Farmakologiya va klinik farmakologiya kafedrasi fan: farmakologiya



Yüklə 165,5 Kb.
səhifə6/7
tarix10.06.2022
ölçüsü165,5 Kb.
#89261
1   2   3   4   5   6   7
12.Viruslarga qarshi vositalar. Stomatologiyada qo‘llanilishi. Ushbu guruh vositalariga retsept yozishni o‘rgatish

Taxliliy qismi
Vaziyatli masala:
1. Enterokolit bilin og‘rigan bemorni uzoq vaqt dori darmon bilan davolash o‘tqazilgan, davolashning 5-xaftasida asosiy kasallik ich kuetishi, teriga toshmalar toshishi. Tumov va teri qurishining buzilishi kabi belgilar bilan og‘irlashgan. Bemor qanday vosita bilan davolangan? SHifokor qanday yo‘l tutishi kerak?
Javob: Bemor enteroseptol bilan davo qilingan. Uning uzoq muddat ishlatilishi zaharli ta’sirlarga sabab bo‘lgan. Ushbu dori vositasini qabul qilish to‘xtatilishi kerak.
2. Surunkali pnevmoniya bilan og‘rigan bemor uzoq vaqt davomida tetratsiklinni qabul qildi. Pnevmoniyaning klinik yaxshilanish davrida bemorda dispepsiya va og‘iz shilliq qavatida dog‘li toshmalar paydo bo‘ldi. Bu xolatga nima sabab bo‘ldi? Bemorga qanday yordam berish mumkin?
Javob: Tetratsiklin uzoq vaqt davomida qabul qilinganda kandidoz, stafilakkokli enterokolit keltirib chiqaradi, bunday xolatda zamburug‘ga qarshi vosita nistamin beriladi. Og‘ir kechuvchi pnevmoniyalarda tetratsiklin ichakdagi saprofit bakteriyalarni o‘ldirishi oqibatida avitaminoz V yuzaga keladi. Bunday xolatda vitatsiklin buyuriladi.
Nazorat uchun savollar
Virus qarshi qanday vositalarning tasnifini bilasiz?
1. Virus qarshi vositalarning ta’sir mexanizmi nimadan iborat?
2. Remantadinni qo‘llash uchun ko‘rsatmalari qanday?
3. Interferonni biologik xususiyati nimadan iborat?
4. Gripni oldini olishda qaysi vositalardan foydalanish kerak?
5. Retroviruslarga qarshi vositalarning asosiy ta’sir mexanizmi va qo‘llash uchun ko‘rsatma-lari qanday?
Modul bo‘yicha talaba reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Ball

ECTS baho

ECTS ning ta’rifi

Baho

Ta’rifi

86-100

A

"a’lo" – a’lo natija, minimal xatolikla r bilan

modul dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi; terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi; muammoli savollarni aniqlashi, o‘z qarashlarini ilmiy-amaliy tilda asoslab bera olishi; modulning tayanch tushunchalarini bilishi va uni qisqa vaqt ichida ilmiy va amaliy masalalarni yechishda samarali qo‘llay olishi; nostandart vaziyatlarda muammolarni mustaqil va ijodiy hal qila
5 a’lo
olish qobiliyatini ko‘rsata olishi; amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda to‘liq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetensiyalarni to‘liq egallashi; amaliy masalalarni qisqa, asoslangan va ratsional ravishda hal etishi; modul dasturida tavsiya etilgan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlarni to‘liq va chuqur o‘zlashtirishi; modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglash, ularga tanqidiy baho berish va boshqa modullar ilmiy yutuqlarini qo‘llay olishi; nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yuqori madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

5

a’lo

81-85

B

"juda yaxshi" – o‘rtadan yuqori natija, ayrim xatolikla r bilan

modul dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi; terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi; o‘z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi; modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi; standart vaziyatlarda muammolarni o‘quv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi; amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda to‘liq bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetensiyalarni to‘liq egallashi; amaliy mashg‘ulotlarda normativhuquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi;
4 yaxshi modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi; o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi; nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda juda yaxshi madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

4

yaxshi

71-80

C

"yaxshi" – o‘rtacha natija, sezilarli xatoliklar bilan

modul dasturining barcha bo‘limlari bo‘yicha tizimli, to‘la va chuqur bilimga ega bo‘lishi, zarur dalillar bilan asoslay olishi, ammo bir oz kamchiliklar bilan; terminologiyadan (shu jumladan, ilmiy, xorijiy tilda ham) aniq, o‘z o‘rnida foydalanishi, savollarga javobni mantiqan to‘g‘ri, stilistik savodli ravishda ifodalashi; o‘z fikrini isbotlashda yoki boshqa nazariy materialni bayon qilishda yuzaga kelgan noaniqliklarni mustaqil bartaraf eta olishi; modulning tayanch tushunchalarini bilishi, qisqa vaqt ichida ilmiy va kasbiy vazifalarni qo‘yish hamda hal qilishda undan unumli foydalanishi; standart vaziyatlarda muammolarni o‘quv dasturi doirasida mustaqil hal qila olishi; amaliy ko‘nikmalarni mustaqil ravishda bajara olishi (sifati va belgilangan soni jihatdan) va kompetensiyalarni egallashi, ammo bir oz kamchiliklar bilan; amaliy mashg‘ulotlarda normativhuquqiy hujjatlarni yaxshi bilishini namoyish qilishi, ushbu bilimlarni yangi vaziyatlarda to‘g‘ri (lekin doim ham ratsional emas) qo‘llay olishi, bajarilgan ish natijalarini yetarli darajada rasmiylashtira olmaganligi; modul dasturida tavsiya qilingan asosiy adabiyotlarni o‘zlashtirishi; o‘rganilayotgan modul bo‘yicha nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglay olishi va ularga tanqidiy baho berishi; nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda butun semestr mobaynida ijodiy va mustaqil qatnashishi, guruhli muhokamalarda faol bo‘lishi, vazifalarni bajarishda yaxshi darajaga ega bo‘lishi lozim;

4

yaxshi

60-70

D

"qoniqarl i" – sust natija, qo‘pol kamchilikl ar bilan



davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida yetarli bilim hajmiga ega bo‘lishi; terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim xatolarga yo‘l qo‘yishi; javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda, modul bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi; amaliy ko‘nikmalarni (sifati va belgilangan soni jihatdan) mustaqil ammo xatoliklar bilan to‘liq bajara olishi; kompetensiyalarni mustaqil, ammo xatoliklar bilan egallashi; modulining umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi; pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi; o‘qilayotgan modul bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi; nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

3

qoniqarli

55-59

E

"o‘rta" – minimal natijaga teng



davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida qoniqarli bilim hajmiga ega bo‘lishi; terminologiyani ishlatishi, savollarga javoblarni to‘g‘ri bayon qilishi, lekin bunda ayrim qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yishi; javob berishga yoki ayrim maxsus ko‘nikmalarni namoyish qilishda qiynalganda va xatolarga yo‘l qo‘yganda, modul bo‘yicha asosiy tushunchaga ega ekanligini namoyish etishi; amaliy ko‘nikmalarni (sifati va belgilangan soni jihatdan) mustaqil emas va xatoliklar bilan to‘liq bajara olishi; kompetensiyalarni mustaqil emas va xatoliklar bilan egallashi; modulining umumiy tushunchalari bo‘yicha qisman bilimga ega bo‘lishi va uni standart (namunaviy) vaziyatlarni hal etishda qo‘llay olishi; pedagog xodim yordami bilan standart vaziyatlarni hal eta olishi; o‘qilayotgan modul bo‘yicha asosiy nazariyalar, konsepsiyalar va yo‘nalishlar mohiyatini anglashi, ularga baho bera olishi; nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda pedagog xodim rahbarligida qatnashishi, vazifalarni bajarishda yetarli madaniyat darajasiga ega bo‘lishi lozim;

3

qoniqarli

31-54

FX

"qoniqarsiz" – minimal darajadag i bilimlarn i olish uchun qo‘shimcha mustaqil o‘zlashtiri shi zarur



davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa; ilmiy terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa; nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo‘lsa; amaliy ko‘nikmalarga va kompetensiyalarga ega bo‘lmasa, o‘z xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.

2

qoniqarsiz

0-30

F

"mutloq qoniqarsiz" – to‘liq qayta o‘zlashtiri shi lozim



davlat ta’lim standartlari (talablari) doirasida faqat ayrim fragmentar bilimlarga ega bo‘lsa;
terminlarni ishlata olmasa yoki javob berishda jiddiy va qo‘pol mantiqiy xatolarga yo‘l qo‘ysa yoki umuman javob bermasa; nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda passiv qatnashib, vazifalar bajarish madaniyatining past darajasiga ega bo‘lsa yoki umuman bajarmasa; amaliy ko‘nikmalarga va kompetensiyalarga ega bo‘lmasa, o‘z xatolarini hatto pedagog xodim tavsiyalari yordamida ham to‘g‘rilay olmasa.







YAKUNIY NAZORAT (YAN)


JNga ajratilgan kreditlarni to‘liq to‘plagan talaba YANga kiritiladi. Yakuniy nazorat OSSE va test topshirish usulida o‘tkaziladi. Yakuniy nazoratda talabaning bilim, ko‘nikma va malakalari modulning umumiy mazmuni doirasida baholanadi.
YANning OSSE qismida yozma shaklda o‘tkaziladi talabalarga bilet tarqatilib, birinchi stansiyada dorilarning klassifikatsiyasi va nomlarini keltirishi lozim. Ikkinchi stansiyada dori nomlariga retsept yozishi kerak.
Har bir stansiyadan olingan ball (baho) umumlashtiriladi va o‘rtacha ball (baho) qo‘yiladi. YANda saralash balini (55) yig‘olmagan talaba YANdan o‘tmagan va modulni o‘zlashtirmagan deb hisoblanadi (JNda kredit to‘liq yig‘ilgan bo‘lsa ham).Ta’lim muassasasi rektorining buyrug‘i bilan ichki nazorat va monitoring bo‘limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o‘tkazish jarayoni davriy ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o‘tkaziladi.
Kasalligi sababli yakuniy nazoratni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o‘qishni boshlaganidan so‘ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi. Semestr yakunida yakuniy nazoratda saralash balidan kam ball to‘plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o‘zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida modulni o‘zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko‘ra belgilangan tartibda rektorning buyrug‘i bilan kursdan kursga qoldiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo‘lsa, modul bo‘yicha nazorat turi natijalari e’lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko‘ra rektor buyrug‘i bilan 3 (uch) a’zodan kam bo‘lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi. Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko‘rib chiqib, shu kunning o‘zida xulosasini bildiradi. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv bo‘limi hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi.

Yüklə 165,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə