G. A. Dushanova, N. A. Yunusova, S. A. Xalilova genetikadan masalalar yechish usullari



Yüklə 226,67 Kb.
səhifə2/25
tarix30.05.2023
ölçüsü226,67 Kb.
#114442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Genetikadan masalalar yechish usullari samarqand-fayllar.org

S.K.Shukurova

Samarqand shahar 66-maktab biologiya fani o`qituvchisi


Ushbu uslubiy qo’llanmada biologiya fanidan genetik masalalar yechishga doir metodik tavsiyalar berilgan bo’lib, o’qituvchi va o’quvchi uchun mo’ljallangan




Ushbu uslubiy ko’rsatma SamDU huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi Ilmiy metodik kengashining 2018 yil 28 dekabrdagi 4- 3/5 -sonli yig`ilish bayonnomasida tasdiqlandi va qaroriga nashrga tavsiya etildi.
SO`Z BOSHI
Hozirgi kunda biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga o`tish va unga moslanish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. Yangilangan ta’limda o`quvchining yuragidagi cho`g`ni alanga oldirish, uni har tomonlama rivojlantirib bilimdan bilimga yetaklab olib chiqadigan pedagogik faoliyat:
-samaradorlikni oshirish;
-o`qituvchi va o`quvchilar urtasida uzora hamkorlikni qaror topshirishi;
-o`quvchilarning uz imkoniyatlarini ruyobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishiga qaratilgan bulishi kerak.
Biologiya fanida irsiyat va o`zgaruvchanlikni o`rganish nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Shu bois jamiyatning har bir a’zosi genetikadan zarur bilimga ega bo`lmogi kerak. Umumiy biologiyadan daryo berayotgan o`qituvchilar ushbu fanning mazmuni “murakkab” deb o`ylaydilar. Ko`pchilik o`qituvchilar bilan qilingan suxbatlar, ular daryolarning kuzatish natijalarini taxlil qilish natijasida ular faoliyatida quyidagi muammolar borligi aniqlangani.
-genetikaga bagi`shlangan barcha darslarni oldingi bobdagi mavzular mazmuni bilan bog`lab utmaslik;
-tayyor ko`rgazmalardangina yuzaki foydalanib, o`quvchilarning mustaqil fikrlashi mantiqiy tafakurining rivojlantirishiga e’tibor bermaslik;
-nazariy bilimlarni amaliyot ayniqsa masalalar yyyechish bilan bog`lamaslik;
Genetik bilimlarni puxta o`zlashtirish uchun kuchli xotiragina emas, balki barqaror diqqat, utilgan boblarni yangi bob bilan uzviyligini ta’minlash. Mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, o`rganilayotgan mavzuga doir bilimlarni masala va mashq yechish bilan bog`lab olib borish, analiz-sintez qilish va xulosa chiqarishga benihoyat katta e’tibor qaratilishi kerak.Genetikadan masala yechish va mashq bajarish juda katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Bunda, birinchidan, o`quvchining fikrlash qobiliyati, mantiqiy tafakkuri rivojlanadi, chunki masala va mashqda ko`zda tutilgan vazifani hal etish uchun talaba ularning mazmunini, yechimini analiz, sintez qiladi, taqqoslaydi, umumlashtiradi va xulosa chiqaradi. Ikkinchidan, nazariy bilimlar mustahkamlanadi va ular tug`ri ekanligiga ishonch hosil qilinadi.Uchinchidan, nazariy bilimlarni amalda qo`llash imkonini beradi. To`rtinchidan, masala yechish va mashq bajarish davomida o`quvchilarning mustaqilligi, ijodiy aktivligi ortadi.Beshinchidan, ularda fan asoslarini yanada puxta o`zlashtirishga havas uyg`onadi.



Yüklə 226,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə
Psixologiya