Farmoni qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘G‘risida


III. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish



Yüklə 253,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/15
tarix29.11.2023
ölçüsü253,41 Kb.
#142093
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
PF-5742-сон 17.06.2019. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida

III. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish
53.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi hamda
urug‘shunosligi sohasi?agi ilmiy-tadqiqot ishlari ko‘lamini
kengaytirish.
Kompleks
chora-tadbirlar
2019 — 2021-yillar
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi
54.
Urug‘chilik sohasida zamonaviy milliy, shu jumladan import
o‘rnini bosuvchi hamda eksportbop navlarni yaratish
mexanizmini takomillashtirish. Bunda asosiy e’tiborni:
qishloq xo‘jaligi ekinlarini tezpishar, hosildorligi yuqori,suv
kam talab qiladigan, sho‘rga chidamli, cho‘l va sahrolarda
o‘suvchi, kasalliklarga chidamli navlarni yaratishga;
issiqxonalarda yetishtiruvchi ekin turlari uchun zarur urug‘
navlarini yaratish va ularni amaliyotda joriy etishga qaratish.
Kompleks
chora-tadbirlar
2019 — 2021-yillar
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
manfaatdor vazirlik
va idoralar


55.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklari yetishtirish tizimini
takomillashtirish, shu jumladan sabzavot, poliz, dukkakli,
ozuqa va moyli ekinlar urug‘larini yetishtirish va yetkazib
berishning samarali mexanizmini yaratish.
Bunda:
elita va yuqori reproduksiyali urug‘larning hajmini ekin turi
va navi bo‘yicha ko‘paytirish;
ixtisoslashtirilgan urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida har yili
sabzavot, poliz, dukkakli, ozuqa, moyli ekinlari urug‘larini talab
va ehtiyojdan kelib chiqib ishlab chiqarishni tashkil etish;
urug‘larni tayyorlashda innovatsion va ilg‘or xorijiy
texnologiyalarni tatbiq qilish, bozor talablari asosida
marketingini yuritish, prognoz qilish tizimini joriy etish.
Kompleks
chora-tadbirlar
2019 — 2021-yillar
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi va viloyatlar
hokimliklari,
manfaatdor vazirlik
va idoralar
56.
Yaratilayotgan mahalliy navlar va xorijiy davlatlardan import
qilinayotgan nav va duragaylarni sinov va davlat reyestriga
kiritish ishlarini tubdan takomillashtirish.
Vazirlar
Mahkamasining
qarori
2019-yil sentyabr
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi
57.
Jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda,
respublika 
tuproq-iqlim 
sharoitlariga 
mos 
bo‘lgan
noan’anaviy 
qishloq 
xo‘jaligi 
ekinlari 
seleksiyasi 
va
urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish.
Kompleks
chora-tadbirlar
2019 — 2021-yillar
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi
58.
Qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi yo‘nalishidagi barcha ilmiy
tadqiqot muassasalarida yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan
mahalliy navlarni qayta tiklash va ular asosida organik
(ekologik toza) urug‘chilikni tashkil etish va rivojlantirish
bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni kengaytirish hamda
ularning natijalarini realizatsiya qilish choralarini ko‘rish.
Vazirlar
Mahkamasining
qarori
2019-yil dekabr
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi, manfaatdor
vazirlik
va idoralar
59.
Qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga bardoshli ekinlar seleksiyasi
hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish. Azotni to‘plash
texnologiyalari takomillashtirish, donli ekinlarda dukkaklilar
genini joriy etish hisobiga azotlashish xususiyatini yaratish,
azotni to‘plovchi mikroblar va tashuvchilarni genetik jihatdan
yaxshilash.
Kompleks
chora-tadbirlar
2019 — 2021-yillar
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
Fanlar akademiyasi, manfaatdor
vazirlik
va idoralar
60.
“In vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarida yuqori
sifat ko‘rsatkichli, suvsizlikka chidamli mevali daraxt hamda
tok ko‘chatlarining navlarini ko‘paytirish.
Kompleks
chora-tadbirlar
Doimiy
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Fanlar akademiyasi,
manfaatdor idoralar
61.
Urug‘chilik bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga (ISTA, OECD, ISF
va h.k.) bosqichma-bosqich a’zo bo‘lish, urug‘chilik sohasida
faoliyat yuritayotgan yirik chet el kompaniyalari bilan
hamkorlik qilish hamda urug‘liklar bo‘yicha taqdim
etilayotgan muvofiqlik sertifikatlarining xalqaro darajada tan
olinishiga erishish.
Kompleks
chora-tadbirlar
2020-2021-yillar
Agroinspeksiya, Qishloq xo‘jaligi
vazirligi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,
“O‘zstandart” agentligi, Tashqi
ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi
62.
Davlat-xususiy sheriklik asosida urug‘chilik klasterlarini
tashkil qilish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning
samarali mexanizmlarini joriy etish.
Normativ-
huquqiy hujjat
2019-yil noyabr
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-
xususiy sheriklik agentligi,
Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

Yüklə 253,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə