G. A. Dushanova, N. A. Yunusova, S. A. Xalilova genetikadan masalalar yechish usullari


I BOB. GENETIKA FANI HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 226,67 Kb.
səhifə3/25
tarix30.05.2023
ölçüsü226,67 Kb.
#114442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Genetikadan masalalar yechish usullari samarqand-fayllar.org

I BOB. GENETIKA FANI HAQIDA TUSHUNCHA
Hujayralarning bo’linishi, jinsiy hujayralarning rivojlanishi va urug’lanish avlodlari o’rtasida moddiy izchillikni ta’minlaydi. Avlodlar o’rtasidagi moddiy izchillikning asosiy qonuniyatlari XIX asrning oxirlarida sitologlar tomonidan aniqlangan. Ularning hujara tuzilishini o’rganishda sitologik metodni ishlab chiqib, ota-ona belgi xususiyatlarining nasldan-naslga o’tishida xromosomalarning roli katta ekanligini isbot qildilar. Biroq organizmlarning irsiy belgi xususiyatlarini o’rganish uchun maxsus genetik tekshirish metodlari zurur edi.
Chorvachilik va o’simlikshunoslik sohasida olib borilgan tajribalar natijasida irsiyatni o’rganish uchun boy material to’plandi. XVII asrning oxirlaridan boshlab o’simlikshunoslar bilan zootexniklar ota-ona belgi xususiyatlarining nasldan-naslga o’tish qonuniyatlarini o’rganish maqsadida juda ko’p tajribalar olib bordilar. Buning uchun ular har xil o’simlik va hayvon turlarini duragaylab, ularning avlodlarini o’rgandilar. Bu o’z navbatida genetika uchun ma’lum hissa bo’lib qo’shildi. Biroq ular irsiyatning umumiy qonuniyatlarini to’liq ochib beoa olmadi.
Irsiyatni o’rganishning asosiy metodi Chex olimi Gregor Mendel (1822-1884) tomonidan ishlab chiqildi. G.Mendel tajribalari natijalarini 1865 yil Fevral-mart oylarida Brno shahridagi tabiatshunoslar jamiyatida ma’lum qilib, 1866 yilda “O’simlik duragalari ustida tajribalar” nomi bilan nashr qildirdi. Biroq uning ishi 1900 yilgacha olimlarga keng miqyosda ma’lum bo’lmadi.
1900 yilda De Friz (Gollandiyada), K. Korrens (Germaniyada) va Chermak (Avstraliyada) o’z tajribalari natijasida, bir-birlaridan mustaqil ravishda, Mendel aniqlagan xulosalarga keladilar. Faqat shundan so’ng Mendelning ishlariga qiziqish orta boshlaydi.
Mendelning xizmatlari faqat irsiyat qonuniyatlarining kashf etishdan iborat bo’lma, balki uning mohiyatini tushuntrib berishda ham katta bo’ldi. Mendel tekshirishlarining asosiy xususiyatlaridan biri boshlang’ich ota-ona formalarini tanlashdan iborat edi. U chatishtirish uchun bir, ikki yoki uch juft belgisi bilan keskin farq qilaligan juft belgilar alternativ belgilar deb ataladi. Masalan, bitta o’simlikning guli qizil, boshqasiniki oq doni sariq va yashil; doni silliq va burishgan bo’ladi va hakozo. Mendel mtodining ikkinchi tomoni duragay o’simliklardagi Belgilarning miqdor jihatdan bir-biridan farq qilishini hisobga olish edi. Uchinchi xususiyati har bir o’simlikdan olingan avlodni keyingi bo’g’inlarda yakka-yakka (individual) analiz qilish, o’rganishdan iborat.
G.Mendel irsiyat qonuniyatlarini o’rganish uchun o’z tajribalarini no’xat o’simligi (Pisum sativum) ustida olib bordi. Bu o’simlik bir yillik bo’lib, o’zidan changlanadi. Shu bilan bir uning har xil navlarini sun’iy yo’l bilan o’zaro oson chatishtirish mumkin. Mendel genetik tekshirish maqsadida chatishtirish uchun olingan navlar irsiy jihatdan toza bo’lishiga alohida e’tibor beradi.



Yüklə 226,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə