Farmatsiya



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə7/8
tarix08.03.2018
ölçüsü0,51 Mb.
#30792
1   2   3   4   5   6   7   8

Tayanch iboralar.

Izatonik eritmalar – (grekcha isos – bir xil , tonus – bosim eritmalar deb osmotik bosimi qon plazmasining osmotik bosimiga teng bo’lgan eritmalarga aytiladi).

Vant – Goff qonuni formulasi m=0.29*M*V

i * 1000



Gipertonik va gipotonik eritmalar deb – gipertonik eritmalar osmotik bosma izotonik eritmalarnikidan oshiq , gipotonik eritmalarniki esa kam bo’ladi.

Natriy xlorid ekvivalenti – 1 gr. dori moddaga mos keladigan NaCl tuz miqdori.(DF-X jadvalidan foydalaniladi).

Vant –Goff – nemis olimi,noelektrolit moddalarning kuchsiz eritmalarini izotonlash uchun formula va tenglamalar ixtiro etgan.

Mavzu bo’yicha savollar.

1.Izotonik eritmalar deb nimaga aytiladi?

2.In`eksion eritmalar qanday izotonlanadi?

3.In`eksion eritmalarni nima uchun izotonlash kerak?

4.NaCl eritmasi deb nimaga aytiladi?

5.Glyukozani NaCl bo`yicha izotonlahg?

6.Vant-Goff formulasini yozib tushuntiring?

7.NaCl eritmasini Vant-Goff formulasi bo`yicha xisoblang?

8.Berilgan Rp.larni yozma tahlilini ko`rsating?

9.Fiziologik eritmalar deb nimaga aytiladi?

10.Bufer eritmalar deb nimaga aytiladi?

11.Karaxtlikka qarshi eritmalar?

12.Karaxtlikka qarshi eritmalar necha guruxga bo`linadi?

13.Izoionlik nima?

14.SOLIPK eritmasini tarkibi qanday?

15.Fiziologik eritmalar qanday tayyorlanadi?

16.Gipertoniklik nima?

17.Gipotoniklik nima?

18.Plazma o`rnini bosuvchi eritmalarga misol keltiring?

19.Qonni ivib qolmasligi uchun qanday modda qo`shiladi?

20.Fiziologik eritmalar qanday jihozlanadi?
Foydalanilgan Adabiyotlar.

1.M.Miralimov «Farmatsevtik texnologiya asoslari».

2.A.Myxammadiyeva «Dori turlari texnologiyasi».

3.M.Miralimov «Yig`indi preparatlar texnologiyasi».

4.Z.N.Nazirov «Dori turlari texnologiyasi».

5.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

6.Internet ma`lumotlari.

7.Farmatsiya jurnallari.
Axborot-resurs markazidan foydalanish uchun (kutubxonadan) adabiyotlar:

2.Z.N. Nazirov «Dori turlari texnologiyasi» 1976 yil «Meditsina» nashri

3.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

4.Internet ma`lumotlari.

5.Farmatsiya jurnallari.

6.S.M.Mahkamov,K.S.Mahmudjonova «Tayyor dori turlari texnologiyasi» 2010 yil «EXTREMUM PRESS» nashri

7.S.M.Mahkamov, M.U.Usubboyev, A.N.Nuriddiniva «Tayyor dorilar texnologiyasi». 1994 yil «Toshkent-Ibn Sino» nashri.

8. S.M.Mahkamov, K.S.Mahmudjonova «Tayyor dorilar texnologiyasi» 2007 yil «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashri.




Mavzu № - 8

Galen, novogalen preparatlari.

Reja:

1.Galen preparatlari haqida tushunchani;

2.Yangi galen preparatlarining ahamiyatini;

3.Ajratmalarni begona moddalardan tozalash usullarini;

4.Bahorgi Adonis o`simligi preparatlarini;

5.Marvaridgul o`simligining preparatlarini;

6.Alkoloidli preparatlarni;

7.Yakka holda ajratma olinadigan fitopreparatlarni;

Yot moddalardan tozalangan fotopreparatlar.Novogaleh preparatlari XIX asrning oxirida Germaniya va Fransiyada ishlab chiqarila boshlangan.O`sha vaqtlarda yurak-qon tomir kasalliklarini davolashda o`simliklardan ilingan dori turlarini ishlatish imkoniyatlari qidirila boshlandi.Lekin tindirma va ekstraktlar ta`sir etish tezligi bo`yicha talabga javob bera olmas edi.Shuning uchun ularrni in`eksiya dori holida ishlatish dolzarb masalaga aylanib qoldi.Respublikamizda yurak glikozidlarini saqlovchi preparat hisoblangan adonilen birinchi marta 1923-yilda ishlab chiqarilgan.Keyinchalik ishlab chiqarish texnologiyasi takomillasha borib,tarkibida boshqa guruh biologic faol moddalar saqlovchi dorivor o`simliklardan novogalen prepararlari ishlab chiqarila boshlandi.Ular dorivor o`simliklardan olingan bo`lib,o`z tarkibida ta`sir qiluvchi moddalar majmuasini tabiiy holda saqlaydi,u yot moddalardan to`la tozalangan,turg`unlashtirilgan,ta`sir qiluvchi moddasi bo`yicha baholanadi.Bu bilan ular tindirma va ekstraktlardan farq qiladi.

Novagalen preparatlari ta`sir kuchi bo`yicha kimyoviy toza moddalarga yaqin bo`lsada,terapevtik ta`sir qilish ko`lami ancha kengligi hamda ta`sir qiluvchi moddalar majmuasini saqlashi bilan galen preparatlariga yaqin turadi.Bu preparatlarni tayyorlash usuli o`ziga xos bo`lsada,asosan xom-ashyo va ajratuvchini tayyorlash,ajratma olish,yot moddalardan tozalash,baholash va qadoqlash bosqichlarinidan iborat bo`ladi.

Ajratma olishda avvalgi bo`limlarda bayon etilgan barcha usullardan foydalanish mumkin. O`simlik hom-oshyolari galen preparatlariga o`xshab tayyorlanadi.Novogalen preparatlarini tayyorlashda ajratuvchi tanlash asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ajratuvchilarni shunday tanlash asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi.Ajratuvchilarnishunday tanlashlozimki,ular selektiv xossaga ega bo`lib,xomoshyodan iloji borija ta`sir qiluvchi moddalar majmuasini to`la ajratadigan,begona moddalarni esa ajratmaydigan yoki kam miqdorda ajratadigan bo`lishi lozim.Ular yaxshi adsorbent va desorbent,yuqori diffuziya xossali,oson bug`lanadigan,arzon,alangalanmaydigan va portlamaydigan bo`lishi lozim.

Ajratuvchi sifatida quvvati har xil bo`lgan spirt,og`ir metal tuzlari eritmasi,universal ajratuvchi (hajmi bo`yicha 95 qism xloroform va 5 qism 95 % li spirt aralashmasi) ishlatiladi.Og`ir metal tuzlari eritmasini oishdan maqsad xomoshyo hujayralaridagi biofaol moddalarning esa og`ir metallar bilan cho`kma hosil qilib,hujayrada qolishidir.Ajratma asosan matseratsiya,aylanma (sirkulatsion) matseratsiya,kasrli matseratsiya va ba`zan ultratovush yordamida olinadi.



Olingan ajratmalarni begona moddalardan tozalash. Bu eng asosiy bosqich bo`lib,olinadigan preparatlarning sifati va turg`unligi ko`pincha ularning tozalik darajasiga bog`liq bo`ladi.Odatda,bitta preparat olish ucnun bir nechta tozalash usullari ketma-ket qo`llanilishi mumkin.Hozirgi kunda ta`sir qiluvchi yoki begona moddalarni tanlab cho`ktirish,xromotografik va o`zaro aralashmaydigan ikkita suuqlik yordamida tozalash usullari mavjud.Ta`sir qiluvchi yoki begona moddalarni tanlab cho`ktirish turli usullar yordamida amalgam oshiriladi.

Denaturatsiya. Ko`pchilik o`simlik xomoshyolaridan olingan ajratmalar tarkibida begona oqsil bo`ladi. Bu murakkab organic birikmalar turli tashqi omillarga (qizdirish,UB nurlanish,ultratovush va h.k.) juda sezgir bo`ladi. Bu omillar ta`sirida oqsillar o`z xossasini o`zgartiradi va chokmaga tushadi. Bunga oqsillar denaturatsiyasi deyiladi. Bu qaytmas jarayon bo`lib,undan ajratmani tozalashda foydalaniladi.Agar ajratma qaynatilsa,u denaturatsiyaga uchrab,chokmaga tushadi va u suzib tozalanadi.

Tuzlash. Ajratmaga ko`p miqdorda kuchli to`yingan elektrolitlar qo`shilsa,yuqori molekulali tabiiy birikmalar (oqsilar,yelimlar,shilimshiq moddalar,pektinlar)chokmaga tushadi.Bunga kuchli elektrolit ionlarining biopolymer atrofidagi suvni o`ziga tortib olishi va zaryadsizlanib qolgan milekulalarning bir-biri bilan yopishib cho`kmaga tushishi sabab bo`ladi. Kation va anionlarning gidratatsiyalanish xususiyatiga qarab tuzlar turli “tuzlanish” xususiyatlariga ega bo`ladi.”Tuzlanish” asosan anoionlarga bog`liq,eng kuchli anion litiy sulfat hisoblanadi.Ammo arzon bo`lganligi uchun kopincha natriy xlorid ishlatiladi.

Spirt yordamida tozalash. Bunday tozalash mexanizmi tuzlash bilan bir xil. Spirt yordamida tozalash usulidan galen preparatlari olishda keng foydalaniladi.

Dializ va elektrodializ.Dializ va elektrodializ hodisasidan ba`zan ajratmalarni tozalashda foydalaniladi.Dializda biopolimerlar molekulasining o`lchovi katta bol`ganligi sababli,yarim o`tkazubchan pardadan o`ta olmaydi,shu bilan birga molekula o`lchivi kichik bol`gan biofaol moddalar ular orqali oson o`tadi.Dializ uchun jelatina,sellofan,kollodiy va nitrosellulozalardan tayyorlangan pardalar iaslatiladi. Odatda,dializ jarayoni juda sekin sodir bo`ladi.Haroratning ko`rsatilishi, dializ ketadigan yuzaning kattalashishi va elektr toki ta`sir qilishi bilan bu jarayon tezlashadi. Elektr toki ta`sirida ionlarga parchalanadigan moddalarning yarim o`tkazuvchan parda orqali o`tishiga-elektrodializ deyiladi. Elektrodializning oddiy qurilmasi yarim o`tkazuvchan pardalar orqali uch qismga bo`linadi.Ortadagi obzonga tozalanadigan ajratma quyiladi. Bunda kationlar yarim o`tkazuvchi parda orqali anodga, anionlar esa katodga b orib yig`iladi. O`rtadagi obzonda yarim o`tkazuvchi parda orqali o`tolmagan moddalar yig`iladi.



Qarama-qarshi qutbli erituvchilar yordamida tozalash. Bunda qutbsiz ajratuvchidan olingan ajratmaga qutbli eruvchi suv qo`shilsa,ta`sir etuvchi modda suvli qatlamga o`tadi,begona moddalar esa qutbsiz qatlamda qoladi.Masalan: adonizid olishda xloroformli ajratmaga suv qoshib, xloroform bug`latiladi,bunda ta`sir qiluvchi modda suvga o`tadi,begona moddalar esa qutbsiz xloroformda qolib,chokmaga tushadi,suzish yo`li bilan tazalanadi.

Xromotografik usul-sorbsiya. Gaz,big` va erigan moddalarning qattiq yoki suyuq moddalarga yutilishi sorbsiya deyiladi.Sorbsiya adsorbsiya,absorbsiya va xemosorbsiyalarga bo`linadi.

Adsorbsiya-moddalarning sorbent yuzasiga yutilishi.Sorbentlarda juda ko`p miqdorda g`ovakchalar bo`lganligi uchun yuzasi katta bo`ladi.Masalan: 1gr.faollashtirilgan ko`mir 600-1000 metr kvadrat (m2) yuzani tashkil qiladi, ajratmalardan faqat ma`lum moddalarnigina shimib olish xususiyatiga ega.

Absorsiya- moddalarning qattiq yoki suyuq jismga butunlay yutulishiga aytiladi. Masalan: efir moylarini olishda absorbsiyadan foydalaniladi.Oziq-ovqat va dori moddalarning tanada so`rilishi ham absorbsiya orqali amalgam oshadi.

Xemosorbsiya- moddalarning kimyoviy birikma hosil qilib yutilishi.Xemosorbsiyaga ion almashinishlar kiradi.Novogalen preparatlarni ishlab chiqarishda ko`proq adsorbsiya usuli ishlatiladi.

Adsorbsiyada ishlatiladigan asboblar-adsorberlar deyilib, ular uzlukli va uzluksiz ishlaydi. Uzlukli ishlaydigan adsorberlar balandligi 6-10 m,diametric 0,6-1,2 m bo`lgan kolonkadan iborat bo`lib,tagida panjarasi bo`ladi. Ishlatishdan oldin panjara ustiga qalin mato yopiladi,kolonka adsorbent bilan to`ldiriladi va yuqoridan ma`lum tezlikda tozalanadigan ajratma yuboriladi.

Perforatsiya qurilmasi.Bu asbob gravitatsiya qoidasi bo`yicha ishlaydigan asbobblar turkumiga mansub bo`lib,suyuqlikning chiqib ketishini ta`minlaydigan pastki va yon naychalari bo`lgan 4-5 ta ekstraktordan tashkil topgan,har bir ekstraktorga uchi keng naychalar joylashtirilgan. Ekstraktor og`ir suyuqlik (xloroform) bilan to`ldiriladi.Odatda qurilma 4-5 ta perforatorli batareyadan tashkil topadi. Yuqoridagi idishdan tozalanadigan yengil ajratma naychalar orqali yuborilganda naychaning elaksimon kengaygan uchidan mayda tomchilar holida yuqoriga ko`tarilish jarayonida o`gir suyuqlik qatlamida ta`sir qiluvchi yoki begona moddalar yig`iladi va yon teshikdan ikkinchi idishga o`tadi. Bu jarayon hamma perforatorlarda takrorlanadi.Oxirgi ekstraktorning yon teshigidan tozalangan ajratma yoki yon moddalar quyib olinadi.



Bahorgi Adonis o`simligidan olinadigan preparatlar.Adonizid-(Adonisidum).-Adonizid adonilenga nisbatan yot moddalardan to`laroq tozalangan bo`lib,F.D.Zilberg tomonidan taklif etilgan.Ajratma bahorgi adonisning yer ustki qismidan Soklet asbobida universal ajratuvchi (95 qism xloroform va 5 qism 95 % li etil spiriti) yordamida olinadi. Ajratma boshlang`ich hajmiga nisbatan 15 % qolganda spirt va xloroform o`chiriladi.So`ng xomashyo miqdoriga teng suv qoshilib, ajratuvchining qolgan qismi ham haydaladi. Bunda ta`sir etuvchi modda suvga o`tadi.Suyuqlik filtr qog`oziga 1,5 sm qalinlikda joylashtirilgan alumin oksid orqali suziladi.

Adonizid tarkibida yurak glikozidlari, eng asosiysi adonitoksin bo`lib, u ramnoza va adonitoksigeninlarga parchalanadi. Adonizid tarkibida simarin va K-strofantin bo`ladi. Preparat biologic usulida baholanadi va bir millilitrda 23-27 BTB (2,7-3,5 MTB) bo`lguncha suv qoshiladi. Suyuqlikka 20 % spirt, 0,5% xlor etan qoshib, ampulalarda 1 ml dan chiqariladi. Ehtiyotlik bilan B ro`yxatida saqlanadi. Kardiotonik vosita sifatida ishlatiladi.



Angishvonagul preparatlari. Andishvonaguldan diginorm,kordigit,digalen-neo,satiturani,lantozid,dilanzid,digitsillin,digitoksinlar olinadi.

Marvaridgul o`simligi preparati. Korglikon-(Corglyconum) -Marvaridgul (Convalaria majalis) ning yer ustki qismidan olinadi.Faolligi 120 BTB dank am bo`lmagan marvaridgul yer ustki qismini 80 % li spirtda 4 ta ekstraktor batareyasi yordamida qarshi oqimda ajratib olinadi. Birinchi ekstraktorga 45 kg xomashyo,3,0 kg kalsiy karbonat, 0,3 kg kalsiy oksid,258 I 80 % li spirt solib 8-10 soatda qoldiriladi.Songra ajratma 2-perkolatorga o`tkaziladi,1-perkolatorga esa toza ajratuvchi solinadi.Shu tarzda hamma perkolatorlar to1ldirilgach kerakli vaqtda ivitish uchun qoldiriladi va oxirgi perkolatordan soatiga 20 I tezlikda ajratma quyib olinadi. Olingan ajratmadan vakuum ostida 50-60 C da etil spirit to`la haydaladi.Qoldiqqa 10 gr.alumin-kaliyli achchiq toshni 50 ml suvda eritib solinadi va 3-5 soatda qoldiriladi. Tindirilgan eritma dokada suzib,smoladan tozalanadi.Dokada qolgan smoladagi glikozidlar natriy xlorid eritmasi (0,3 kg:20 I suv) da yuvib olinib umumiy eritmaga qo`shiladi.Hosil bo`lgan glikozidning suvli eritmasi nutich filtri orqali filtrlanib uzunligi 4-5 sm,diametric 30 sm li adsorbsion kolonkaga 18 kg aluminiy oksidi solingan kolonka orqali o`tkaziladi.Kolonka 40 I tuzsizlantirilgan suv bilan yuviladi. Bundaglikozidlarning suvli eritmasi to`la oshlovchi moddalardan tozalanadi.Kolonkadan o`tgan eritmaning pH=6,0-7,0 bo`lishi kerak,agar 6,0 dan kichik bo`lsa,eritma natriy gidrokarbonat bilan neytrallanib me`yoriga yetkaziladi.Suvdagi glikozid eritmasiga xloroform bilan ishlov berilib organic erituvchi qavatga o`tkaziladi,ishlov berish suvli eritma rangsizlanduncha davom ettiriladi,so`ngra xloroform-etanol (3:1) aralashmasi bilan ishlov beriladi va glikozidlar to`la ajralib chiqishi uchun ammoniy sulfat qo`shiladi.

Xloroform-etonolli ajtatma quritilgan natriy sulfat bilan suvsizlantiriladi va 70-80 C da erituvchilar o`chiriladi.Qoldiq 6 I ni tashkil qilib,unga 0,5 kg quritilgan natriy sulfat va 0,1 kg faollashgan ko`mir solib 2 soatga qoldiriladi,qog`oz orqali filtrlanadi va quritiladi.Korglikon ampulada I ml dan 0,06 % li eritma holida chiqariladi.Konversant sifatida 0,4 % li xloretan qo`shib,ultrafiltr orqali filtrlanadi.Kardiotonik vosita.



Alkoloidli preparatlar.Ergotal (Ergotalum).-Shoxkuya alkaloidlarining fosfatli tuzlari yig`indisidir.Tabletkada 0.001 g dan,ampulalarda 1 ml dan 0.05 % li eritmasi chiqariladi.Ginekologiya amaliyotida ishlatiladi.

Raunatin (Raunatinum Benth). Ilonsimon rauvolfiya (Rauvolfia serpentina)



Tayanch iboralar:

Xromotografik usul-sorbsiya. Gaz,big` va erigan moddalarning qattiq yoki suyuq moddalarga yutilishi sorbsiya deyiladi.Sorbsiya adsorbsiya,absorbsiya va xemosorbsiyalarga bo`linadi.

Adsorbsiya-moddalarning sorbent yuzasiga yutilishi.Sorbentlarda juda ko`p miqdorda g`ovakchalar bo`lganligi uchun yuzasi katta bo`ladi.Masalan: 1gr.faollashtirilgan ko`mir 600-1000 metr kvadrat (m2) yuzani tashkil qiladi, ajratmalardan faqat ma`lum moddalarnigina shimib olish xususiyatiga ega.

Absorsiya- moddalarning qattiq yoki suyuq jismga butunlay yutulishiga aytiladi. Masalan: efir moylarini olishda absorbsiyadan foydalaniladi.Oziq-ovqat va dori moddalarning tanada so`rilishi ham absorbsiya orqali amalgam oshadi.

Xemosorbsiya- moddalarning kimyoviy birikma hosil qilib yutilishi.Xemosorbsiyaga ion almashinishlar kiradi.Novogalen preparatlarni ishlab chiqarishda ko`proq adsorbsiya usuli ishlatiladi.

Mavzu yuzasidan savollar:

1. Yot moddalardan tozalangan fitopreparatlar?

2.Olingan moddalarni begona moddalardan tozalash?

3.Denaturatsiya nima?

4.Tuzlash qanday olib boriladi?

5.Spirt yordamida tozalash?

6.Dializ va elektrodializ usularidan nimada foydalaniladi?

7.Qarama-qarshi qutbli erituvchilar yordimida tozalash?

8.Xromatografik usul-sorbsiya nima?

9.Adsorbsiya nima?

10.Absorbsiya nima?

11.Xemosorbsiya nima?

12.Absorbsiyada ishlatiladigan asboblar?

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.M.Miralimov “Farmasevtik texnologiya asoslari”

2.A.Myxammadiyeva “Dori turlari texnologiyas-156-177 betlar.

3.M.Miralimov “Yig`indi preparatlar texnologiyasi-304-334 betlar.

4.Z. Nazirov “Dori turlari texnologiyasi-170-181 betlar.

5.Daviat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

6.S.M.Mahkamov,K.S.Mahmudjonova “Tayyor dori turlari tex-si”-130-150 betlar.

Axborot-resurs markazidan foydalanish uchun (kutubxonadan) adabiyotlar:

2.Z.N. Nazirov «Dori turlari texnologiyasi» 1976 yil «Meditsina» nashri

3.Davlat Farmakopeyasi IX-X-XI nashrlari.

4.Internet ma`lumotlari.

5.Farmatsiya jurnallari.

6.S.M.Mahkamov,K.S.Mahmudjonova «Tayyor dori turlari texnologiyasi» 2010 yil «EXTREMUM PRESS» nashri

7.S.M.Mahkamov, M.U.Usubboyev, A.N.Nuriddiniva «Tayyor dorilar texnologiyasi». 1994 yil «Toshkent-Ibn Sino» nashri.

8. S.M.Mahkamov, K.S.Mahmudjonova «Tayyor dorilar texnologiyasi» 2007 yil «O`zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashri.



Mavzu № - 9

Yumshoq dori vositalari.

Reja:

1.Surtmalar ta`rifini;

2.Surtmali asoslarni,ularga qo`yilgan talablarni va sinflarga bo`linishini;

3.Surtmalarning xususiy tayyorlash texnologiyasini;

4.Pastalar tasnifini;

5.Pastalar tarkibiga kiradigan asoslarni;

6.Pastalarnining xususiy texnologiyasi;

Surtma – Maz – Unguentum – offisinal dori turi bo’lib bir yoki bir necha dori moddalarni asos bilan aralashtirib tayyorlanadigan, sirtga ishlatiladigan, qizitishganda yoki surtishganda yumshoq holga o’tadigan – yumshoq dori turidir.

Surtma dorilar qadimgi dori turi bo’lib – Ungere- surtmoq degan so’zdan olinib, xozir dorihona resepturasining 10% tashkil qiladi. Teri kasaligi, ko’z va jarrohlik amalyotida keng qo’llaniladi. Eramizdan 3000 yil ilgari meditsina hujjatlarida ko’rsatib o’tilgan. Galen, Gippokrat, Abu Ali Ibn Sino tomonidan keng ishlatib kelingan. Surtmalar turli xil konsentrasiyalarda bo’lishi mumkun.

Ular qo’llanishiga ko’ra quydagilarga bo’linadi.


  1. Dorivor ta’sirga ega surtmalar.

  2. Tashqi muhit ta’siridan himoya qiluvchi surtmalar.

  3. Yaraga ta’sir etuvchi surtmalar.

  4. Kuyganda ishlatiladigan surtmalar.

  5. Terini to’ldiruvchi surtmalar.

  6. Soch epilepsiyasini yo’qotuvchi surtmalar.

  7. Inseksid surtmalar.

8.Dermatologik surtmalar.

9.Ko’z surtmalari

10.Burun surtmalari.

11.Rektal surtmalar.

12.Vaginal surtmalar

13.Uretral surtmalar



Ularga retsept yozish quydagicha:

  1. Qisqartirilgan usuli

Rp.: Ung. Acidi Borici 5%-10,0

D.S. sirtdan

#

2.Kengaytirilgan usuli



Rp: Acidi borici 0,5 5------------100

Vasileini ad 10,0 x-------------10 x=0,5g

M. f. unguentum

S. sirtdan

#

Surtmalar tarkibidagi asos qismiga va disper sistema (faza, muhit) bo’yicha 2 guruhga bo’linadi:


1.Surtmalar asos tipi bo’yicha quydagilarga bo’linadi:

  • Gidrofob asosli surtmalar

  • Gidrofil asosli surtmalar

  • Emilsion asosli surtmalar (s/m, m/s)

2.Dispers sistema bo’yicha quydagilarga bo’linadi:

a) Gamogen surtmalar



  • Qotishma tipidagi surtmalar

  • Eritma tipidagi surtmalar

  • Ekstraksion surtmalar

b) Geterogen surtmalar

1.suspension surtmalar



2.Emulsion surtmalar

  • Suv-yog’ tipidagi surtmalar

  • Yog’ suv tipidagi emulsion surtmalar

3.Aralash tipdagi surtmalar.

Gomogen surtmalar guruhiga o`zaro eruvchan dorilarni asosda eritish bilan hosil bo`lgan yogli ,surtma asosida erigan dorilardan hosil bo`lgan surtmalar va dorilarni surtma asoslari tarkibiga eksttraksion yo`li bilan kiritilgan surtma turlari kiradi. Surtmalarning bu guruxchasi dirilar va surtma asoslari o`rtasidagi oraliq fazasining yo`qligi bilan xarakterlanadi. Biroq bunday surtmalarni to`liq gomogen sistemasi deb qarash xota bo`ladi, chunki surtma asoslarning o`zi turli mikro va ultramikrokristallik qo`shimchalardan iborat bo`lishi mumkin. Surtma suspenziyalar tarkibiga esa suv va yog`da erimaydigan dori moddalar kiradi. Rezorsin,piragallol, rux sulfat, simob dixlorid, signet tuzlari ham suspenziya yo`llari bilan kiritiladi, bu moddalar suvda eriydi ammo suvda eritib kiritilsa, teriga zararli ta`sir ko`rsatadi. Yana shunday moddalar suspenziya yo`li bilan kiritiladiki, ularning erishi uchun ko`p miqdorlarda suv talab qiladi. Bularga natriy tetroborat, bor kislotasi kiradi.Suspenzion surtmalar tarkibida bitta va undan ortiq dori moddalar bo`lishi mumkin, lekin ularning har biri o`z oraliq faza chegarasiga egadir. Xyddi mana shu xususiyatga asoslangan holda suspension surtmalar bir, ikki va ko`p fazali sistemalarga bo`linadi.

Emulsion surtmalar tarkibiga suv, spirt, gliserin va ular aralashmasida eruvchi dori moddalar kiritiladi.Bunday eritmalar moyli asos bilan aralashmasligi sababli hosil bo`lgan surtmalar emulsiya tipidagi surtmalar bo`lib, undagi dispers myhit moyli asos hisoblanadi.

Ko`pchilik emulsion surtmalar tarkibiga emulgatorlar kiritilganligi sababli, ular etarli darajada yuqori dispers va turgun bo`ladi. Lekin shunday surtmalar ham borki, ular dispers muxitning yuqori qovushqoqligi sababli turgundir. Bunday surtmalarda dispers faza yirik tomchilardan iborat bo`ladi. Aralash surtma dorilar har xil dispers sistemalardan tashkil topgan bo`ladi.

Surtmalarning organizmlarga ta`siri, shimilishi vakonsistensiyasi ularni tayyorlash uchun ishlatiladigan asoslarning xususiyatlariga bog`liq.

Asoslar fizik-kimyoviy xossalariga ko`ra turlicha bo`lib, ularga quyidagi talablar qo`yilgan:

1.Asoslar rangsiz,xidsiz bo`lishi kerak.

2.Saqlash vaqtida buzilmasligi kerak.

3.Surtmalar tarkibiga kiradigan moddalar bilan yaxshi aralashishi va ular bilan reaksiyaga kirishmasmasligi kerak.

4.Teriga tez va yaxshi surtiladigan bo`lishi kerak.

5.Organizmga indifferent (zararsiz) bo`lishi kerak.

6.Yoruglik va havo ta`sirida o`zgarmasligi kerak.

7.Ko`zlangan maqsadga muvofiq bo`lishi (ya`ni teri ostiga shimilishi yoki shimilmasdan faqat qoplovchi vazifasini o`tashi) kerak.

8.Suv va sovun bilan oson yuvilishi kerak.

9.Arzon va oson olinadigan bo`lishi kerak.

Ammo bu talablarga to`liq javob beradigan asos hozircha yo`q.

Agar reseptda qanday asos ishlatilishi ko`rsatilmagan bo`lsa X-DF ga asosan vazelin olinadi.Asoslar xususiyatiga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:

1.Gidrofob asoslar.

2.Gidrofil asoslar.

3.Emulsiya tipidagi asoslar.

Yog` va yog`simon asoslar.Yuqori malekulali yog` kislotalarining uch atomli spirt-gliserin bilan hosil qilgan murakkab efiri yog` deb ataladi.Boshqacha aytganda yog`lar gliseridlardir.

Yog`li asoslar hayvon va o`simlik yog`lariga bo`linadi.

Hayvon yog`lari odatdagi temperaturada qattiq bo`ladi, o`simlik moylari suyuq bo`ladi(kakao moyi bundan mustasno).

Cho`chqa yog`i-Adeps suillus depuratus seu Axungia porcina depurate- cho`chqaning ichki organlaridagi yog`ini eritib olinadi.O`ziga xos hidi bor,teriga yaxshi surtiladi.

Mol yog`i-Sebum bovinum-qoramolning ichki organlaridagi yog`ni eritib olinadi.Xidi yoq, 42-50 C da eriydi. Sifati bo`yicha cho`chqa yog`idan keyin turadi.Asosan surtmani qattig qilish maqsadida ishlatiladi.

Gidrogenizasiyalangan yog`lar-Adeps hydrogenata-suyuq o`simlik moyini vodorod bilan

to`yintirib olinadi,xayvon yog`iga nisbatan teriga kam shimiladi, lekin ularga nisbatan turgun.

Lanolin-Lanolinum-tozalangan moysimon modda bo`lib,qo`ylar junini yuvilgan suvidan olinadi.Toza lanolin to`q-sariq rangli,o`ziga xos xidi bor, 38-42 C da eriydi.Spirtda yomon,aseton,benzin,efir,benzolda yaxshi eriydi.

Suvda erimaydi,ammo suv bilan aralashtirganda o`ziga nisbatan 1,5 baravar ko`p suvni shimib oladi,lekin xolatini o`zgartirmaydi. Lanolin surtmalarga asos sifatida cho`chqa moyidan keyin 2-chi o`rinda turadi. X-DF da lanolin uchun ikki modda keltirilgan:

1.Suvsiz lanolin- Lanolinum anhydricum

2.Suvli lanolin - Lanolinum hydricum

Suvli lanolin tarkibida 30-32 % suv bor, buni tayyorlash uchun 7 qism suvsiz lo- nolinga 3 qism suvni oz-ozdan qo`shib aralashtiriladi. Agar reseptda qanday lona- lin olish kerakligi ko`rsatilmagan bo`lsa, har doim suvli lanolan olinadi.

Vazelin-Vaselinum- suyuq va qattiq uglevodorodlarning tozalangan aralashmasi bo`lib neftdan olinadi.Oq-sariq,xidsiz,cho`ziluvchan massa.Suvda erimaydi, efir, benzin,xloroformda qisman eriydi.Moy va efir moylari bilan istalgan miqdorda aralashadi.Qizdirilganda tiniq suyuqlik hosil qilib,kuchsiz paraffin yoki neft hidini beradi.Ishqorlar bilan sovunlanmaydi,oksidlanmaydi va buzilmaydi.

Spermaset- Setaceum, Spermaceti- moyga o`xshash,oq mumsimon modda bo`lib tishli kitlar gruppasiga mansub kashalotlarning bosh va umurtqa suyaklari bo`shlig`idagi suyuqroq moydan ajratib olinadi. Hidsiz yoki o`ziga xos kuchsiz hidi bor. Qog`ozda xech qanday dog` qoldirmaydi. 45-54 Cda eriydi Havoda asta sekin o`zgarib,sariq tus oladi.Suvda, spirtda erimaydi. Efir,xloroform va isitilgan 95 % spirtda eriydi.

Sariq mum-Sera flava-asalarilarning asalidan tozalangan va eritib olingan mahsuloti bo`lib,sariq,ushlatganda,eritganda asal hidini beruvchi mazasiz qattiq modda. Suv va spirtda erimaydi.Efir,benzin,xloroform va efir moylarida qisman,qaynoq spirtda eriydi. 63-65 Cda erib moysimon,sariq-qizg`ish suyuqlikka aylanadi.Barmoqlar bilar bilan ezlg`anda plastmassaga aylanadi.Farmatsiyada mumning ikkinchi xili-oq mum-Cera alba- ham ishlatiladi.

Uglevod asoslari. Bu guruh moddalarga quyidagilar kiradi; vazelin, petrolatum, serizin, vazelin moyi, suniy vazelin va naftalan nefti. Vazelin (Vaselinum). Uglevod atjmlar soni 7-35bo’lgan, suyuq yarmi suyuq va qattiq uglevodlar aralashmasidan iborat.20-25% mikrokristalli izoparafinlar, siklik parafinlar va alfatik birikmalardan,100% parafinlardan tashkil topgan. Vazelinning qattiq tarkibiy elementlari chigallashib uch o’lchamlai to’r xosil qiladi.Bu to’r uglevodorodlarning suyuq fraksiyasini ushlab turadi. Vazelin tashqi ko’rinishi gelga o’xshash xidsiz, oq (Vaselinum album) yoki sariq (vaselinum flavum) rangli massa 37-50C da suyuqlanadi. Oyna plstinkasiga surtilganda tekis, oqmeydigan va chatnamaydigan plenka xosil qiladi. Oq va sariq vazelin davolash va framasevtika nuqtai nazarida bir xil qimmatga ega. Oq vazelin bo’yovchi moddalardan ko’proq tozalangan. Vazelin suvda erimaydi. Spirtda kam eriydi, efir va xloroformda eriydi va har qanday nisbatlarda yog’ (kanakunjut moyidan tashqari), moy va mumlar bilan aralashadi. Vazelin qanday neftdanolinganiga qarab har xil suyuqlanish haroratiga ega va struktura -reologik xossasi bo’yicha farq qiladi. Suritma asos sifatida iloji boricha suyuqlanish harorati past bo’lgan vazelin ishlatgan ma’qul. Vazelin ko’zga ishlatadigan surtmalar tayyorlashda keng qo’llaniladi. Agar dorixatda asps nomi ko’rsatilmagan bo’lsa, vazelin ishlatiladi. Oddiy vazelinda tashqari o’ta suyuq suritmalarga qattiqlik berish uchun vazelinning boshqa turi bo’lgan petrolatum ishlatiladi. U qattiq qon sistensiyaga ega Suyuqlanish xarorati 60 C dan yuqori.

Serezin. (Ceresnum) rafinirlangan ozokerit bo’lib, amorf rangsiz sinuvchan massa. 68-72C da suyuqlanadi. Yuqori molekulyar uglevodorodlar yoki bi-va trisiklik naftenlardan tashkil topgan. Surtma asoslarga parafindan ko’ra yaxshiroq qattiqlik beradi. Kristallanmaydigan qotishma xosil qiladi. Ba’zan surtma asoslari tarkibiga smolasizlantirilagn ozokerit kiradi. U mumga o’xshash sarg’ish ranga ega. Buni muzlatish yo’li bilan ajratib olish mumkin. Bu aralashma tozalangandan so’ng serezinga o’xshash xossaga ega bo’ladi.

Qattiq parafin. (Paraffinum solidum). Ushlab ko’rganda moysimon ,oq kristalli massa, yuqori molekulyar to’yingan uglevodorodlardan tashkil topgan, 50-57C da suyuqlanadi. Suv va spirtda erimaydi. Efir, xloroform, yog’ va efir moylarida oson eriydi. Asoslarning konsistenziyasi va erish xaroratini oshirish

uchun qo’shimcha sifatida ishlatiladi. Issiq mamlakatlarda suzadigan kema va flot dorixonalarda , subtropik dorixonalarda yilning issiq paytida oddiy asosga 10% parafin yoki mum qo’shiladi. Vazelin moyi yoki suyuq parafin(Oleum vaselinum). Neftni qayta ishlaganda kerosin haydab olgandan so’ng qoladigan fraksiya. Bu moysimon,rangsiz suyuqlik bo’lib xidsiz va surtmasiz, suvda erimaydi. Efir, xloroform, o’simlik moylari bilan har qanday nisbatlarda aralashadi. Surtma tayyorlashda erimaydigan dori moddalarni suspendirlashda ishlatiladi.

Suniy vazelin(Vaselin artificiale) - qattiq va suyuq paraffin, serezin yoki smolasizlantirilgan ozokerit va petrolatumdan tayyorlanadigan murrakkab qotishma. Oddiy qotishma esa 1qism parafin va 4 qism vazelin moyidan iborat. Bu qotishma saqlanganda qotishmalar chidamli bo’ladi.

Naftalan nefti (Naptha Naphthalani). Naftalan Ozarbajonda qazib oplinadi. Avvallari naftalandan neft bilan to’ldirikilgan chuqurlarda bemorlar davolanganlar.xozir alihida neftli vannaga ega bo’lgan sanatoriya bor. Naftalan nefti quyuq sharbatga o’xshash o’iga xos xidli, zangori floressensiyaga ega bo’lgan qora rangli suyuqlik. Suv bilan aralashmaydi.Spirtda kam eriydi. Moy, yog’ va glitserin bilan har qanday nisbatda aralashadi. Naftalan nefti dezinfiksiyalovchi va og’riq qoldiruvchi ta’sirga ega .I va II darajali kuyishni davolashda foyda qiladi. Surtma asosi bo’lishi uchun unga parafin yoki vazelin qo’shilishi kerak.

Suspenziya tipidagi surtmalar tarkibiga kiriadigan ta’sir etuvchi moddalar suv va asoslarda erimasligi yoki juda yomon eriganligi sababli, bu preparatlar xovonchada yahshilab ezib tayyorlanadi. Shuning uchun suspenziya tipidagi surtmalar tritutat surtmalar (lotincha –trituratio- ezish demakdir) deb ham ataladi. Bularni tayyorlashda oldin qattiq moddalarni xovonchada ozgina suyyuqlik (o’zimlik yoki vazilin moyi) bilan yaxshilab ezib, oz-ozdan asos qo’shiladi.

Bu guruppadagi surtmalarga oq, sariq, kul rang simob surtmalari, rux oksid, streptosid, kseroforom hamda oddiy oltingugurt surtmalarini kiritish mumkun. Ularning tarkibi va tayyorlanishi DF da batafsil bayon qilingan. Masalan:

Rp.: Unguenti Hydrargyri praecipitati

аlbi 5%-30,0

D.S. surtma

#

Retsepdagi surtma tayyorlash uchun 1,5 simob amidoxloridni eritilgan ozgina vazilin bilan xavonchada ezib, ustiga qolgan vazilinni oz-ozdan qo’shib aralashtiriladi.



Rp.: Hydrargyri oxudi flavi 1.5

Sulfuris praecipitati 3,0

Vaselini 30,0

M.f. unguentum

D.S. Surtma

#

Bu mazni tayyorlash uchun sariq simob (II)-oksidni eritilgan ozgina vazelin bilan hovonchada yahshilab ezib, ustiga oltingugurt qo’shiladi va bir hil massa vujudga kelguncha yana eziladi. Keyin qolgan vazilini oz-ozdan qo’shib aralashtiriladi.



SUSPENZIYA HOLIDAGI( TRITUATSION) SURTMALAR. Bu guruh surtmalari dori moddasini surtma asosida bir hilda ezish yo’li bilan tayyorlanadi. Shuning uchun boshqacha nomi trityratsion surtma (lot. Truturatio_ ezib ishqalash)ni bildiradi. Suspenziya surtmalarda qattiq faza disperslik darajasi qancha yuqori bo’lsa ,yani dori moddasining yuzasi qancha katta bo’lsa, davolsh samarasi shuncha ortadi. Dorixona sharotida suspenziya surtmani tekshirish opganoleptik usulda olib boriladi. Suritmabi kift orasida ishqalaganimizda yirik bo’lakchalar bo’lmasliga kerak. Agar surtma tarkibidagi dori bo’lakchalari 50mkm gacha kattalikda bo’lsa ,unda surtmani teriga surtgan vaqtimizda terini qitiklaydi,ba’zi hollarda terini jarohatlashi ham mumkin . bunday surtmalarni yallig’langan va shilliq qavatlarga surtish yaramaydi.

Xuddi ichiladigan suspenziyalarni tayyor laganimizdek qattiq fazani ezib maydalash suyuqlik ishtirokida olib borilishi kerak, shunda qattiq faza maydalanadigan bo’linb qoladi. Bunday vaqtda biz suyuqlikni tanlay bilishimiz kerak .Qovushqoq suyuqliklar bu maqsad uchun yaroqsizdir. Qattiq fazfani disperlashda kam miqdorda o’simlik yokimineral moyidan yoki suyultirilgan asosdan foydalanishimiz kerek bo’ladi. Kerakli variantni tanlsh qattiq fazaning miqdoriga bog’liq bo’ladi. Agar dori modda surtma tarkibigakam miqdorda (5%gacha)bo’lsa, ezish bodom, shaftoli, kungaboqar moyi ishtirokida (agarsurtma xayvon yog’ida tayyorlansa )yoki vazelin moyida (agar vazelinda) olib boriladi, so’ngra hosil bo’lgan mayin suspenziyaga dorixatda berilgan miqdorgacha asos qo’shib aralashtiriladi.agar surtma tarkibida dori modda ko’p miqdorda (5%_25%gacha )bo’lsa kerakli miqdorda suyultirilganasos bilan eziladi.So’ngr qolgan asos qo’shib aralashtiriladi. Aralshtirish paytida bir necha bor hovoncha devorlaridan massa tushuriladi. Surtma suspenziyasining tarkibida dori moddalari 25%dan ortsa ,pastalar deyiladi.Yuqori dispers va bir hil taqsimlangan pasta tayyorlash uchun dori moddasini eritilgan asos bilan ezib ishqalanadi. Pastalar trityatsion surtmalarga nisbatan quyuqroq bo’ladi. Magistral suspension surtmalar turli –tumanligi bilan ajralib turadi. Bunga misollar keltiarmiz:

Rp: Furacilini 0,1

Lanolini 20,0

Vaselini 30,0

M.f. unguentum

D.S. Anteseptik surtma .

Furatsillin 3-4 tomchi vazelin moyi bilan ezib, so’ngra iliq vazelin va lanolin qorishmasini qo’shib aralashtiriladi.

Rp: Resorcini 0,6

Acidi Salicylici 1,0

Sulfuris pp2,0

Cerae flavae 4,0

Ol. Ricini ad 20,0

D.S. Seboriyada qo’llaniladi.

Bu uch suspension surtma bo’lib , mum –moyli asaoda tayyorlanadi. Kukunsimon dori moddasi 9% atrofini tahkil qiladi. Avval salitsil kislsta mum , kanakunjut moyi aralashmasidan eritilib olinadi. So’ngra kukunlar aralashmasini 5-6 g eritma bilan eziladiva qolgan eritma qo’shilidi.

Mum saqlangan surtmalar vazelin asosiga nisbatan persparatsiya osonlashtiriladi.

Rp: Anaesthesini 0’5

Camphorae 0,3

Norsulfazoli

Streptosidi

Amidopyrini - aa 0,75

D.S. Pulmitni davolsh uchun .

M.f pulv .Adde:

Ol. Camphorati 10%-3,0

Ft.f. pasta

Uchbu dorixat tish pastasi bo’lib , asos sifatida kamfora moyi qo’llanilgan .

Kukun ingredientlari aralashtirib ,o’simlik moyi asosida bir meyorda yanchiladi(eziladi). Bunda anestezin va kamfora asosida qisman eriyda.

Emulsiya tipidagi mazlarni tayyorlashda ular tarkibiga kiradigan moyli asoslarda erimaydigan ta’sir etuvchi moddalar dispers fazasi bilan dispers muhitini hosil qiladi. Bular tarkibida emul’gatorlar bo’lishi tufayli har hil tipdagi emulsiyalar (M/S, S/M, asosan S/M emulsiyasi) xosil bo’ladi.

Emul’agator sifatida ko’pincha lanolin ishlatiladi. Biz quyida misol tariqasida bir qancha retseptlarni keltiramiz.

Rp.: Rivanoli 0,02

Lanolini anhydrici

Vaselini

Aquae destillatae aa 10,0

M.f. unguentum

D.S. Surtish uchun

#

Bu surtmani tayyorlash uchun rivanolni suvda eritib, lanolin bilan aralashtiriladi va oz-ozdan vazelin qo’shiladi.



Rp.: Kalii iodide 5,0

Natrii thiosulfatis 0,1

Aquae destillatea 4,4

Lanolini anhydrici 13,5

Axungiae porinae 27,0

M.f. ungentum

D.S. Surtish uchun

#

Ushbu surtmalarni tayyorlash uchun kaliy yodid bilan natriy tiosulfat suvda eritiladi, ustiga lanolin solib, hamma suvni o’ziga shimib olgincha aralashtirib, oz-ozdan cho’chqa yog’i qo’shiladi. Bu surtmani saqlaganda yod ajralib chiqishi mumkun bo’lgani sababli uni biriktirish uchun natriy tiosulfat qo’shib qo’yiladi.



Rp.: Protargoli_

Glyecerini aa 1,0

Aq. destillatae 1,5

Lanolini 2,5

Vaselini ad 100,0

M.f. ungutntum

D. S. Surtish uchun

#

Bu surtmani tayyorlash uchun protargolni avval gletserin bilan xovonchada ezib, ustiga suv, lanolin va vazelin qo’shib aralashtiriladi.



Suv –moy hoalatidagi surtmalar.Bu emulsion surtmalarning asosiy guruhini tashkil etadi. Dorixona sharoitda emulgator sifatida ko’pincha lanolin qo’llaniladi, sguning uchun u doim asosga ma’lum miqdorda kiritiladi. Emulgatorlik xossasini kamroq nisbatda spermasetva mum ham namayon qiladi.

Emulsion trituratsion surtmalar ham havonchada tayyorlanadi . Emulgator (lanolinga ) dori moddasining Emulgator (lanolinga ) dori moddasining Suvli eritmasini toki shimulgancha qadar oz-ozdan aralashtirib , so’ngra qolgan asos qo’shiladi.

Yog’li trituatsion surtmalarga nisbatan emulsion surtmalar teriga tezroq shimiladiva suvli fazadagi dori modda ham tez ta’sir qiladi. Tarkibida suv saqlangan surtmalar teri qavatini yumshatadi va dori moddasini saqlash xususiyatga ega .

Rp: Kalii Iodidi 50,0

Natrii thiosulfatis 1,0

Aquae purificatae 44,0

Lanolin anhydrici 135

Basis Emulsiones 270,0

M.f. ung

D.S. Buqoqqa qarshi surtma .

DAG’AL DISPERSLI EMULSION SURTMALAR.Bu guruhga sovituvchi surtmlar, yani koldkremlar deb atalovchi surtmalar kiradi.Bular o’z tarkibida ma’lum miqdorda suv yoki suvli suyuqlik saqlaydi, bu esa surtmaga yumshoqlik beradi. Simob –metall emulsion surtmasi. Bu surtmalar dorixonalarda tayyor shaklda yoki ofitsional konsentrlangan kulrangsimob surtmasini suyultirib beradi. Quyida keltirilgan dorixatda metallni simob emulsiyasi surtma tayyorlash jarayonda hosil bo’ladi. Surtmaning davolovchi ta’siri sariq simob oksidi va rezorsin o’rtasidagi oksidlanish – qaytarilish reaksiyasi natijasida aktiv simob xosil bo’lishiga asoslanaldi. Lanolin va cho’chqa yog’ining issiq aralashmasida salitsil kislata va rezorsin eritiladi. 0,6-0,7 ml vazelin moyida sariq simob oksidi eziladi, shundan so’ng vazelin bilan yaxshilab aralashtiriladi.

MOY SUVLI EMULSION SURTMALAR. Bu guruhdgi surtmalar yuqorida bayon etilgandek , tipik sovituvchi surtmalarga kiradi. Bulardan emulgator vazifasini surtma tayyorlash jarayonda xosil bo’ladigan sovun bajaradi. Kliy karbanat ba bura suvda eritiladi. Stearin vazelin moyidan eritiladi.Ishqorning natriy tetraboratli issiq suvli eritmasiga 70-80-C ehtiyotlik bilan sterining moy bilan aralashmasi qo’yiladi.Bunda stearin va boshqa kislatalarning kaliyli tuzi xosil bo’ladi., shu bilan bir vaqtda massaning quyuqlanishi ro’y beradi. Gemogenizatsiyadan so’ng havonchada ishqoriy reaksiyadagi surtma olinadi. Teriga suyultirilgan da umuguz qavqtga oson shimiladi.

Rp: Triaethanolamini 4.0

Sterarini 24.0

Ol. Healianthi 12.0

Aq. Purificatae 50.0

M.f. ung

D.S.


Surtmalar magistral dorixati murakkab tarkiblardan tuzulgan bo’lib ularda dori moddalari asoasda eritilib , kukunsimon holda va dori moddalarning suvli eritmalar holida aralashib kelishi mumkin. Bunday murakkab tizimli tarkibini tayyorlash oddiy tizimdagi surtmalartexnologiyasi prinsipida olib boriladi. Mentol yog’da eriydi, uni surtmaga eritma tipuda kiritiladi. Kokain va adrenalin gidroxlorid suvda eriyda: ularni emulsion surtma tayyorlash qoidasi bo’yicha kiritiladi. Ruh oksidi suvda ham yog’da ham erimaydi,uni trituatsion surtmalar tayyaorlash qoidasi bo’yicha qo’shilidi. Mentolni suyuq parafinda chinni kosachada sekin qizdirib eritiladi. Ruh oksidini mayday kukun qilib bir necha tomchi mentolli eritma tomizilib eziladiva oldindan tayyorlangan surtma asosi aralashmasi qo’shiladi. .havonchaning dastasi bilan surtmada chuqurcha qilinib , unga adrenalin gidroxlorid eritmasi tomiziladi, so’ng unga kokain gidroxlorid qo’shiladi. Urigandan so’ng surtma yaxshilab aralashtiriladi. GIDROfIL ASOSDAGI SURtMALAR. Gidrofil asosdagi surtmalr retseptura turli- tuman tipdagi dispers sistema va ukarning aralashmalari xolida uchraydi.

Eritma tipidagi surtmalar.

Rp: Gelatinae medicinalis 1,5

Aquea purificatae 28,0

Glycerini 60,0

Mellis 5,0

M.f. ung

D.S. Terini yumshatish uchun.

Keltirilgan misoldagi surtma jelatin- glitsirin asosda tayyorlanadi. Asal jelatining issiq suv- glitserinli eritmasi qo’shiladi.

Suspenziya tipidagi surtmalar

Rp: Sol. Formaldehydi 6,0

Zinci oxudi 5,0

Talci 10,0

Glycerini 10,0

M.f. pasta

D.S. Oyoq terlashiga qarshi surtma .

Glitselining gidrofillik xususiyatga va qovushqoqligi uni asos sifatida ishlatishga imkon beradi. Bu yerda ruh oksidi va talk aralshmasi issiq glitserin bilan eziladi. Olingan gemogan massaga bo’lib- bo’lib formaldegidning farmakopiya eritmasida qo’shiladi.

Rp: Zinci oxudi

Amyli tritici

Talci aa 6,0

Mucilaqinis Bentonit 25,0

Spiritus aethlylici aa 50,0

M.f. pasta

D.S. Dermatitlarda ishlatish uchun .

Emulsiya tipidagi surtmalar.

Dorixat quyidagicha tayyorlanadi: qoramoy yaxshilab bentonit bilab aralashtiriladi. Bunda bentonitning oleofil qismi qoramoy tomchilarga yopishib gidrofil qismi esa erkin holda qoladi. Bunda u bo’kib kattalshadi va yumshoq surtma konsistenzitsiya xosil qiladi. Surtmadagi qoramoy tomchilari diametric 5-7 mkm oralig’ida bo’ladi.

Rp: Picis liquidae 3,0

Bentoniti 2,0-3,0

Aq. Purificatae ad 30,0

M.f. ung


D.S. Ekzemada ishlatiladi.

Aralash tipdagi surtmalarni tayyorlashda, ularning tarkibiga kiradigan moddalarning hususiyatlarni hisobga olib, har qaysi tipdagi mazlarni tayyorlash qaydalaridan foydalaniladi.

Rp.: Cocaini hydrochloridi 0,1

Mentholi 0,2

Zinci oxydi 1,2

Lanolini 10,0

Vaselini 30,0

M.f. ungentum

D.S. Simanovskiy surtma

#

Bu retsepdagi mazni tayyorlash uchun ertilgan lanolin bilan vazelining bir qismida mentol eritiladi va ustiga maydalangan rux oksid qo’shib, yaxshilb aralashtirgach, alohida tayyorlangan kokaining suvdagi eritmasini qo’shib yana aralashtiriladi va tayyorlangan asosining aralshmasi oz-ozdan qo’shiladi. Tayyor surtma suspenziya-emulsiya tipidagi aralash dori turini eslatadi.



Kansentrlangan surtmalar odatda kam qo’llaniladi. Misol tariqasida kansntrlangan simob surtmasini keltirish mumkun. Uning tarkibida 85 qism simob va 15 qism suvsiz lanolin bo’ladi. U zavodda tayyorlanadi: suvsiz lanolinni xavonchada eritib, bir oz sovugandan keyin oz-ozdan (2-3 qismga bo’lib) simob qo’shiladi va bir xil massa xosil bo’guncha yaxshilab aralshtiriladi. Surtmani tayyorlash vaqtida simob bug’ining zaxarli ekanligini yodda tutish lozim. Shuning uchun ish vaqtida maxsus kiyim, qo’lqop kiyish va dorini alohida xonada tayyorlash kerak. Surtmalarga dori moddalarni qo`shish tartibi:

1) Agar retseptdagi dorini tayyorlash uchun erish temperaturasi turlicha bo’lgan bir necha asos ko’satilgan bo’lsa, oldin erish nuqtasi yuqori moddani eritib olib so’ng past temperaturada eriydiganlari qo’shiladi.

2) Resepta surtmalar konsentrasiyasi ko’rsatilmagan bo’lsa ular 10% qilib tayyorlanadi. A va B ro’yhatdan tashqari.

3) Ko’z mazlarini tayyorlash uchun reseptda qanday asos ko’rsatilmagan bo’lsa X DF bo’yicha 10 gr suvsiz lananin va etiketkasiga “ko’z mazi uchun” deb yozilgan maxsus vazelin olinadi.

4) Surtmalar tarkibiga kiradigan preparatlar suvda yahshi eriydigan bo’lsa avval ularni minimal miqdordagi suvda eritib asos bilan aralashtiriladi.

5) Rezorsin, pirogallol, rux sulfatlarini avval maydalab so’ng suyuq yoki vazelin moyi bilan yahshilab eziladi keyin asos aralashtiriladi.

6) Salisil kislota qoshiladigan mazlarni tayyorlashdan oldin ularni o’simlik moyi yoki vazelin bilan ezib olish kerak.

7) Retsept tarkibiga kiradigan moddalar asoslarda erimasa bunday preparatlarni avval xovonchada tegishli suyuqlik yoki eritilgan asos bilan yahshilab ezib keyin qolgan asosni oz-ozda qo’shib aralashtiriladi.

8) Surtmalar tarkibiga kiradigan opiy, quruq, quyuq ekstraktlarni oldin barobar miqdordagi spirt, glisirin,suv (1:3:6) aralashmasi bilan ezib, so’ng asos qo’shiladi.

9) Agar surtmalar tarkibiga uchuvchan xidli, moddalar kiritilsa ularni sovutilgan mazga eng oxirida qo’shiladi.

10) Surtmalar tarkibiga simob, yod, kislotalar va burushturuvchi moddalar bo’lsa metall idishlarda tayyorlash mumkin emas.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə