Farmonbibining so‘nggi farmoni” deb nomlangan sahna ko‘rinishi


Kelinlar: – To‘g‘ri! Farmonbibi



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə8/8
tarix01.03.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#101690
1   2   3   4   5   6   7   8
Konstitutsiya sahna ko\'rinishi

Kelinlar: – To‘g‘ri!

Farmonbibi: – Lekin bu xonadonda mening qonunlarim ustun!

Nigora: – Oyijon! O‘zbekiston Respublikasi Konstitut-siyasining 25-moddasiga ko‘ra “Har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega”. To‘g‘rimi ovsinjonlar?

Kelinlar: – Ha, to‘g‘ri, to‘g‘ri!
Farmonbibi: – Shunday deng! Demak, men sizlarning shaxsiy daxlsizliklaringizga putur yetkazdimmi?

Nigoradan tashqari hamma kelinlar Farmonbibining oldiga kelib, baravar javob qaytarishadi.

Kelinlar: – Yo‘q, oyijon! Yo‘q!

Farmonbibi: – Demak, men feodalman?!

Kelinlar: – Yo‘q, oyijon! Yo‘q!

Farmonbibi: – Demak, men yomon qaynonaman?!

Kelinlar: – Yo‘q, oyijon! Yo‘q!

Farmonbibi: –Demak, mening qonunlarim sizlarga yoqmayapti?!

Kelinlar: – Yo‘q, oyijon! Yo‘q!

Farmonbibi: – Demak…

Nigora: – Yo‘q, oyijon! Aslo unday emas. Lekin sizning qonunlaringiz Konstitutsiyaga ozgina zidroq-da! Masalan, 48-moddaga ko‘ra “Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar” o‘yijon. To‘g‘rimi, ovsinjonlar?!

Kelinlar: – Ha, to‘g‘ri.

Farmonbibi uzoq o‘ylanib qoladi. Sahnada sukunat. So‘ng Farmonbibi Sottiga qaraydi.

Farmonbibi: – Sotti!

Sotti: – Labbay oyijon!

Farmonbibi: – Yoz! Oxirgi farmonim!!! Bugundan boshlab Konstitutsiyaga muvofiq kelinlarimning barcha haq-huquqlari bajarilsin!

Kelinlar: – Voy! Rahmat oyijon!

Farmonbibi: – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga zid barcha farmonlarim bekor qilinsin!
Kelinlar: – Voy! Rahmat oyijon! Rahmat!

Sotti: – Vooy oyijon! Men-chi?

Farmonbibi: – Sen vazifangdan ozodsan!

Sotti: – Rahmat, oyijon!

Barcha kelinlar xursand bo‘ladi.

Farmonbibi: – Sotti!

Sotti: – Labbay oyijon!

Farmonbibi: – Pullarni olib chiq! Bozorga boramiz.

Kelinlar: –Rahmat, oyijon!

Quvnoq musiqa yangraydi. Kelinlar raqsga tushib Farmonbibining atrofiga kelishadi. Farmonbibi kelinlar bilan birga raqsga tushadi va barchalari sahnadan chiqib ketishadi.
Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə