Farmoni qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘G‘risida



Yüklə 253,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/15
tarix29.11.2023
ölçüsü253,41 Kb.
#142093
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
PF-5742-сон 17.06.2019. Qishloq xo‘jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Oldingi
 tahrirga qarang.
mazkur yer maydonlari maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi jamoat ehtiyojlari uchun
olib qo‘yilishi O‘zbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun
olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi 
Qonunida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-yanvardagi PF-15-sonli
Farmoni tahririda)


ushbu yer maydonlarida barpo etiladigan infratuzilma obyektlarini (dala shiypon, mahsulotlar
saqlanadigan omborxonalar, sug‘orish inshootlari va boshqalar) joylashtirishga ruxsat beriladi;
yerdan foydalanuvchilarning ehtiyojlari uchun olib kelinadigan va respublikada ishlab chiqarilmaydigan
xom-ashyo, materiallar, texnika, asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan
tartibda bojxona to‘lovlari (qo‘shilgan qiymat solig‘idan tashqari) to‘lashdan ozod qilinadi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-apreldagi PF-101-sonli
Farmoniga
asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.04.2022-y.,
06/22/101/0288-son)
investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan har bir gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan
yerlarni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50
barobaridan oshmagan qismi qoplab beriladi;
Oldingi
 tahrirga qarang.
investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan hollarda
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yerlarning suv ta’minoti
tizimlarini qurish, rekonstruksiya qilish uchun jalb etilgan kreditlarning bir gektar hisobiga 40 million so‘mdan
oshmaydigan qismiga tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 5 foizlik punkti qoplab beriladi;
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-apreldagi PF-95-sonli
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.04.2022-y., 06/22/95/0267-son)
Oldingi
 tahrirga qarang.
yer maydonlari investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitim imzolanganidan
so‘ng qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ajratib beriladi.
(4-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli
Farmoni
 tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
5. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
Oldingi
 tahrirga qarang.
sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari maxsus muhofazaga olinib, ushbu yerlarni qishloq xo‘jaligidan boshqa
maqsadlar uchun, shu jumladan sanoat va fuqarolik obyektlari (binolar va inshootlar) qurilishi uchun,
shuningdek, unumdor tuproq talab etilmaydigan ilg‘or texnologiyalarning (gidroponika va boshqalar) yangi
usullari qo‘llaniladigan issiqxonalar qurilishi uchun ajratishga yo‘l qo‘yilmaydi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 19-iyundagi PF-99-sonli 
Farmoni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.06.2023-y., 06/23/99/0403-son)
qishloq xo‘jaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qo‘yiladigan sug‘oriladigan yerlar uchun
kompensatsiya to‘lovi, olib qo‘yilayotgan yer maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi koeffitsiyentlar
qo‘llanilmagan holda, xuddi shunday yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun talab etiladigan mablag‘ning 10 barobari,
lalmi yerlar va sug‘orilmaydigan ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan
yaxshilash bilan bog‘liq xarajatlarning 20 barobari miqdorida hisoblanadi.
Bunda sug‘oriladigan yerlar uchun kompensatsiya to‘lovining 90 foizi, lalmi yerlar va sug‘orilmaydigan ko‘p
yillik daraxtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya to‘lovining 95 foizi Respublika
budjetiga hamda mos ravishda 10 va 5 foizi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer
resurslari va davlat kadastri boshqarmalarining maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Ushbu me’yor o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan
hollarda yetkazilgan zararni hisoblashda ham qo‘llaniladi hamda hisoblangan mablag‘larning 95 foizi Respublika
budjetiga va 5 foizi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat
qilish inspeksiyasi hamda uning hududiy inspeksiyalarining rivojlantirish jamg‘armasiga undiriladi;

Yüklə 253,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə