Farmoni qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘G‘risida


 Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish



Yüklə 253,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/15
tarix29.11.2023
ölçüsü253,41 Kb.
#142093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
PF-5742-сон 17.06.2019. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida

3. Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini rivojlantirish
Qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligi hamda urug‘shunosligi sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari
ko‘lamini kengaytirish.
Urug‘chilik sohasida zamonaviy milliy, shu jumladan import o‘rnini bosuvchi hamda yuqori daromadli va
eksportbop ekinlar navlarini yaratish mexanizmini takomillashtirish.
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirish tizimini takomillashtirish, shu jumladan sabzavot, poliz,
dukkakli, ozuqa va moyli ekinlar urug‘larini yetishtirish va yetkazib berishning samarali mexanizmini yaratish.
Yaratilayotgan mahalliy navlar va xorijiy davlatlardan import qilinayotgan nav va duragaylarni sinov va
davlat reyestriga kiritish ishlarini tubdan takomillashtirish.
Jahon bozori konyunkturasini hisobga olgan holda, respublika tuproq-iqlim sharoitlariga mos bo‘lgan
noan’anaviy qishloq xo‘jaligi ekinlari seleksiyasi va urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish.
Qishloq xo‘jaligi urug‘chiligi yo‘nalishidagi barcha ilmiy tadqiqot muassasalarida yo‘qolib ketish xavfi ostida
bo‘lgan mahalliy navlarni qayta tiklash va ular asosida organik (ekologik toza) urug‘chilikni tashkil etish va
rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni kengaytirish hamda davlat-xususiy sheriklik shartlari
asosida ushbu ishlar natijalarini realizatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirish.
Qurg‘oqchilik va sho‘rlanishga bardoshli ekinlar seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish. Azotni
to‘plash texnologiyalarini takomillashtirish, donli ekinlarda dukkaklilar genini joriy etish hisobiga azotlashish
xususiyatini yaratish, azotni to‘plovchi mikroblar va tashuvchilarni genetik jihatdan yaxshilash.
“In vitro” laboratoriyalari va ko‘chatchilik xo‘jaliklarida yuqori sifat ko‘rsatkichli, suvsizlikka chidamli mevali
daraxt hamda tok ko‘chatlari navlarini ko‘paytirish.
Urug‘chilik bo‘yicha xalqaro tashkilotlarga (ISTA, OECD, ISF va h.k.) bosqichma-bosqich a’zo bo‘lish,
urug‘chilik sohasida faoliyat yuritayotgan yirik xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik qilish hamda urug‘liklar
bo‘yicha taqdim etilayotgan muvofiqlik sertifikatlarining xalqaro darajada tan olinishiga erishish.


Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida urug‘chilik klasterlarini tashkil qilish, ularni davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish.

Yüklə 253,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə