75
raqobat darajasi.
Mahsulot talabiga ta‟sir etuvchi omillarni quyidagi
guruhlarga ajratish
mumkin:
1.
Iste‟molchiga naflilik darajasi – qay darajada mahsulot iste‟molchi uchun
nafli bo„lsa, shu darajada uning narxi bozorda qimmat bo„lishi mumkin.
2.
Fan va texnika taraqqiyoti darajasi – talabga ta‟sir etuvchi omil sifatida
mahsulot narxining oshishi, qimmatbaho (premium)
mahsulot yaratilishini
ta‟minlaydi.
3.
Iste‟molchining to„lov qobiliyati – to„lov qobiliyatining o„sishi ba‟zi
mahsulotlarga bo„lgan talabning oshishi va ba‟zi arzon bo„lgan mahsulotlarga
bo„lgan talabning pasayishiga olib keladi. To„lov qobiliyatining pasayishi esa
aksincha ta‟sir etadi.
4.
O„rin bosuvchi mahsulotlarning narxining o„zgarishi – mahsulotning o„rin
bosuvchi va o„rin to„ldiruvchi mahsulotlari mavjud bo„lib, ularning narxining
o„zgarishi asosiy mahsulotga bo„lgan talabning oshishi yoki kamayishiga olib kelishi
mumkin.
5.
Talabning monopollik darajasi – ba‟zi mahsulotlar uchun iste‟molchilar
soni chegaralangan bo„ladi. Shuning oqibatida iste‟molchi
narxning shakllanishiga
kuchliroq ta‟sir etadi va narxning pasayishiga olib keladi.
6.
Bozor segmentidagi raqobat darajasi – bozor yoki segmentlardagi raqobat
darajasining kuchliligi talabning monopollashuviga, aksincha raqobatning yo„qligi
esa taklifning monopollashuviga olib kelishi mumkin.
Iste‟molchi va ishlab chiqaruvchi munosabatiga ta‟sir etuvchi omillarni
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.
Iqtisodiy davriylik makroiqtisodiy omil bo„lib, turg„unlik,
pasayish, pastki
nuqta, o„sish va yuqori cho„qqi davrlariga bo„linadi. Narx iqtisodiy davrlardan kelib
chiqib o„zgarib boradi. Yuqori cho„qqi davrida narx maksimal darajada bo„ladi,
76
o„sish davrida narx ham o„sib boradi, pastki nuqta esa narx eng past ko„rsatkichga
tushadi.
2.
Inflatsiya doimiy narxning o„sib borishiga olib keladi. Narx qisqa muddatga
tushishi yoki chiqishi mumkin, ammo umumiy tendensiyaga qaralganda, odatda,
narx o„sish tendentsiyasini ko„rsatadi.
3.
Talab va taklif muvozanatining qisqa muddatga buzilishi – siyosiy omillar,
iqtisodiy inqiroz yoki boshqa iqtisodiy-ijtimoiy omillar ta‟sirida
talab va taklif
muvozanati qisqa muddatga buzilishi mumkin. Natijada narxning keskin o„zgarishi
kuzatiladi.
4.
Davlatning narxlarga ta‟siri – davlat iqtisodiy faoliyatni nazorat qilishi va
boshqarishi mumkin. Davlatning bozorga erkinlik yaratib berish darajasidan kelib
chiqib, qisman yoki to„liq narxga ta‟sir qilishi mumkin.
5.
Tashqi savdo amalga oshiriladigan aloqa yo„llari – transport tashuvi,
vositachilik, distribyuterlik, ulgurji savdo va boshqa savdo kanallarining ta‟siri
hisobga olinadi.
Raqobat va narx o„zaro bir-biri bilan bog„liq tushunchalar. Raqobatchining
narx siyosatini kuzatish va hisobga olish lozim. Biroq
narx belgilashda faqat
raqobatchi narxiga moslashish yoki uni narxda yutish shart emas. Raqobatda
yutishning muhim omili narxda emas, balki mahsulot va xizmatlarning farq qilishi,
differensiatsiyasida. Narx janglari/poygasi esa ikki tomonning (raqobatchi va
sizning) zarariga ishlashi mumkin. Shuning uchun
eng yaxshi strategiya narx
janglari/poygasidan uzoqroq yurish. Uning o„rniga iste‟molchi uchun nafli, qiymati
yuqori mahsulot yaratishga bor kuchni sarflash lozim. To„g„ridan to„g„ri raqobatchi
paydo bo„lganda, qo„shimcha qiymat yaratish va unga qo„shimcha haq olish tavsiya
etiladi. Masalan: tezroq yetkazib berish, uzoqroq muddatga kafolat berish,
qo„shimcha xizmatlar ko„rsatish, servis sifatini oshirish.
Tannarxda yetakchilik qilish narx siyosatida muhim ahamiyatga ega. Shuning
uchun tannarxning oshishini kuzatib borish lozim.
Shuningdek, quyidagi choralarni
qo„llash tavsiya etiladi:
77
─ tannarxning o„zgarishiga nima ta‟sir qilganini aniqlash;
─ samaradorlik, unumdorlikka e‟tibor berish, optimizatsiyalash;
─ tannarxni arzonlashtirish uchun mahsulotni takomillashtirish va o„zgartirish
kiritish;
─ chegirmalar, kuponlarni nazorat qilish, unumli foydalanish;
─ mahsulot liniyasini diversifikatsiya qilish;
─ ba‟zi xomashyolarning narxini option, forward
va futures shartnomalari;
bilan narxlarning o„zgarish risklarini kamaytirish;
─ qo„shimcha qiymat yaratishga harakat qilish;
─ mahsulotni differensiatsiyalash;
─ narxni oz-ozdan oshirish.
Dostları ilə paylaş: