Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 71 Kb.
səhifə5/9
tarix08.04.2023
ölçüsü71 Kb.
#104664
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ishlab chiqarish omillari. Reja kirish

2.Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi
Nomoddiy ishlab chiqarish sohasi ham nomoddiy ne’matlarni ishlab chiqarish (masalan, musiqa asarlari, badiiy va ilmiy asarlar, ixtiro va kashfiyotlar) va nomoddiy xizmatlar ko‘rsatish (huquqiy maslahatlar berish, o‘qitish, malaka oshirish va boshqalar)ga ajraladi. Bu sohalar bir-biri bilan chambarchas bog‘langan holda rivojlanadi va bir-biriga ta’sir ko‘rsatadi.
Moddiy ishlab chiqarish sohasi o‘z navbatida ikki bo‘linmadan iborat bo‘lib,
birinchi bo‘linmada ishlab chiqarish vositalari (stanok, mashina, asbob-uskuna, xomashyo va turli materiallar) yaratilsa, ikkinchi bo‘linmada esa iste’mol buyumlari ishlab chiqariladi.
Birinchi bo‘linmada ishlab chiqarishdan chiqqan tovarlar shu yilning o‘zida ikkinchi bo‘linmada va xizmat ko‘rsatish sohalarida ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin, ikkinchi bo‘linmada yaratilgan tovarlar va nomoddiy soha xizmatlari o‘z navbatida birinchi bo‘linma uchun zarurdir. Shuning uchun ular o‘rtasida doimo iqtisodiy aloqalar va munosabatlar sodir bo‘lib turadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday ishlab chiqarish, bir tomondan iste’mol qiymatini (naflilikni) yaratishdir, ikkinchi tomondan, moddiy vositalar va mehnatning sarflanishi, yangi qiymatning yaratilishi, boshqacha qilib aytganda, qiymatning o‘sish jarayonidir.
Har qanday mahsulot, shu jumladan, bozor sharoitidagi yoki unga o‘tish davridagi mehnat mahsuli ham ikki xil xususiyatga ega: iste’mol qiymatiga, ya’ni ma’lum bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lib, jonli va buyumlashgan mehnat sarfining ma’lum miqdorini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu tovarning o‘zaro bog‘liq va hamisha bir-birini taqozo qiladigan ikki tomonidir (bu haqda keyingi bobda batafsilroq to‘xtalamiz). Shuning uchun ham ishlab chiqarish jarayoniga hamisha uning pirovard maqsadi bilan birgalikda qaraladi. Ishlab chiqarishning maqsadi cheklangan resurslardan unumli foydalanib, kishilar ehtiyojini qondirish ekan, uning samarasi tovar va xizmatlarning natural va qiymat jihatdan o‘sishida ko‘rinadi. Shu nuqtai nazardan olganda ishlab chiqarish jarayoni hamisha naflilikni, ya’ni iste’mol qiymatini yaratish, ko‘paytirish va qiymatlarning o‘sish jarayoni hisoblanadi, uning asosiy maqsadi esa, iste’mol qiymatini, ya’ni nafli tovarni yaratishdan iborat bo‘ladi.
Ishlab chiqarishning cheklangan resurslardan foydalangan holda kishilar ehtiyojini qondirishga qaratilishi va shunga zarur bo‘lgan sifat va miqdorda iste’mol qiymati yaratishni bosh maqsad qilib qo‘yishi uning ijtimoiy yo‘nalishini ifoda etadi. Lekin bu umumiy ijtimoiy yo‘nalish aniq kishilarning, tadbirkorlarning manfaati bilan bog‘langandagina amalga oshadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida yoki unga o‘tish davrida har bir mulk egasi yoki tadbirkor ma’lum miqdorda foyda olishni, sarflangan vositalariga, pul mablag‘lariga nisbatan ko‘proq qiymatga ega bo‘lishni maqsad qilib qo‘yadi. Shuning uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayoni bir tomondan, iste’mol qiymatlarini yaratish jarayoni bo‘lsa, ikkinchi tomondan, qiymatning o‘sish jarayoni bo‘lib hisoblanadi. Masalan, tadbirkor ishlab chiqarishni tashkil etish uchun 10 mln. so‘mlik paxta tolasi sotib oldi deylik. Toladan ip yigirish uchun qo‘llanilgan asosiy vositalar amortizatsiyasi, energiya va boshqa xarajatlar 2 mln. so‘mni, ish haqi 3 mln. so‘mni tashkil etib, 3 mln. so‘mlik foyda oladigan bo‘lsa, yaratilgan mahsulotning qiymati 18 mln. so‘mni, qo‘shilgan qiymat 8 mln. so‘mni tashkil etadi.
Agar biz 8 mln. so‘mlik qo‘shilgan qiymatdan 2 mln. so‘mini amortizatsiya, energiya va boshqalardan iborat moddiy xarajatlar, ya’ni oldindan yaratilgan qiymatlar deb qarasak, 6 mln. so‘mlik qiymat, ya’ni 3 mln. so‘mlik ish haqi va 3 mln. so‘mlik foyda shu ishlab chiqarish jarayonida hosil qilingan yangi qiymat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonini quyidagicha ifoda etishimiz mumkin
Natija: Tovar va xizmatlar
Ishlab chiqarish jarayoni
Iste’mol qiymati yani naflilik
Mehnat jarayoni yoki naflilik yaratilishi va ko’payish jarayoni
Ishlab chiqarish jarayonini ikki tomonlama tahlil qilib o‘rganish uning mazmunini to‘g‘ri tushunish imkonini beradi va turli xil chalkashliklar, munozarali tortishuvlarga chek qo‘yadi. Jumladan, shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etayotgan ishlab chiqarish vositalari qiymati ko‘paymagan holda, aniq mehnat bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar qiymatiga o‘tkaziladi.


Yüklə 71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə