shakli hisoblanib, hayot va nohayot tabiat oraliq ko‘rinishi hisoblanadi. Viruslar-nukle oproteid (DNK yoki RNK) va u bilan bog‘langan asosiy oqsildan iborat. Viruslar tarkibi xayvon, o‘simliklar va bakteriyalarning DNK va RNKsiga kiradigan purin va pirimidin asoslari, shakardan iborat. Kata viruslarda lipidlar, polisaxaridlar, oqsillar, fermentlar bo‘lib, ular viruslarning xujayrasiga yopishib olish, uning ichiga kirish va ko‘payishiga yordam beradi. Xujayralardan tashqaridagi viruslar tez nobud bo‘ladilar, xujayra qobig‘iga yopishgan va ayniqsa, xujayra ichidagi viruslarga ta’sir etish mushkildir. Viruslar xujayralarga kirishi bilan unga qarshi yoki uni zararsizlantiruvchi va antivirus oqsili sintezini kuchaytiruvchi interferon ishlab chiqariladi. Bir vaqtning o‘zida interferon boshqa xujayralarga kirib ularda ham viruslarga qarshi oqsil hosil bo‘lishi kuchaytiradi.
Viruslar bilan chiqariladigan xastaliklar turi ko‘p (gripp, chechak, qutirish, polimieit, gepatit A, V, S, E, delta, SPID va boshqa). Og‘ir kechuvchi xasta-liklarni chaquruvchi mayda viruslarga (polemielit, chechak, qutirish, sariq isitmalash) qarshi samarador vaksinalar mavjud (profilaktika uchun), lekin ko‘pgina xastaliklarda bunday vaksinalarni qo‘llash yaxshi natija bermaydi , shu sababli organizimning himoya sistemalarini kuchaytirish bilan davolanadi, lekin buning ham natijasi yaxshi emas. Viruslarga qarshi preparatlarni yaratish mushkul vazifa, chunki viruslar o‘zining metabolizmiga (modda almashinuviga) ega bo‘lmay, o‘zlari parazitlik qilayotgan mikroorganizm xujayrasining biosintez apparatini ishlatadilar. Hozirgi zamon antivirus preparatlari virus bilan xo‘jayin xujayrasi orasidagi munosabatning har xil bosqichlariga tasir etadilar:

  • Viruslarning xujayraga yopishib olishi (adsorbsiyalanishi)ni susaytirib, ularni xujayraga kirishlariga to‘siqlik qiladilar (viropeksis).

  • Deproteinizatsiya jarayonini ya’ni virusning kapsidi erib viruslar nuklein kislotalarini ajralishini susaytiradilar (midantan).

  • Viruslarda ’’erta’’ oqsillarni-fermentlarni sintezlanishini susaytiradi (guanitidin).

  • Nuklein kislotalarining sintezini susaytiradilar (indoksuridin, zidovudin, atsiklovir, vidarabin).

  • Virionlarni (virus zarachalarini) ’’yig‘ishni’’ susaytiradilar (metisazon).

  • Xujayralarni viruslarga qarshi turish qobilyatini oshiradilar (interferon).

  • Viruslarni ’’kechki’’ oqsillarini sintezini susaytiradilar (sakvinavir).

Hozirda viruslarga qarshi qo‘llanuvchi preparatlar quyidagi guruxlardan iboratdirlar.
I. Sintetik vositalar:

  • Nukleozidlar analogi (atsiklovir, zidovudin vidarabin gansiklovir, trifluridin, idoxsuridin).

  • Peptidlar hosilasi (sakvinavir).

  • Adamentan unumlari (midantan, remantadin).

  • Indolkarbon kislota hosilalari (arbidol).

  • Fosfono chumloi kislotasi unumlari (fiskanet).

  • Tiosemikarbazon unumlari (metisazon).

II. Biologik moddalar (makro organizm hujayralari ishlab chiqaruvchi interferonlar).
MIDANTAN-RNKdan iborat mikroviruslarga ta’sir etadi. Ta’sir mexanizimi: virusning ho‘jayin xujayrasiga kirishiga to‘sqinlik qiladi hamda xujayra ichida virus genomini ajralishini (deproteinizatsiya) susaytiradi. MITdan yaxshi so‘riladi. Buyrak orqali ajraladi.
MIDANTAN faqat tip A2 grippini olishda qo‘llaniladi.
Noxush ta’siri: MNS salbiy ta’sir (qo‘zg‘aluvchanlik yoki uyqusirash, ataksiya, tremorlar) dofamin ergik sistemaga ta’sir etadi.
Dispepsiya, terining jarohatlanishi.
REMANTADIN-kimyoviy tuzilishi bo‘yicha midantanga o‘xshash. Farmoko-dinamikasi ham bir xil. Lekin midantandan farq qilib xastalikning birinchi kunlari davolash uchun ham qo‘llaniladi. Enteral yo‘l bilan qabul qilinadi.
IDOKSURIDIN-DNK polimerazani susaytiradi va DNKli viruslar replikatsiyasini keskin kamaytiradi. Preparat yuqori zaharlilikka ega bo‘lganligidan rezorbtiv ta’siridan foydalanilmaydi va asosan ko‘zning gerpetik infeksiyalarida (keratitlarda) mahalliy qo‘llaniladi. Bunda ham idoksuridin qovoqlarning ishlab ketishi va maxalliy yallig‘lanish chaqirishi mumkin. Agar p-t so‘rilsa leykopozga salbiy ta’sir qo‘llaniladi.

Yüklə 165,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə