Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


100 
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va 
topshiriqlar 
1. 
Moliyaviy menejmentning va rejalashtirishning ahamiyati hamda zarurati 
nimalardan iborat?
2. Yirik kompaniyalarda “agency problem” deb nomlanadigan muammo nimalarda 
namoyon bo„ladi? Uning moliyaviy menejment bilan bog„liqlik joyi nimada? 
 
 


101 
11-bob. INSON KAPITALINI SAMARALI BOSHQARISH 
 
11.1. Inson resurslari va inson kapitali. Motivatsiya va unumdorlik. Ishni 
samarali tashkil etish va mehnat taqsimoti 
 
Mehnat resurslari mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, 
iqtisodiy resurslarning tarkibiy unsuri. 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 
yoshgacha boʻlgan erkaklar mehnat resurslariga kiritiladi. Ammo yosh chegarasi 
ko„rsatkichlari davlatlarning qonunchiligidan kelib chiqib farqlanishi mumkin.
Mehnat resurslari soni miqdoriy ifoda boʻlsa, mehnat yoshidagilarning bilim 
saviyasi, malakasi, kasbiy mahorati va ishbilarmonligi uning sifatini yaratadi. Taʼlim-
tarbiya, malakani oshirish, sogʻliqni taʼminlash, uni mustahkamlash uchun sarflar 
inson kapitaliga investitsiya boʻlib, mehnat resurslarini takroran yaratishga xizmat 
qiladi. Mehnat resurslari mehnat bozori orqali taqsimlanadi. 
1920-yillardan fanda mehnat resurslari atamasi yuzaga keladi. Inson mehnat 
resurslari sifatida qaralganda ishlab chiqarish jarayonining bir qismi sifatida qaralib, 
mahsulot tannarxining bir qismi deb baholangan. Xodimlar faqat yo„riqnoma asosida 
faoliyat yuritib kelgan. Natijada kompaniya inqiroz vaqtida birinchilardan bo„lib 
xodimlarni qisqartirish va shu hisobiga tannarxni kamaytirish haqida o„ylagan. 1970-
yillardan esa mehnat resurslariga inson resurslari sifatida qarala boshlangan. 
Insonning malakali, yuqori bilim va ko„nikmalarga egaligi ish unumdorligining 
oshishi, sifat ko„rsatkichlarining yaxshilashiga to„g„ridan to„g„ri ta‟sir qilishi tushunib 
yetiladi. Xodimlarga nisbatan munosabat ijobiy tomonga o„zgaradi, yuqori malakali 
xodimlar yuqori qadrlanadi. Ammo hozirgi davrda mehnat/inson resurslari emas, 
balki inson kapitali/talentni menejment sifatida o„rganish inson kapitalining qadri 
yanada oshishiga olib keldi. Endilikda yaxshi xodimlarga kompaniyaning 
raqobatbardoshliligi va muvaffaqiyat kaliti sifatida qarash va ular uchun kurashish 
avj olmoqda. 


102 
Motivatsiya shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak 
shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va 
hissiyot, ideal va boshqa motivatsiyalar jumlasiga kiradi. Xatti-harakat va faoliyat 
motivlarining majmuasi motivatsiya deyiladi. Motiv ehtiyoj negizida vujudga keladi 
va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini 
taʼminlaydi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə