Farmonbibining so‘nggi farmoni” deb nomlangan sahna ko‘rinishi



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə7/8
tarix01.03.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#101690
1   2   3   4   5   6   7   8
Konstitutsiya sahna ko\'rinishi

Farmonbibi: – O‘zimning uyatchan kelinimdan o‘rgilay! Uyalib-uyalib bir nimalar qilib qo‘yadi. So‘ylong‘iz!

Lutfi kelin: – Volidam men ham bozorg‘a boradurmen.

Farmonbibi: – Bozorda nima qiladursiz?

Lutfi kelin: – O‘z ustimg‘a yangi libos oladurmen.

Farmonbibi: – Libos olg‘ali aqchangiz bormi?

Sotti o‘rnidan turadi va ikki qo‘lini ko‘ksiga qo‘yadi.

Sotti: – Volidam! Kecha Lutfixon mukofot puli olg‘ondur.

Farmonbibi: –Haa, Lutfixon! Tejog‘lig‘ning ishi – bejog‘lig‘dur, o‘rgilay!

Lutfi kelin: – O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi. Ularga ko‘ra inson va uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

Farmonbibi: – Haaa! Barokallo, barokallo! Aqchangizni xazinabong‘a topshiring.
Lutfi sekin yurib borib, pulni Sottiga beradi. Sotti darhol pulni sanab oladi. Lutfi sekin yurib sahnaning boshqa tomoniga o‘tib, ovsinlarining oldiga turadi. Sotti kenja kelin Nigoraga qaraydi.

Sotti: – Nigoraxon! Pulni olib keeling o‘rgilay!

Nigora: – Bu pulga meni o‘z rejalarim bor. Bunga lak, tush, pamada,…

Farmonbibi: – Hoy, hoy, hooy!!! Lak, tush, pamadamish!!! Mening xonadonimda kelinlar bunday narsalar ishlatishmaydi! Ular tabiiy go‘zal!

Sotti: – Ha!

Sahnaning narigi tomoniga o‘tgan kelinlar o‘z ust-boshlariga qarab quvonishadi. Farmonbibi tomoshabinlarga qarab boshini chayqatadi va o‘ylanib qoladi.

Farmonbibi: – Kenjatoyimga zakonchi kelin olib beraman deb sira o‘ylamagan edim.

Nigora: – Bilardim, oyijon meni boshidan yoqtirmaganligingizni.

Farmonbibi: – Bilsang bo‘pti, jim yur!

Nigora: – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasiga ko‘ra “Har kim bilim olish huquqiga ega”. Kelinlaringizga o‘z haq-huquqini bildirsam buni nimasi yomon oyijon?! To‘g‘rimi ovsinjonlar.


Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə