Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Kiruvchi va chiquvchi pul oqimlarini boshqarish. “Xavfli hudud” (the



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
10.2. Kiruvchi va chiquvchi pul oqimlarini boshqarish. “Xavfli hudud” (the 
valley of death)dan o„tib olish va barqaror pul oqimiga erishish 
 
Naqd pul oqimini boshqarish moliya va buxgalteriya menejmentining eng 
muammoli nuqtasi hisoblanadi. AQShning American Express Open Small Business 
Monitor tadqiqotiga ko„ra, AQShning 52 % kichik biznes vakillari naqd pul 
oqimlarini boshqarishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. 
Naqd pul oqimi menejmenti (cash management) kompaniya bir maromda 
faoliyat yuritishi uchun zarur pul oqimini prognozlash, yig„ish, investitsiya qilish
rejalashtirish va oqilona foydalanishdir.
Henry Ford 1903-yil 16-iyunida kompaniyani ishga tushirgan bo„lsa, 10-iyulga 
kelib, naqd pul yetishmasligi muammosiga uchraydi. Xomashyo va boshqa 
xarajatlarga pul sarflash natijasida balansida pul qolmaydi, avtomobelar esa hali 
sotilmagan. Yangi xarajatlar, ish haqi, soliqlar to„lash vaqti yaqinlashganda yangi 
investor kompaniyani inqirozdan saqlab qoladi, aks holda, Ford kompaniyasi naqd 
pul oqimi menejmentini to„g„ri yo„lga qo„ymaganligi uchun tanazzulga uchrashi 
mumkin bo„lgan.
Shuning uchun, ayniqsa, kompaniya yangi ishga tushgan vaqtda yetarlicha pul 
mablag„iga ega bo„lishi, pul oqimi muvozanatini bashorat qilish, rejalashtirish va 
monitoringini olib borish dolizarb hisoblanadi. Xavfli hududdan o„tib olgan 
kompaniya faoliyatini davom ettirib ketishi mumkin. 


97 
10.1-rasm. “Xavfli hudud” (The valley of death)
31
Naqd pul va foyda bir xil ko„rsatkichlar emas. Foyda kompaniyaning umumiy 
daromadlaridan umumiy xarajatlarini ayrish orqali aniqlanadi, naqd pul esa bu 
kompaniya ixtiyorida tayyor turgan bo„sh pul mablag„laridir. Naqd pul 
kompaniyaning likividlilik darajasini aniqlaydi hamda to„lovlarni o„z vaqtida 
to„lashni ta‟minlaydi. 
Pul oqimini bashorat qilishda, umuman, prognozlashda uchta optimistik, 
pessimistik va bo„lishi ehtimoli eng yuqori bo„lgan alternativ variantlar hisoblab 
chiqiladi.

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə