Farmakologiya


Noingalyasion narkoz vositalari



Yüklə 17,97 Mb.
səhifə47/333
tarix18.09.2023
ölçüsü17,97 Mb.
#122324
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   333
Фармак.дарслик.охирги.21.04.18 (1)

Noingalyasion narkoz vositalari


Bu guruh vositalarini venaga tomchilab kiritiladi. Noingalyasion yo‘l bilan chaqirilgan narkoz ingalyasion yo‘l bilan chaqiriladigan narkozga nisbatan bir qator ustunliklarga ega:

  • amalga oshirilishi murakkab emas (narkoz apparatlari, intubatsiya kerak emas).

  • narkozning qo‘zg‘alish bosqichi rivojlanmaydi.

  • narkotik moddaning qondagi miqdorini aniq belgilash mumkin, lekin bu yo‘l bilan chaqirilgan narkozni boshqarish qiyin, chunki tomirga kiritilgan moddalar buyrak orqali ajraladi va uni tezlashtirish oson emas. SHuning uchun noingalyasion narkoz uchun qo‘llaniladigan vositalar organizmda tez parchalanadigan yoki tez eliminatsiyalanadigan bo‘lishlari kerak, chunki faqat shu yo‘l bilan narkotik moddaning qondagi konsentratsiyasini va binobarin narkoz chuqurligini tez pasaytirish mumkin.

Noingalyasion narkoz vositalari ta’sir davomligiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadilar:

  • qisqa muddatli (15 daqiqagacha)-propanidid, ketamin.

  • o‘rtacha muddatli (20-50 daqiqa)-tiopental-Na, predion.

  • uzoq muddatli (60 daq.va undan uzoq)-oksibutirat natriy.

Propanidid Tomirga kiritilgach, narkoz tez (30-40 sek) rivojlanadi. Qo‘zg‘alish bosqichi bo‘lmaydi. Jarrohlik narkoz davri 3-5 min davom etadi. Xolinesteraza ta’sirida tez gidrolizlanadi. Narkozning jarrohlik davri tugagach 2-3 daqiqadan so‘ng bemorni es-xushi joyiga keladi, yana 20-30 daqiqadan keyin bemorning psixomator funksiyalari butunlay tiklanadi.
Qo‘llanilishi: kirish narkozi uchun, qisqa muddatli operatsiyalarda chiqqan va singan suyaklarni o‘z joyiga joylashtirishda, bronxografiya, katetr kirgizishda, choklar ipini olishda, biopsiya,bronxoskopiya va boshqalar.
Noxush ta’sirlari: narkoz boshlanishida mushaklarning tirishishi, qisqa muddatli apnoe giperventilyasiya, taxikardiya, qon bosimini pasayishi, xiqchoq tutishi, terlash, tomir yo‘lining qizarishi og‘rishi, tromblar hosil bo‘lishi.
Shoklarda, jigarning xastaliklarda, buyrak etishmovchiligida, yurak-tomir etishmovchiligida, qon bosimi ortgan xollarda qo‘llash mumkin emas.
Ketamin umumiy og‘riqsizlantirish va yuzaki uyqu chaqiradi, es-xushni chala yo‘qotadi, ya’ni haqiqiy chuqur narkoz rivojlanmaydi (dissotsiativ anesteziya,). Tomirga kiritilganda 30-60 sek keyin ta’siri boshlanib 5-10 daqiqa davom etadi. Mushak ichiga kiritilganda 2-6 daqiqadan keyin boshlanib 15-30 daqiqa davom etadi. Lekin og‘riqsizlantiruvchi ta’siri taxminan 2-3 soatgacha saqlanadi. Preparat ko‘proq somatik og‘riq sezuvchanlikni susaytiradi, visseral, ya’ni ichki a’zolarda keluvchi og‘riq impulslarini kuchsiz kamaytiradi. Skelet mushaklari bo‘shashmaydi. Reflekslar (tomoq, yo‘tal, halqum-yutish) saqlanadi. Qon bosimi oshadi, taxikariya, so‘lak ajralishi kuchayadi, ko‘zning ichki bosimi ortadi. Narkoz vaqtida ixtiyorsiz harakatlar, gipertonus, gallyusinatsiyalar bo‘ladi. Narkoz tugagach, ruhiy qo‘zg‘alish va harakatchanlik kuzatiladi, uzoq muddat qaerda ekanligini aniqlay olmaydi.
Qo‘llanilishi: kombinirlangan anesteziyada (kirish narkozi), bemorlarni evakuatsiya qilishda, endoskopik muolajalarda, qisqa muddatli jarrohlik muolajalarida oftalmologiya, stomatologiya, LOR, doyachilikda.
Miya-qon aylanishining buzilishi, gipertenziya, eklampsiya, qon aylanishining dekompensatsiya bosqichlarida, tutqanoq xastaligida qo‘llash mumkin emas. Barbituratlar bilan qo‘shilganda cho‘kmaga tushadi.
Tiopenal- natriy tomirga kiritilganda 1 daqiqadan keyin qo‘zg‘alish davri bo‘lmagan narkoz rivojlanadi va u 20-30 daqiqa davom etadi. Preparatning katta qismi yog‘ to‘qimasida to‘planib asta-sekin jigarda parchalanadi. Skelet mushaklarini yaxshi bo‘shashtiradi. Adashgan nervni qo‘zg‘atib, laringospazm chaqiradi, so‘lak va nafas bezlarining faoliyatini kuchaytiradi. Tomirga tez kiritilsa, kollaps va apnoe rivojlanadi, chunki preparat nafas va qon aylanish markazlariga salbiy ta’sir etadi. Narkozdan keyin, davomli uyqu chaqiradi.
Qo‘llanilishi: kirish narkozida, qisqa muddatli jarrohlik muolajalarida, tirishish va ruhiy qo‘zg‘alishlarni bartaraf etishda. Jigar va buyrakning organik xastaliklarida, diabet, bronxial astma va o‘tkir, tez o‘tuvchi porfiriyalarda qo‘llash mumkin emas.
Geksenal barbitur kislotasining hosilasi. Tomirga kiritilgach, qo‘zg‘alish davri bo‘lmagan, chuqur, tez rivojlanuvchi, jarrohlik davri 15-25 daqiqa davom etuvchi narkoz rivojlanadi. Jigarda tez parchalanadi. Tiopental natriyga o‘xshash, lekin unga nisbatan ko‘proq asoratlar chaqiradi (yurak faoliyatini susaytiradi, tirishish kuzatiladi, uyg‘onish davrida harakat keskin kuchayadi). Asosan kirish narkozida qo‘llaniladi.
Predion - (viadril)-kimyoviy tuzilishi steroid gormonlarga o‘xshasa ham, gormonal ta’siriga ega emas. Predionning narkotik ta’siri 3-5 daqiqadan so‘ng boshlanib, 30-40 daqiqa davom etadi. U skelet mushaklarini yaxshi bo‘shashtiradi. Nafas, yurak-tomir sistemasiga deyarli ta’sir etmaydi. Miorelaksantlar ta’sirini kuchaytiradi. Asosiy kamchiligi, bu tomirlarga ta’sir etib, og‘ritadi va flebitga olib keladi. Buni oldini olish uchun, kiritishning oxirida glyukoza yoki osh tuzi eritmalaridan 10-20 ml kiritiladi (venalar yuviladi). Odatda kattaroq venalarga kiritiladi. Teri ostiga kiritish mumkin emas. Barbituratlarni qo‘llash mumkin bo‘lmaganda, kirish narkozi uchun qo‘llaniladi. Predionni bazis narkozda ham qo‘llaniladi.
Natriy oksibutirat - Gamma-oksi moy kislotasining (GOMK) natriyli tuzi bo‘lib, o‘zining farmakologik xususiyatlari bo‘yicha MNSning tabiiy metaboliti (GAMK)-gamma amino moy kislotasiga o‘xshaydi. Natriy oksibutirat gematoensefalik to‘siqdan oson o‘tadi, tinchlantiruvchi va markaziy miorelaksantlik ta’sirga ega. Katta dozalarda uyqu va narkoz chaqiradi. Og‘riqsizlantirish ta’siri kuchsiz, lekin narkotik va analgetiklar ta’sirini kuchaytiradi. Antigipoksantlik xususiyati yaxshi rivojlangan. Narkotik faolligi etarli bo‘lmaganligidan katta dozalarda qo‘llaniladi. Bir daqiqada 1-2 ml. tezlikda venaga kiritilganda 5-7 daqiqadan keyin bemor uyquga ketadi, qo‘zg‘alish davri rivojlanmaydi. Jarrohlik bosqichi 30-40 daqiqadan keyin yuzaga keladi va 2-4 soat davom etadi. Narkoz uchun venaga, mushaklarga va og‘iz orqali kiritish mumkin. Preparatni bemorlar yaxshi qabul qiladilar, yurak qon tomir, nafas sistemasiga, jigar, buyrakga salbiy ta’sir etmaydi. Lekin tomirga tez kiritilsa harakat qo‘zg‘alishi, oyoq va qo‘llar hamda til mushaklarining ixtiyorsiz tortishishlari, nafas olish to‘xtab qolishi mumkin. Uyg‘onish bosqichida nutq va harakat qo‘zg‘alishi yuzaga chiqishi mumkin. MITdan yaxshi so‘riladi va ichilgandan keyin 40-60 min. so‘ng narkoz rivojlanadi va u 1,5-2,5 soat davom etadi. Zaharliligi past.
Qo‘llanilishi: kirish va bazis narkozda, tug‘ishni og‘riqsizlantirishda, bosh miyaning gipoksiyali shishida, shoklarda, uyqu chaqiruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.
Narkoz vositalarini qo‘shib, (hamjixat) qo‘llash mumkin. Bunda 2 va 3ta narkoz vositalarining birga yoki ketma-ketlik bilan qo‘llash mumkin. Bundan maqsad qo‘zg‘alish bosqichini rivojlantirmaslik, narkozni tez yuzaga chiqarish, narkotik moddalarni zaharli va nojuya ta’sirlarini kamaytirish, chunki ular kichik dozalarda ishlatiladi. Tiopental natriy+ftorotan+azod-oksid. Lekin narkozlarni boshqarish oson bo‘lgan preparat bilan o‘tkazishga ahamiyat beriladi.
Narkoz vositalarini boshqa farmakologiya guruh vositalari bilan qo‘llab ishlatish: tinchlantiruvchi, og‘riqsizlantiruvchi, atropinsimon, kuraresimon, ganglioblokator va boshqalarni har xil kombinatsiyalarda qo‘llash mumkin.

Ingalyasion narkoz vositalari

Efirnarkozuchun -

Yüklə 17,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   333




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə