Farmoni qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 253,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix29.11.2023
ölçüsü253,41 Kb.
#142093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
PF-5742-сон 17.06.2019. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Oldingi
 tahrirga qarang.
sug‘oriladigan yerlar hisobidan bog‘dorchilik, uzumchilik va boshqa ko‘p yillik daraxtzorlar hamda yengil
tipdagi issiqxonalarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi xulosasiga asosan amalga
oshiriladi;
(5-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-sonli 
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2021-y., 06/21/6243/0540-son — 2021-yil 1-avgustdan kuchga
kiradi)
yangi fermer xo‘jaliklari va suv iste’molchilari uyushmalari suvdan foydalanish joylarida suvni boshqarish va
hisobga olish vositalari bilan majburiy tarzda jihozlash sharti bilan tashkil etiladi;
yer maydonlarini foydalanishga kiritish suvni tejovchi texnologiyalardan (tomchilatib, yomg‘irlatib, tuproq
ostidan tomchilab sug‘orish va boshqalardan) foydalangan holda amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
a) mazkur Farmonning 
3-ilovasida 
belgilangan qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni
foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun talab
etilayotgan mablag‘lar, 2019 — 2029-yillardagi Investitsiya dasturi doirasida davlat budjetidan melioratsiya
obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablag‘larning 5 foizi miqdorida qo‘shimcha
ravishda yo‘naltirsin;
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining hisob-kitoblari asosida
“Mineral xom-ashyo bazasini rivojlantirish va qayta to‘ldirish” Dasturida ko‘zda tutiladigan qishloq xo‘jaligi


ekinlarini sug‘orishga yaroqli bo‘lgan yer osti suvlari zaxirasini aniqlash ishlarini moliyalashtirish uchun davlat
budjeti hisobidan mablag‘ ajratsin;
v) Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya
obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish tartibini;
yer maydonlari egalarining tuproq unumdorligini saqlash va oshirishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni
nazarda tutgan holda tabaqalashtirilgan soliq imtiyozlarini joriy qilish bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
bir oy muddatda ilg‘or xalqaro tajribalarni inobatga olgan holda, yerdan foydalanish sohasida davlat-xususiy
sheriklik to‘g‘risidagi bitimlarning namunaviy shakllarini ishlab chiqsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
a) Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-
oktabrga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berishni nazarda tutuvchi
qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasini Vazirlar
Mahkamasiga kiritsin;
b) sug‘oriladigan va lalmi yerlar, tog‘ va tog‘oldi hamda cho‘l-yaylov hududlarining tuproq unumdorligini
oshirish, suv va boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilishini;
zamonaviy usullar asosida mamlakat oziq-ovqat ta’minoti barqarorligiga erishish uchun yangi serhosil
qishloq xo‘jaligi ekinlari, ularning birlamchi urug‘chiligini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etilishini va
hayotga tatbiq etilishini ta’minlasin;
v) Farmonda ko‘rsatilgan vazifalar ijrosini to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida
vazirlik tarkibida qo‘shimcha 4 ta shtat birligidan iborat mas’ul boshqarma tashkil etsin.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2020-yil 1-yanvardan boshlab:
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat
qo‘mitasi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda har yili 1-noyabrga qadar mazkur
Farmonning 
3-ilovasida 
tasdiqlangan maydonlarning keyingi yilda qayta tiklanadigan va foydalanishga
kiritiladigan yer maydonlari manzilli ro‘yxatini shakllantirib, tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasiga kiritib borsin;
paxta va g‘alla yetishtirish rentabelligi past bo‘lgan maydoni umumiy maydonning 50 foizdan ortiq bo‘lgan
tumanlarning barcha ekin maydonlarini irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya qilish
sharti bilan paxta va g‘allani to‘liq qayta ishlashni tashkil etuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan
investorlarga berish yuzasidan takliflar kiritsin;
ushbu tumanlarda tashkil etiladigan paxta va g‘allachilik yo‘nalishidagi investorlarga mazkur Farmonning
4-bandida 
nazarda tutilgan imtiyozlar qo‘llanilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Hukumat bo‘ysunuvida qishloq xo‘jaligi
yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish, ularni muhofaza qilish yuzasidan davlat nazoratini amalga
oshiruvchi tegishli tuzilma tashkil etilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalariga:
Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan
parlament va jamoatchilik nazoratini o‘rnatish;
amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar hokimlarining axborotlarini har chorakda Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida
eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha
maslahatchisi A.J. Vaxabov zimmasiga — Farmonning
 3
va 
4-ilovalaridagi 
prognoz ko‘rsatkichlarni, Konsepsiya va
uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni o‘z vaqtida va samarali ijro etilishini monitoring qilish va zaruriy
choralarni ko‘rib borish;
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Konsepsiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning o‘z
vaqtida va samarali ijro etilishini ta’minlash hamda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish yuzasidan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri Sh.R. Xamrayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi va viloyatlar hokimlari zimmasiga — Farmonning 
4-ilovasidagi 
prognoz ko‘rsatkichlari ijrosini
ta’minlash, foydalanishga kiritilgan maydonlarda suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash, irrigatsiya tarmoqlarida
suv yo‘qotilishini kamaytirish, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qo‘shimcha suv omborlarini qurish;
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya va tashqi savdo vaziri S.O‘. Umurzoqov zimmasiga — Farmonning 
3
va
4-ilovalaridagi 
vazifalarni amalga oshirish maqsadida xalqaro moliya institutlari va chet el investorlari
mablag‘larini jalb qilish bo‘yicha javobgarlik yuklansin.
12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi
huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa
ommaviy axborot vositalariga mazkur Farmonning mazmun-mohiyati hamda unda belgilangan chora-
tadbirlarning amalga oshirilishini yoritib borish tavsiya etilsin.


13. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar
bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
14. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.

Yüklə 253,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə