Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


  9-bob. NARX SIYOSATI VA STRATEGIYASI



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 


73 
9-bob. NARX SIYOSATI VA STRATEGIYASI 
 
9.1. Narx siyosati va strategiyasiga ta‟sir etuvchi omillar. Raqobat va narx. 
Qiymat yaratish yoki tannarxda yetakchilik qilish. 
 
Narx siyosati va strategiyasi – biznesning ajralmas qismi. Narxni to„g„ri 
belgilash biznesning rentabelligi foydaliligiga to„g„ridan to„g„ri ta‟sir qiladi. 
Shuningdek, brend imiji va narx o„zaro bir biri bilan bog„liq. Shuning uchun narx 
belgilashda faqat moliyaviy hisob kitoblar bilan emas, balki bozor qiymati bilan 
hisoblash lozim.
9.1-rasm. Biznesda narx bilan bog„liq muammoli holatlar
28
 
Narxlarga ta‟sir qiluvchi bir qancha omillar mavjud bo„lib, ularni 3 ta asosiy 
guruhga ajratish mumkin. Mahsulot taklifiga ta‟sir etuvchi omillar, talabiga ta‟sir 
etuvchi omillar, iste‟molchi va ishlab chiqaruvchi munosabatiga ta‟sir etuvchi 
omillarga bo„linadi. 
O„z navbatida, mahsulot taklifiga ta‟sir etuvchi omillarni ham guruhlarga 
ajratish mumkin:
1. Xarajatlar darajasi, ya‟ni bozor narxining quyi chegarasini belgilovchi 
omillar ishlab chiqarish va sotish xarajatlari bilan bog„liq. Chunki yalpi daromad 
yalpi xarajatlarni qoplagan taqdirdagina ishlab chiqarish va sotish o„rinli, aks holda, 
korxona zararga ishlaydi.
28
Remy Magneir-Watanabe, Entrepreneurship & Small Business Development, 2018, University of Tsukuba. 


74 
2. Fan va texnika taraqqiyoti darajasi, ya‟ni ishlab chiqarishdagi texnika va 
texnologiyalarning takomillashganlik darajasi bilan bog„liq. Bu omil tannarxni 
pasaytiruvchi omil hisoblanadi. 
3. Taklifning monopollik darajasi, ya‟ni sotuvchining bozor narxiga ta‟sir 
darajasi va narxni o„zi belgilash imkoniyati bilan bog„liq.
4. Sotuvchilarning narx siyosati. Korxona qaysi narx siyosatini olib borishdan 
kelib chiqib, uning bozordagi taklifga ta‟siri aniqlanadi. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə