Adabiyot 8 (1-qism) new indd



Yüklə 8,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/69
tarix30.12.2023
ölçüsü8,69 Kb.
#167013
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Adabiyot. 8-sinf. 1-qism (2014, S.Olim, S.Ahmedov)

sheva
).
2
Yutdirsa (
sheva
).


12
shib, o‘limga hukm qilinadi, dahshatli ajdarni o‘ldiradi, xiyo-
natkor Azbarxo‘ja tufayli xotini, egizak o‘g‘illaridan vaqtincha 
judo bo‘ladi. Doston so‘ngida xotini, farzandlari Gurkiboy va 
Mohiboy, otasi Qoraxon bilan topishadi.
Dostonning bosh qahramoni – Kuntug‘mish yolg‘iz, erka 
o‘g‘il bo‘lishiga qaramasdan, aqlli, bilimli, jasoratli, elga 
g‘amxo‘r, xotini, bolalariga mehribon, vafodor yigit. Kuntug‘mish 
va Xolbeka bir mo‘jiza bilan Buvraxon jazosidan omon qolib, 
sahroda och, tashna qolishganda hayotdan umidini uzgan yori 
Xolbekaning «Meni tashlab ketaver, yo‘qsa o‘zing ham halok 
bo‘lasan», degan iltijosiga «Bir g‘ayrat qil, yo‘limiz yaqin qol-
di», deb dalda beradi, unga vafodorligini quyidagicha bayon 
qiladi:
Po‘lat nayza qor ostida yotarmi,
Temir nayzang egovlasang o‘tarmi,
Sening to‘rang nomardlardan emasdir,
Mard o‘g‘lon sevdigin tashlab ketarmi?..
Kuntug‘mish o‘z maqsadiga sodiq, har qanday sharoitda 
tushkunlikka tushmaydigan inson. U nomsiz, poyonsiz tog‘ da-
rasidan vataniga boradigan yo‘lni rosa izlaydi, bu orada egizak 
farzandli bo‘ladi, ular uch yoshga to‘lganda ham biror bir el 
daragini topolmaydi. Xullas, Kuntug‘mish fe’l-atvorida siz havas 
qiladigan, ergashadigan insoniy sifatlar juda ko‘p. Dostonni sin-
chiklab mutolaa qilsangiz, bunga o‘zingiz amin bo‘lasiz.
Xolbeka siymosi ham dostonda baxshi bobomiz tomonidan 
alohida mehr, iliqlik bilan tasvirlangan. U o‘z so‘zida tura-
digan, barcha hunarlarga mohir qiz. O‘zi qanchalik bir ishga 
mohir bo‘lsa, bo‘lajak jufti halolidan ham shuni talab qiladi. 
Shu ma’noda Xolbeka o‘z xulqi va fazilatlari bilan har jihat-
dan Kuntug‘mishga teng va munosib bo‘lgan inson. U haqiqiy 
muhabbatni tan oladi va unga ishonadi, e’tibor bering: u o‘z 
suratini chizdirib, Kuntug‘mish yurtiga yuborar ekan, agar «shu 
ko‘rgan tushim rahmoniy bo‘lsa, oshiq-ma’shuqlik avvaldan 
pok bo‘lsa, Xudoyo xudovando shu sandig‘im senga omonat, 
to‘radan boshqasiga tegmasin», deydi.


13
Xolbeka hamiyatli, g‘ururi baland qiz. Garchi u Kuntug‘mishni 
tushida sevib qolgan, uchrashganda esa yigitni ko‘rib biroz mud-
dat ixtiyorini yo‘qotgan bo‘lsa-da, uning husniga talabgor barcha 
shoh-u shahzodalarga bergan va’dasi, ya’ni faqat nard o‘yinida 
g‘olib chiqqanga tegaman degan 

kridan qaytmaydi. Kuntug‘mish 
men uchun mashaqqat chekib kelibdi, deb unga tegib ketaver-
maydi, o‘zi ko‘ngil qo‘ygan yigitning el-yurt oldida ham yuzi 
yorug‘ bo‘lishini istaydi.
Dostonda Kuntug‘mishning o‘g‘illari Gurkiboy va Mohiboy 
xarakterlari ham chiroyli va ta’sirchan tasvirlangan. Gurkiboy 
bosiq, vazmin, aql bilan ish ko‘radigan bola bo‘lsa, Mohiboy 
biroz shaddod, biroz quv yigit. Biroq ikki aka-uka bir-birlariga 
mehribon, ota-onalariga 

doyi yigitlar. Ular mehnatsevarlik va 
aql bilan ish ko‘rganlari uchun boshlariga tushgan qiyinchi-
liklarni yengadilar.
Asarda Azbarxo‘ja, Buvraxon, Zamonqul, Xolmo‘min kabi 
qahramonlar qiyofasi o‘ziga xos tarzda yoritilgan. Azbarxo‘ja 
dastlab Kuntug‘mish bilan do‘stlashadi, so‘ng o‘z manfaatini deb 
unga xiyonat qiladi. Buvraxon o‘ziga bino qo‘ygan, qahri qattiq 
podsho, biroq uning ko‘ngilchan ekanligini ham ko‘ramiz. Buv-
raxon avval Kuntug‘mish va Xolbekani o‘limga mahkum etadi
keyinroq Azbarxo‘ja xiyonati tufayli mashaqqatlarga duch ke-
lishganini eshitib, ularni afv etadi. Azbarxo‘jani jazolaydi. Dos-
tondagi Qosim, Xolmo‘min, Mullavachcha, Zamonqul va boshqa 
obrazlar ham asarda o‘z o‘rniga ega, ularsiz Kuntug‘mish va 
Xolbeka taqdirini to‘laqonli tasavvur qilish qiyin.
«Kuntug‘mish» dostoni badiiy jihatdan nihoyatda yetuk asar. 
U yaxlit kompozitsiyaga ega, asarda kishini asosiy voqealardan 
chalg‘itadigan o‘rinlar uchramaydi, aksincha, har bir voqea, har 
bir epizod dostonni to‘ldiradi.
Doston xalq og‘zaki ijodidagi barcha she’riy qoidalar va 
uslublarni o‘zida jamlagan asardir. Unda xalq dostonlarida 
bo‘lganidek, voqealar, sarguzashtlar, asosan, nasriy bayon eti-
ladi, qahramonlar tavsi

, ruhiy kechinmalari she’riy yo‘l bilan 
ifodalanadi. Doston tili esa nihoyatda yengil va ravon. Unda 
rang-barang badiiy til vositalaridan unumli foydalanilgan, ay-


14
niqsa, hikmatli so‘zlar darajasiga ko‘tarilgan ayrim baytlar hech 
kimni e’tiborsiz qoldirmaydi:
«G‘aribning ko‘nglini ovlamoq savob», «Qilichdan seskanmas 
botirning tani», «Gavharni ne bilsin ushalgan sopol», «Zarning 
qadrini zargar bilar har yerda», «Kamlikning kamoli bordir, 
Man-manning zavoli bordir...», «Yaxshilarning yuzin ko‘rsang 
jannatdir, Yomon odam qilgan ishi minnatdir», «O‘zingdan kat-
tani uchratsang pir bil, O‘zingni er bilsang, birovni sher bil» 
va hokazo.
Shuningdek, 
asarda 
o‘rni 
bilan 
ishlatilgan 
o‘xshatish, 
mubolag‘a, kinoya kabi badiiy unsurlar dostonning badiiy qim-
matini oshiradi, qahramonlar qiyofasini yaxshiroq tasavvur qi-
lishga yordam beradi.

Yüklə 8,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə