Fiskal institut



Yüklə 1,26 Mb.
səhifə1/32
tarix23.12.2023
ölçüsü1,26 Mb.
#156154
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
17-variant Jasur (2)



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI



SOLIQ QOʻMITASI HUZURIDAGI
FISKAL INSTITUT


«_______________________________» KAFEDRASI

«MOLIYAVIY TAHLIL»
fanidan
MUSTAQIL TA’LIM
TOPSHIRIG’I
Bajardi: 01-21-guruh talabasi Jasurbek Mahmudov


Qabul qildi: dots. A.B. Abdullayev


Mustaqil ta’lim topshirig’ini tuzuvchi: Iqtisodiy tahlil kafedrasi dotsenti, PhD A.B.Abdullayev


Toshkent – 2023

ESLATMA !!!
MUSTAQİL TA’LİMNİ BAJARİSH UCHUN QO’YİLGAN TALABLAR!
Mustaqil ta’lim topshiriqlari har bir talabaning o’zi tomonidan mustaqil tarzda bajariladi;
Mustaqil ta’lim topshiriqlariga qo’yilgan talablardan kelib chiqib, savollarga javoblarni yozishda kitoblar va elektron manbalardan nusha ko’chirib bajarilmaydi. Albatta ushbu manbalardan foydalangan holda, talabaning mustaqil tarzdagi fikri bayon etilgan holda mustaqil ta’lim topshig’i bajariladi;
Boshqa bir talabaning mustaqil talimidan yoki boshqa bir manbadan nusha olib yuborilgan mustaqil talim topshiriqlari qabul qilinmaydi hamda baholanmaydi;
Harbir talaba uchun mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishda foydalaniladigan axborot manbalarida alohida xo’jalik yurituvchi sub’yektlar ko’rsatkichlari keltirilgan bo’lib, talaba ushbu ilovalardan foydalangan holda masalalar va topshiriqlarni bajaradilar;
Mustaqil talim 4ta qismdan iborat bo’ladi:
1-Kirish;
2-Asosiy qism;
3-Umumiy hulosa;
4-Ilovalar
Talaba mustaqil ta’limning kirish qismida, bugungi kunda vatanimizda olib borilayotgan islohotlarning moliyaviy tahlil bilan bog’liqlik jahatlari, dolzarbli va tahlilning ahamiyati, boshqaruvdagi roli va o’rni...kabi masalalar to’g’risida 1.5-2 bet fikr bayon etiladi;
Mustaqil ta’limning asosiy qismida talaba uchun berilgan topshiriqlar va masalalarni ilovada keltilgan ma’lumotlardan foydalanib bajarishi kerak va har bir bajarilgan masalaning natijaviy yechimlari bo’yicha hulosalar yozishi kerak;
17-43 topshiriqlarni bajarishda talaba tahlil uchun kerakli ma’lumotlarni alohida korxona moliyaviy va statistik hisobotlaridan oladilar. Tahlil qilinayotgan ko’rsatkichlar kamida ikki yillik davrni o’z ichiga olishi kerak.
Talaba ilovada keltirilgan korhona ko’rsatkichlari asosida mustaqil ta’lim topshiriqlarni barchasini bajarib bo’lgandan keyin, ushbu natijalar asosida umumiy hulosa shakllantiriladi. (2-3bet)
Talaba tomonidan mustaqil ta’limni bajarishda foydalangan axborot manbalari, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlar ilova qilinadi.
KIRISH
O'zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha jabhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab chiqilgan. Bu dasturning joriy etishdan ko'zlangan asosiy maqsad - O'zbekistonning demokratik va bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg'a borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir.
Birinchi Prezidentimiz I. Karimov: «Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa - bu izchil iqtisodiy o'sish, chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni mukammallashtirish va ilg'or texnologiyalar bilan qayta qurollantirishning bosh sharti bo'lgan makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishish muammosidir» deb ta'kidlagan. Bu, Respublika iqtisodiyotida faoliyat yuritayotgan barcha soha korxonalarining foyda ko'rish maqsadida, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishi yoki xizmat ko'rsatishini talab etadi.
Respublikaning iqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishida muhim omillar bo'lib, ishlab chiqarish hajmining o'sishi, pul qadrsizlanishini pasaytirish, eksport hajmini oshirish va boshqa shu kabi makroiqtisodiy o'sishni ta'minlash bilan birga mamlakatda faoliyat yuritayotgan har bir korxona, firma, kompaniyalarning xo'jalik sub'ektlari sifatida rivojlantirishni taqozo etadi. Korxona, firma va kompaniyalarning iqtisodiy mustaqil hamda moliyaviy barqaror faoliyat ko'rsatishlarida ularni oqilona boshqarish, hisob-kitob yuritilishini bozor iqtisodiyoti talablariga moslash, moliyaviy menejment ishlarini to'g'ri yo'lga qo'yish, bor moddiy, moliyaviy va mehnat boyliklaridan samarali foydalangan holda ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishni tashkil etish, natijada yuqori foyda olib, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarini o'z vaqtida bajarish, rezervlar tashkil etish eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shu bois, bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish har birimizdan buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit haqida mazlum bilimga ega bo'lishimizni talab etadi. Tadbirkorlik faoliyatining muvaffaqiyat, hisob-kitoblarning puxtaligiga, pul oqimlarini oqilona boshqarishligiga, moliyaviy masalalardagi qarorlarni to'g'ri va o'z vaqtida qabul qilinishligiga hamda moliyaviy tahlilning sifatli tashkil etilishiga uzviy bog'liqdir. Ayniqsa, bozorni to'g'ri o'rganishda, hamkorlarni moliyaviy ishonchliligini bila olishda, o'zaro hisob-kitob ishlarida yutqazib qo'ymaslik va boyliklardan o'rinli foydalana olishda kompleks iqtisodiy tahlilning natijalariga asoslanib boshqaruv qarorlarini belgilash, foyda olishning zaruriy sharti ekanligi tajribada bir necha bor isbotlangan.






Yüklə 1,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə