8-mavzu. Xorazmshohlar davlati Reja: «Xorazmshox»



Yüklə 210,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix31.01.2023
ölçüsü210,18 Kb.
#99794
1   2   3   4   5   6   7   8
Choshnigir (bakovul)
– u dasturxon yozilganda sulton taomlaridan zaharlanmasligi 
uchun o‘zi birinchi bo‘lib tatib ko‘rar edi. 
Davotdor
– sultonning xos kotibi, farmonlarini yozuvchi. 
Farrosh
– sulton o‘rin-to‘shaklari saqlanadigan farroshxona boshlig‘i. Uning ixtiyorida 
gilamlar, chodirlar, poyondozlar, ko‘rpa-to‘shaklar bo‘lgan. Farrosh va maxsus o‘rgatilgan 
g‘ulomlar sulton atrofida doimo hozir turar edilar. 
Amirul-a’lam (a’lamdor yoki yalovbardor)
– sulton bayroqdori yoki sulton tug‘ining 
sohibi. 
Xorazmshohlarning davlat tizimi Saljuqiylardan deyarli farq qilmagan. Ilgari bo‘lgani 
kabi davlat boshqaruvi dargoh va devonlar majmuidan iborat bo‘lgan. Dargohda 
hojib, ulug‘ 
hojib
Xorazmshohlar davrida ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Hojiblarga maxsus 
mo‘zokaralar olib borish, hatto vazirlar faoliyatini tekshirish kabi muhim vazifalar topshirilgan. 
Hojiblarning viloyat hukmdori bo‘lganliklari ham manbalardan ma’lum. 
Xorazmshohlar davlatining aholisi va ularning qatlamlari haqida yozma manbalar 
(Muhammad Bag‘dodiy) qo‘yidagicha ma’lumot beradi. 
1. 
Sayidlar
– payg‘ambar avlodlari sanalganliklari tufayli hukmdorlar ularni qattiq 
hurmat qilganlar hamda ularni har tomonlama, ayniqsa, moddiy jihatdan doimo qo‘llab-
quvvatlab turganlar. 
2. 
Imomlar va olimlar
– ularning maslahatlari va ko‘rsatmalariga davlat ishlariga amal 
qilingan bo‘lib, ijtimoiy hayotda bunday shaxslarning mavqei ancha ustun bo‘lgan. 
3. 
Qozilar va xokimlar
– asosiy qonun chiqaruvchilar bo‘lib, ular shariatning aholi 
ustidan nazoratini amalga oshirganlar. 
4. 
Tasavvuf vakillari
– islom dinida noortodoksal oqim vakillari bo‘lib, faqirona hayot 
kechirganlar. Ular orasidan chiqqan donishmandlar va mashoyixlarning ko‘pchiligi xalq 
tomonidan e’zozlangan. Hukmdorlar bunday shaxslarni hurmat qilib, ularning duosini olib 
turgan. 
5. 

Yüklə 210,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə