Farmoni qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘G‘risida


Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini



Yüklə 253,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix29.11.2023
ölçüsü253,41 Kb.
#142093
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
PF-5742-сон 17.06.2019. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida

4. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va sotish, logistika va marketing tizimlarini
rivojlantirish.
Hududlar ixtisoslashuvi, ichki va tashqi bozorlardagi mahsulotlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda
investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida zamonaviy ulgurji-taqsimot
markazlarini (ORS) tashkil etish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini
o‘z ichiga oladigan klasterlarni jadal rivojlantirish.
Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, xavfsizligi, yetkazib berish shartlari darajasini
oshirishni ta’minlash.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda logistika markazlari,
agrosanoat komplekslari faoliyatini rivojlantirish.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi, sohada tatbiq etilgan zamonaviy texnika va texnologiyalar asosida
xalqaro talablarga mos keladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib olish, saqlash, tashish va kutilmagan
ziyonlarni qoplash bo‘yicha davlat standartlarini ishlab chiqish.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport hajmini oshirishning samarali mexanizmini joriy etish.
Yuqori malakali marketologlar tayyorlash sifatini oshirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ichki va tashqi
bozorlarida marketing tadqiqotlari olib borish ko‘lamini kengaytirishni qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash.
5. Yer va suv resurslaridan samarali foydalanishda ilm-fan va amaliyot integratsiyasini jadallashtirish.
Yer va suv munosabatlari bo‘yicha tor ixtisoslikdagi mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha yangi o‘quv
yo‘nalishlari (geodeziya, kartografiya va h.k.) va fakultetlar, shu jumladan yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari
bilan qo‘shma fakultetlar ochish.
Ilmiy tadqiqot mavzularini hududlar va qishloq xo‘jaligining muammolari yechimlaridan kelib chiqqan
holda shakllantirish va natijalarini tijoratlashtirish.
Tuproq unumdorligini oshirish, tuproq eroziyasi va degradatsiyasining oldini olishga qaratilgan ilmiy
tadqiqotlarni olib borishni jadallashtirish.
Qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni olib borish, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqish va
joriy etishda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini, xususiy sektorning ishtirokini rag‘batlantirishning samarali
mexanizmlarini keng joriy qilish.
Xorijiy davlatlarning qishloq xo‘jaligi ekinlari serhosil navlari va chorva mollarining mahsuldor zotlari hamda
turlarini mahalliylashtirish borasidagi ilmiy-amaliy faoliyat hamda hamkorlikni tizimli tashkil etish.
Soha bo‘yicha doktorantura va tayanch doktorantura orqali ilmiy darajali yuksak malakali ilmiy xodimlarni
tayyorlashni kengaytirish, ularga muammoli va dolzarb mavzular bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishlari
uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish.
Ilmiy tadqiqotlar natijasida “Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasini joriy etishga, uning texnik
vositalari va texnologiya uskunalarini ishlab chiqarishda mahalliylashtirishga erishish. Bunda:
“Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyasini joriy etishda xalqaro moliya institutlarining mablag‘lari va
grantlarini jalb etish;
“Aqlli va raqamli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish vazifalaridan kelib chiqqan holda qishloq
xo‘jaligi yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida mutaxassis kadrlarni tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.
Ilmiy-tadqiqot institutlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ilmiy laboratoriyalarini
modernizatsiya qilish, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash va ta’mirlash.
Sug‘orish zonalarini, mintaqaning suv bilan ta’minlanganligini hisobga olgan holda qishloq xo‘jaligi
ekinlarining sug‘orish texnika va texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Jahon amaliyotini o‘rgangan holda noan’anaviy sug‘orish texnologiyalarini ishlab chiqish va tatbiq etish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 17-iyundagi PF-5742-son
Farmoniga
2-ILOVA

Yüklə 253,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə