Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi fan: farmakologiya



Yüklə 165,5 Kb.
səhifə5/7
tarix10.06.2022
ölçüsü165,5 Kb.
#89261
1   2   3   4   5   6   7
12.Viruslarga qarshi vositalar. Stomatologiyada qo‘llanilishi. Ushbu guruh vositalariga retsept yozishni o‘rgatish

VIDARABIN – xujayraga kirib fosforlanbag viruslarning DNK polemerazasini susaytiradi va shu tufayli DNKli kata viruslar replikatsiya-sini kamaytiradi. Vidarabin organizimda metabolizmga uchraydi va viruslarga qarshi faolligi pasayadi. Gerpetik ensefalitlarda vidarabinni tomirlarga kiritilsa o‘limni 30-75 % kamaytiradi. Bundan tashqari vidarabin o‘rab oluvchi temratki, gerpetik keratokon’yunktivitlar, idoksuridinga allergik raksiyalar rivojlanganda va ular samara bermagan hollarda qo‘llaniladi. Vidarabini mahalliy qo‘llanilganda idoksuridinga xos noxush ta’sirlar rivojlanmaydi. YAralarni bitishiga salbiy ta’sir etmaydi.
Noxush ta’siri: dispepsiya, allergik raksiyalar, nevrotoksik ta’sir (galyusion pisixoz, tremor va boshqalar. Tromboflebitlar (mahaliy yallig‘lanish).
METISAZON- kuchli antivirus ta’siriga ega, ayniqsa chechak virusiga.
Ta’sir mexanizimi: virionlarni yig‘ish jarayonini va sturuktur oqsillarni sentezini susaytiradi. Preparat enteral yo‘l bilan kiritiladi. Asosan chechakni profilaktikasida va chechak vaksinasi asoratlarini kamaytirish uchun, genetal qaytalanuvchiuvchi gerpesni davolashda qo‘llaniladi.
Noxush ta’siri: dispepsiya, jigar, buyrak va MITning og‘ir xastaliklarida qo‘llash man etiladi. Metisazon bilan davolanish vaqtida alkogol qabul qilish mumkin emas.
ZIDOVUDIN (azidotimidin, retrovir) - xujayralarda fosforlanib trifosfatga aylanadi va virionlarning teskari transkriptazasini susaytirish hisobiga viruslar RNKsidan DNKni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Davolash ta’siri i RNK va virus oqsillarini sintezi to‘htashi hisobiga rivojlanadi. MITdan yaxshi so‘riladi. GEBdan yaxshi o‘tadi. T1/2=1 soat 75% jigarda glyukuroni-datsiyalanib qolgani o‘zgarmagan holda (16-18%) peshob tarkibida ajraladi. Zidovudin erta qo‘llash kerak. Davolash 6-8 oy. Eidovudin xastalikni rivojlanishnigina to‘xtatadi. Retroviruslarning unga chidamliligi rivojlanadi.
Noxush ta’siri: gematologik o‘zgarishlar (anemiya, neyropeniya, trombotsitopeniya, pansitemiya).
Bosh og‘rig‘i, uyqusizlik, mialgiya, buyrak funksiyasining sustligi.
SAKVINAVIR- kuchli antiretrovirus ta’siriga ega. VICH-1 va VICH-2 proteazalarining kuchli ingbitori hisoblanadi, proteazalar VICH virionlarining tuzilish oqsillari va fermentlarini hosil bo‘lishini boshqaradi va uning etishmasligida etilmagan viruslar hosil bo‘ladi va shu tufayli xastalik rivojlanmaydi. VICH proteazasi (aspartat proteaza VICH) tuzilishi bo‘yicha insonlarnikidan ancha farq qiladi, shu sababli tanlab faqat viruslarga ta’sir etuvchi preparat yaratish mumkin. Sakvinavirning so‘rilishi yomon bo‘lsa ham (biodatupnost 4%) qonda retroviruslarnig ko‘payishini to‘xtatuvchi konsentratsiyalar hosil bo‘ladi. Preparat asosan enieral yo‘l bilan kiritiladi. Prepat 98% zardob oqsillari bilan birikadi.
Noxush ta’siri kam: dispepsiya, AsAT, AlAT faolligi oshishi mumkin. Viruslarning sakvinavirga chidamliligi rivojlanishi mumkin. SHuning uchun sakvinavirni boshqa preparatlar bilan qo‘shib ishlatiladi (sakvinavir+zidovudin).
ATSIKLOVIR nukleozidlarning sintetik hosilasi bo‘lib, tanlab ta’sir etuvchi gerpesga qarshi samarador vositadir. Kimyoviy tuzilishi bo‘yicha purin nukleozidlarning analogi. Atsiklovir hujayrada fosfarlanadi va trifosfat shaklida viruslarning DNK polimerazasiga salbiy ta’sir etadi. Natijada viruslar DNKsining replikatsiyasi susayadi. MITdan to‘liq so‘rilmaydi (20%), GEBdan keraklicha o‘tadi. Qon zardobi oqsillari bilan preparatning 12-15% bog‘lanadi. Atsiklovirni enteral, patenteral va maxalliy qo‘llash mumkin.
Oddiy gerpes, ko‘zlarni, genetaliyni va boshqa a’zolarni gerpetik shikastlanishida, o‘rab oluvchi temratkida qo‘llash mumkin.
Noxush ta’siri: enteral kiritilganda: qayd qilish, ko‘ngil aynash, ich ketish, bosh og‘rig‘i.
Parenteral kiritilganda: buyrak funksiyasining buzilishi, ensefalopatiya, flebitlar, terida toshmalar.
VALATSIKLOVIR: organizimda undan atsiklovir ajraladi. Farqi shuki preparatning qonga o‘tishi kata (54%).
GANSIKLOVIR: dezoksiguanozin nukleozidining sintetik analogi. Ta’sir mexanizimi atsiklovirga o‘xshash, ya’ni virus DNKsining sintezini susaytiradi. Sitomegaloviruslarga yaxshi ta’sir etadi (Sntometaloviruslari rintlarda) preparat t/i yoki konyuktiv bo‘shlig‘iga kiritiladi.
Noxush ta’siri: kuchli va ko‘p:-20-40% bemorlarda granulotsitopeniya, trombotsitopeniya anemiya, allergik reaksiyalar (terida) - gepotoksik, o‘tkir psixoz, tirishish, bosh og‘rig‘i bo‘lishi mumkin. Eksperementda mutagan va teratogen ta’siri aniqlangan.
FOSKARNET: viruslarning DNK prlimerazasini susaytiradi. SPID bilan xastalangan bemorlarda sitometalovirusli renitlarni davolashda hamda oddiy gerpes va o‘rab oluvchi temratkini davolashda atsiklovir yaxshi natija bermagan hollarda qo‘llaniladi. MITdan yomon so‘rilganligidan tomirga kiritiladi. Foskarnetni bemorlar gansiklovirga nisbatan yomonroq qabul qiladilar. Lekin leykopoezni kamroq buzadi. Nefrotoksik xususiyati bor. Gipokalsemiya, istmalash, dispepsiya, bosh og‘rig‘i, tirishish rivojlanishi mumkin.
ARBIDOL: A va V tipdagi viruslar chaqirgan gripplarni oldini olish va davolashda samarali preparat o‘tkir respirator virusli infeksiyalarda ham yaxshi natija beradi. Arbidol bir vaqitning o‘zida ham virusga qarshi, ham interferon ishlab chiqarishni kuchaytiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari xujayra va gumarol immunitetni kuchaytiradi. Enteral yo‘l bilan kiritiladi, bemorlar yaxshi qabul qiladilar.
TRIFLURIDIN: ftorlangan pirimidin nukleozidi. DNK sintezini susaytiradi. 1 va 2 tipdagi oddiy virus gerpesi chaqiradigan keratokonyuktivitda, qaytalovchi epitelial keratitlarda qo‘llaniladi. Trifluridin eritmasi ko‘zning shilliq qavatiga mahalliy qo‘llaniladi. Ba’zan qovoqlarning shishi bo‘lishi mumkin.
INTERFERRONlar-kichik malekular gliko proteinlar bo‘lib, viruslarga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. Virusli infeksiyalarning boshlang‘ich davirda makroorganizm xujayralari virus ta’siriga javoban ishlab chiqaradilar. Interferonlar xujayra ichiga kirib u bilan mustaxkam bog‘ hosil qiladilar va virus zarrachalarini viruslarni RNKsini sintezini va ularning replikatsiyaini to‘xtatadi, ya’ni i-RNK va ribosomalardan iborat polisomalarni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiladilar. Boshqacha aytganda interferonlar translyasiyani susaytiruvchi antivirus oqsilini sintezini kuchaytiradi. Bundan tashqari interferonlarning virusli infeksiyalariga ta’siri ularning immunomodullash xossasi bilan bog‘liqdir.
Interferonlarning antivirus ta’sir spektri anchagina keng (gripp, gerpetik keratit, terining, jinsiy a’zolarning gerpetik jarohatlanishi, o‘tkir SPID, virusli gepatit, respirator virusli infeksiyalar). Bundan tashqari interferonlar ba’zi xujayra ichidagi parazitlarga ham ta’sir ko‘rsatadi: taxoma, bezgak, toksoplazmoz qo‘zg‘atuvchilar, rikkensiyalar, onkogen viruslar.
Viruslarda interferonga chidamlilik rivojlanmaydi. Makro organizim uchun interferonlar bezarardirlar. Bemor tuzalgach bir necha xaftadan keyin qonda interferonlar miqdori keskin juda kamayib ketadi. Interferonlarning 3 xil turi mavjud: alfa (leykotsitlarini IFN-alfa), fibroblastlarniki IFN-betta va gamma (immun interferon Tlimfotsitlar). Viruslarga qarshi preparatlar sifatida asosan tibbiy va rekombinatlashtirilgan-interferonlar (alfa-2a, alfa-2v) qo‘llaniladi (intron-A, roferon–A, alferon). Interferonlar parenteral va mahalliy qo‘llaniladi. Xastalikni yuqish xafi bor bo‘lgan vaqtdan interferonni qo‘llash kerak. Qancha erta boshlansa, davolash samaradorligi shuncha yuqori bo‘ladi.
Noxush ta’sir :tana haroratini ortishi, eritmalar rivojlanishi, preparatni kiritilgan joy (parenteral)da og‘riq bo‘lishi, qon hosil bo‘lishining yomonlashishi (kata dozalarda), allergik reaksiya.
OKSOLIN-virutsid xossaga ega. Ko‘z, terining viruslik xastaliklarida, virusli rinitlarda qo‘llaniladi. Grippda profilaktik ta’sir ko‘rsatadi. Davolash uchun quydagi xastaliklarda qo‘llaniladi: adenoverusli keratokonyuktivit, tangachali temiratki, dyuring dermatitida va boshqalarda. Asosman hozir tayyorlangan suvli eritmalar va suritmalar sifatida mahalliy qo‘llaniladi. YAralar va shilliq qavatga tegsa kuydirganga o‘xshash o‘zgarish chaqiradi.



Yüklə 165,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə