A. G. Ibragimov, Z. R. Madaminova. M. E. Raxmataliyev


-§.Korxonalarda moliyaviy mexanizm va uning asosiy



Yüklə 6,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/90
tarix04.01.2023
ölçüsü6,47 Mb.
#98165
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90
Ibragimov A.G. Moliyaviy menejment. pdf

2-§.Korxonalarda moliyaviy mexanizm va uning asosiy
xususiyatlari
Korxonalarda moliyaviy menejment tizimini tashkil etishda
moliyaviy mexanizm tushunchasi uning moliyaviy menejment tizi- 
midagi o ‘rni va ahamiyati, moliyaviy menejmentning mexanizmi, 
ularning o ‘zaro o ‘xshashlik tomonlari, hamda bulami moliyaviy
36


menejerning faoliyatida tutgan o4rniga alohida e’tibor berish lozim. 
Chunki, bozor qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda korxonalar 
moliyasini boshqarish, moliyaviy mexanizm yordamida amalga 
oshiriladi.
Moliyaviy mexanizm - bu moliyaviy munosabatlarni tashkil 
qilish, moliyaviy resurslarni shakllanishi va foydalanish usullarining 
yig‘indisi bo‘lib, jam iyat tomonidan, jamiyatni ijtimoiy va iqtisodiy 
rivojlantirish uchun, qulay shart-sharoit yaratib berish maqsadida 
foydalaniladi. Moliyaviy mexanizm ham moliya tizimining tuzilishi 
singari quyidagi ikkita yirik sohaga bo‘linadi:
- x o ‘jalik subyektlarining moliya mexanizmi;
— davlat moliyasining mexanizmi.
Korxonalar moliyaviy mexanizmi - bu moliyaviy resurslardan 
foydalanish usullari hamda korxonalar moliyasini tashkil qilish 
shakllari hisoblanadi. Korxona, firma, kompaniyalarda moliyaviy 
resurslardan foydalanish jarayoniga to‘xtaladigan bo‘lsak, bunda 
moliyaviy menejer tomonidan ushbu jarayon, turli moliyaviy 
usullami, vositalami, tamoyillarni qo‘llash orqali amalga oshiriladi. 
Moliyaviy metodlar - bu moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish 
shakli, uning xo'jalik va ishlab chiqarish jarayoni bilan o ‘zaro 
bog‘ liqligidir. Korxonalarda u yoki bu moliyaviy vositalami 
qoilanilishi yordamida xo‘jalik jarayonidagi yuz berayotgan 
moliyaviy munosabatlarga, moliyaviy resurslaming harakatini 
boshqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlaming tahliliy natijalaridan 
kelib 
chiqqan 
holda 
ulardan 
foydalanishni 
samaradorligini 
baholashga ta’sir koTsatish mumkin. Korxonalar moliyasini 
boshqarishda foydalaniladigan metodlarga quyidagilar kiradi: 
moliyaviy rejalashtirish, moliyaviy tahlil, moliyaviy nazorat, inves- 
titsiyalash, sug‘urtalash, kredit operatsiyalari, narxlami shakllan­
tirish, soliqlar, hisob-kitoblar tizimi, rag‘batlantirish va boshqalar.
Moliyaviy menejmentda moliyaviy vosita deganda, korxonaning 
har qanday turdagi shartnomalari tushuniladi, qaysiki buning 
natijasida bir vaqtning o‘zida, biron bir korxonada moliyaviy 
aktivlarning ko‘payishi va boshqa korxonada esa moliyaviy majbu­
riyatlar yuzaga kelishi tushuniladi. Boshqacha aytganda, qarzdorlik 
bo‘yicha guvohtik bemvchi, sotuvchi sotish jarayonida o‘zini 
moliyalashtirishni ta’minlovchi har qanday hujjatdir.
37


Faqat o ‘z mablag‘laridan foydalanuvchi korxona o ‘z mablag4- 
larining) rentabelligini, ularning iqtisodiy samaradorligining 2/3 
qismga cheklab qo‘yadi, y a ’ni
0 ‘MR=2/3IR
Bunda 0 ‘MR- o ‘z m ablag‘larining rentabelligi; IR- iqtisodiy 
rentabellik
Kredit yoki qarz m ablag'laridan foydalanuvchi korxona o ‘z va 
qarz mablag‘Iarining nisbati hamda foiz stavkasining darajasiga 
bog‘liq ravishda o ‘z mablagMarining rentabelligini yo oshiradi yoki 
kamaytiradi. Bunday sharoitda moliyaviy vosita samarasi vujudga 
keladi y a’ni
0 ‘M R = 2/3 IR+MVS.
Bunda M RS- moliyaviy vosita samarasi:
- Moliyaviy vosita samarasi odatda iqtisodiy rentabellik bilan 
qarzga olingan m ablag‘lar «bahosi» (foizning o ‘rtacha stavkasi) 
o ‘rtasidagi farq natijasida vujudga keladi.
- Foizning o ‘rtacha stavkasini hisoblash uchun quyidagi 
tenglamadan foydalanish mumkin.
FO ‘S = (XMX: QMUS) x 100.
- FO ‘S - foizning o‘rtacha stavkasi;
- HMX - Haqiqatdagi moliyaviy xarajatlar (foiz xarajatlari);
- QMUS — qarz m ablag‘larining umumiy summasi;
Richag samarasining tarkibiy qismlarini birlashtiramiz va 
natijada MRS hosil bo ‘ladi;
- MRS= 2/3(IR -FS)*Q M /0‘M
- Masalan, agar korxonada IR 18%ga, FS 16%ga qarz mab- 
lag‘lari 750000 ni, o ‘z mablag‘lari 250000 ni tashkil etsa, moliyaviy 
vosita samarasi;
- M R S - 2/3(18%-16%)750000/250000= 4%
Korinib 
turibdiki, 
rivojlangan 
bozor mexanizmida qarz 
mablag‘laridan foydalanish yuqori samaraga olib keladi
Moliyaviy vositalar yordamida moliya bozoridagi har qanday 
operatsiyalar amalga oshiriladi. Korxonalar faoliyatida ularni qo‘lla- 
masdan qo‘shimcha moliyaviy resurslar yoki kapital jalb qilish, 
moliyaviy investitsiyalami amalga oshirish, kontragentlar yoki 
boshqa xo'jalik subyektlari bilan o'zaro hisob-kitoblami amalga 
oshirish mumkin emas. Moliyaviy vositalar birlamchi va ikkilamchi
38


turlarga bo‘linadi. Birlamchi moliyaviy vositalarga quyidagilar 
kiradi: joriy operatsiyalar bo‘yicha debitorlik va kreditorlik qarzlar, 
kreditlar, aksiya, obligatsiyalar, va veksellar. Ikkiiamchi moliyaviy 
vositalarga 
esa: 
moliyaviy 
optsionlar, 
fyucherslar, 
forvard 
shartnomlari, foizli va valyutaviy svoplar kiradi. Har qanday 
jamiyatda korxonalar xo'jalik faoliyatini oqilona tartibga solish va 
ular faoliyatini samarali yuritish qonuniy va huquqiy me’yorlarga 
asoslangan holda amalga oshiriladi. Bizga m a’lumki, korxonalar 
moliyaviy faoliyatini yuritish, ya’ni boshqacha aytganda xo‘jalik 
subyektlarining tashkil qilinishidan ularning butun faoliyat davr- 
larini qamrab oluvchi jarayon bosqichi, davlat tomonidan belgilan­
gan aniq bir chora tadbirlar, dasturlar, qonunlar, yo‘riqnomalar va 
shu kabilar orqali tashkil qilinadi va tartibga solinadi.

Yüklə 6,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə