Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodi ta’lim tarbiya masalalari


Gulxaniy asarlarining tili va badiiy vositalari haqida nima deya olasiz?



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə9/10
tarix07.03.2022
ölçüsü96,5 Kb.
#84374
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4 Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodi ta’lim tarbiya masalalari

Gulxaniy asarlarining tili va badiiy vositalari haqida nima deya olasiz?

Gulxaniy asarlari faqat g`oyaviy mazmuni bilangina emas, balki badiiy tili va uslubi bilan ham o`sha muhitdagi adabiyot vakillari ijodidan keskin farq qiladi. Chunki Gulxaniy asarlarining, ayniqsa, “Zarbulmasal”ning tili o`sha vaqtlardagi jonli xalq tiliga yaqin bo`lishi bilan diqqatga sazovordir.

Gulxaniy xalq ommasiga manzur bo`lgan asarlarini yozishda faqat xalqning jonli tili va og`zaki ijodiyotiga tayanib qolmadi, balki o`zbek mumtoz adabiyoti vakillari Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburning ijodiy tajribalaridan, nasrdagi mahoratidan bahramand bo`ldi. Ayniqsa, Alisher Navoiyning nasriy asari – “Mahbub ul-qulub” Gulxaniyning “Zarbulmasal” ni yaratishiga samarali ta`sir etdi.

“Zarbulmasal”ning tili va muallif uslubi ustida so`z borar ekan, “Echkining oti Abdulkarim bo`larga so`z kerak”, “Sening kordonlig`ing kulol mo`ndida suv ichgandek ekan”, “Og`zi oshga etganda burni qonagan men bo`ldim”, “Xom tarvuzni qo`ltig`ingga olma” kabi iboralarni eslatib o`tamiz. Bunda Gulxaniyning maqol va masallardan aniq ifodalar va iboralar ijod etishdagi mahorati yaqqol ko`zga tashlanadi, ko`rinadi. U xalq askiya va yumori tajribasidan foydalanib, qiziqarli lavhalar ham chizdi. Buni Boyo`g`li uyidagi bazmning tarqalishi tasvirida ravshan ko`rish mumkin: “Alqissa, zamondin keyin bazmlari tuganib, mug`anniylar olganlariga quvonib, oroyish uzilib, ma`raka buzilib, el oyog`i tinib, orom uchun etikdan oyoq… chiqardilar”. Bundan tashqari, “Zarbulmasal”dagi voqealarning mantiqiga bog`lanib kelgan “Yapaloq sha`n-shavkatlar bilan to`y olib keldi”, “Og`zingizdan o`rgulay, to`ram”, “Bo`rimisiz, tulki?” kabi iboralar aniq hamda “teva”, “tushov”, “palos”, “taqiya” kabi xalq orasida keng tarqalgan nomlar Gulxaniyning katta hayotiy va ijodiy tajribaga ega bo`lganini, asar tilining boyligi, ommabopligi va uslubining ravonligini ravshan ko`rsatadi.

Gulxaniy “Zarbulmasal”da tabiat manzaralarini turli badiiy bo`yoqlarda ustalik bilan tasvirlab bera olgan:

Bor edi ko`p ne`mati alvonlari,

Xurramu ma`mur edi hayvonlari.

Zulf kabi sunbuli xushbo`ylari,

Rohatijon erdi oqar suvlari.

“Tuya bilan Bo`taloq” masalidagi tabiat tasvirini ko`zdan kechiraylik:

Fasli tamuz erdi, havo ko`p isig`,

Yo`lda temurdek edi qumlar qiziq…

Gulxaniy voqea tasviriga ustalik bilan yumorga xos ruhni kiritadi. Masalan, yozuvchi Xolboqi misgarning “Ey tosh kemirgur nafas… meni namozxon aylading”, deb o`z nafsiga qilgan malomati, Muhammad Qosimning mardikor do`ppisini tortib olib: “Mening do`ppimning tovonini sen berursan” deb qilgan da`vosi, Yodgor po`stindo`zning “Chokdan musht o`tmasa yaxshi tikish” degan javobi engil kulgiga sabab bo`ladi. Bu hol muallifning yumordan ham ustalik bilan foydalana olish mahorat egasi ekanligidan dalaolat beradi.

“Zarbulmasal”ning kompozitsiyasi hikoya ichida hikoyalar san`atkorona ulanib kelgan ertaklarning kompozitsion qurilishiga o`xshab ketadi. Bir qator masallar asosan voqea bilan bog`lanadi, syujet qismlari (voqea tuguni, rivoji, kulminatsion nuqtasi va echimi) ixcham va bir butunlikni tashkil etadi.

Gulxaniy atoqli masalchi yozuvchidir. Butun hayotini mehnat bilan o`tkazgan Muhammad Sharif Gulxaniy mehnatkash xalq bilan birga bo`ldi, unga sodiq qoldi. O`z ijodini xalq hayotini, uning orzu-armonlarini aks ettirishga bag`ishladi.

Gulxaniy ijodining xalqchiligi shundaki, u xalqni talovchi xon va beklarni el va yurtga xarobalik keltirgan “boyqushlar”, “yapaloqlar” deb achchiq kulgi ostiga oladi.

Gulxaniy ijodi to`xtovsiz o`sib, rivojlanib borar ekan, shoir dastlabki izlanish davridagi saroy adabiyoti ta`sirida paydo bo`lgan qasidachilik va taqlidchilik illatlaridan qutulib boradi. Xalq hayoti va ijodi unga katta mahorat maktabi bo`ldi. Bu esa Gulxaniy ijodining g`oyaviy-badiiy takomilida o`z ifodasini topadi.

Gulxaniy o`zining “Zarbulmasal” asari bilan kamolot bosqichiga ko`tariladi. Bu asarida u real hayot voqealarini mavzu qilib oldi, ekspluatator guruhlarning hajviy obrazlarini yaratdi. Voqeiy epizodlarda o`z davri hayotining manzaralarini yanada aniqlashtirishga intildi.

“Zarbulmasal” da tanqid bilan kulgi, hajv bilan nasihat uyg`unlashib ketadi.

Gulxaniy o`zbek badiiy prozasining rivojiga katta hissa qo`shgan adib, mohir masalchidir. Uning xalq orasida keng shuhrat qozongan “Zarbulmasal”i hozir ham kitobxonlarning sevimli asarlaridan biri bo`lib kelmoqda. Bu asar o`quvchilarda boylar, xonlar yashagan muhitga qarshi nafrat va g`azabni uyg`otadi, ularni mehnat ahliga muhabbat, do`stlik, sadoqat, rostgo`ylik va to`g`rilik ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo`shadi.



Umuman olganda, Gulxaniy hozirgi o`zbek bolalar adabiyotining maydonga kelishida o`z asarlari bilan salmoqli o`rinni egallagan va hissa qo`shagan adibdir.


Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə