G. A. Dushanova, N. A. Yunusova, S. A. Xalilova genetikadan masalalar yechish usullari



Yüklə 226,67 Kb.
səhifə6/25
tarix30.05.2023
ölçüsü226,67 Kb.
#114442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Genetikadan masalalar yechish usullari samarqand-fayllar.org

MENDEL QONUNLARI
1. Birinchi bo’g’in duragaylarida juft alternativ belgilaridan biri dominant, ikkinchisi resessiv bo’lib, resessiv belgi yuzaga chiqmaydi. Bu hodisa dominantlik (ustun kelish), keyinroq Mendelning birinchi qonuni yoki birinchi bo’g’in duragaylarning bir xil bo’lishi qonuni deb ataladi.
2. Ikkinchi bo’g’inda ham dominant, ham resessiv belgiga ega bo’lgan organizmlar paydo bo’lib, birining ikkinchisiga nisbat 3:1 ga teng bo’ladi. Bu hodisani 1900 yilda Gugo De Friz ajralish qonuni deb atadi, keyinroq bu Mendelning ikkinchi qonuni deb ataldi. Resessiv belgiga ega bo’lgan avlodlar o’zaro chatishtirilsa, keyingi bo’g’inlarda o’zgarmay, turg’un bo’lib qoladi.
3. Mendelning uchinchi qonunini: ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlar o‘zaro chatishtirilganda, genlar va unga mos belgilar bir-biridan mustaqil holda irsiylanadi.
Olimlar har xil mamlakatlarda G.Mendelning tajribalarini boshqa o’simliklarda tekshirib, u aniqlagan qonuniyatlarning to’g’riligini tasdiqladilar. keyinroq olimlarning aniqlashicha, Mendelning ajralish qonuniyatlarini faqat o’simliklrdagina emas, balki hayvon bilan odamlarda ham ko’rish mumkin ekan.

II BOB. GENETIKADAN MASALA VA MASHQLAR YECHISH

I. MONODURAGAY CHATISHTIRISHGA OID MASALALAR.
1-MASALA.Tovuqlarda gulsimon toj dominant (A), oddiy toj (a) bilan ifodalanadi. Bunda
  1. 1) dastlab chatishtirilayotgan ota-ona formalar yoziladi:




BERILGAN:
A-gulsimon toj
a-oddiy toj
Gulsimon toj oddiy toj


P ♀AA x ♂aa
(gomozigotali) (gomozigotali)
2) Gametalar olinadi va mazkur gametalar o`zaro chatishtirilib F1 (birinchi avlod) duragaylarini hosil qilinadi.
YECHISH:

Genotip: ♀AA x ♂aa

Gametala A a
F1 Aa
F1 avlod duragaylar G.Mendelning I qonuniga muvofiq genotib va fenotip bo`yicha bir xil ajralish nisbatiga ega bo`ladi.

JAVOB: Genotip bo`yicha 100% Aa (geterozigotali), fenotip bo`yicha 100% (gulsimon toj)
F2ni aniqlash usuli.

  1. 1) Agar F1avlod o`zaro chatishtirilsa, qanday natija kutishimiz mumkin?





Yüklə 226,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə