Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot


 Mahsulot tannarxini hisoblash. Zararsizlik nuqtasini hisoblash



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
9.3. Mahsulot tannarxini hisoblash. Zararsizlik nuqtasini hisoblash. 
Mahsulot tannarxi mahsulotni ishlab chiqarishga ketgan barcha sarf-
xarajatlarni o„z ichiga oladi. Zararsizlik nuqtasi esa mahsulot tannarxining qoplanish 
nuqtasi hisoblanib, qancha mahsulot ishlab chiqarilsa, xarajatlar qoplanishini 
aniqlash uchun qo„llaniladi.
Zararsizlik nuqtasini hisoblash formulasi: 
( )
Bu yerda: 
BE (breakeven) – zararsizlik nuqtasi; 
P (profit) – foyda/ustama; 
VC (variable cost) – o„zgaruvchan xarajat; 
FC (fixed cost) – o„zgarmas xarajat; 
Q (quantity) – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori/soni. 
Narx elastikligi bu mahsulot narxining o„zgarishi savdo hajmiga 
ta‟sirchanligini, ya‟ni narxning oshishi yoki tushishi qanchalik savdo hajmining 
oshishi yoki tushishiga olib kelishidir.
O„z navbatida, mahsulot turlaridan kelib chiqib, narxga ta‟sirchanlik darajasi 
turli xil bo„lishi mumkin. Quyidagi mahsulot turlari mavjud: 
O„rin bosuvchi mahsulot (Substitute goods). Bir-birining o„rnini bosuvchi 
mahsulotlar bo„lib, birining narxi oshsa, ikkinchisiga bo„lgan talab oshadi. Masalan: 
shartbatning narxi oshsa, xaridor uning o„rniga gazlangan ichimlik yoki suv xarid 
qiladi. Neft narxi qimmatlashsa, bioyoqilg„iga talab oshadi. 
O„rin to„ldiruvchi mahsulot (Complementary goods). Asosiy mahsulot bilan 
birga foydalaniladigan mahsulot bo„lib, birining narxi oshsa, ikkala mahsulotga 


88 
bo„lgan talab kamayadi. Masalan: printerning narxi oshsa, printer va kartrejga 
bo„lgan talab kamayadi.
Normal mahsulot (Normal goods) iste‟molchi daromadi oshgani sari 
mahsulotga bo„lgan talab oshadigan mahsulotlar. Masalan: haqiqiy (origenal), brend, 
sifati yuqori, qo„shimcha qiymatga ega mahsulotlar (100 % paxta yoki ipakdan 
kiyim, sifatli charmdan poyavzal).
Sifatsiz mahsulotlar (Inferior goods) iste‟molchi daromadi oshgani sari 
mahsulotga bo„lgan talab kamayadigan mahsulotlar. Masalan: qalbaki mahsulotlar, 
sifati qoniqarli, ammo uzoq muddatga mo„ljallanmagan mahsulotlar (sintetik kiyim, 
germantin poyavzal).
Birinchi navbatda zarur mahsulotlar (Necessities) inson yashashi uchun zarur 
eng muhum mahsulotdir. Masalan: non, tuz, suv va hokazo. 
Taklif ham talab singari narxga ta‟sirchan hisoblanadi. Agar mahsulotning 
narxi qimmat bo„lsa, boshqa ishlab chiqaruvchilar ham aynan shu mahsulotni ishlab 
chiqarishga harakat qiladi. Ishlab chiqaruvchining o„zi esa ishlab chiqarish quvvatini 
oshirishga harakat qiladi. Masalan: qishloq xo„jaligi mahsuloti – kartoshkaning narxi 
oshdi, deb faraz qilaylik. Unda fermer ko„proq kartoshka yetishtirishga harakat 
qiladi va boshqa poliz ekinlari o„rniga ham kartoshka ekadi. Kartoshka narxi yana 
ham keskin oshib ketsa, fermer yana boshqa yer maydonlarini o„zlashtirib, 
unumdorligi past bo„lgan yerlarga ham kartoshka ekadi. Demak, mahsulot narxi 
oshsa, taklif hajmi ham ortib boradi, talab esa pasayadi. Ammo shu o„rinda savol 
tug„iladi, agar mahsulotlarning narxi bir xil darajada qimmatlashsa, unga bo„lgan 
talab ham bir xil darajada o„zgaradimi yoki qay darajada o„zgaradi? Masalan: agar 
sut narxi 3 barobar qimmatlashsa, 1 litr sut 800 so„mdan 2400 so„mga oshsa, xaridor 
sutni kamroq iste‟mol qiladi. Shuningdek, 1 litr “Coca cola” narxi ham 3 barobar 
oshib, 1000 so„mdan 3000 so„mga qimmatlashsa, xaridor “Coca cola”ni sotib olishni 
kamaytiradi. Ammo narx ikki mahsulot uchun bir xilda qimmatlashgan taqdirda ham 
sut iste‟moli nisbatan kam miqdorda qisqaradi. Buning sababi, inson “Coca cola”siz 
yashashi mumkin, ammo kundalik hayotda sut iste‟molisiz yashashi qiyinroq. 


89 
Demak, narxga ta‟sirchanlik darajasi sut mahsulotida “Coca cola”ga nisbatan 
kamroq degan xulosaga kelish mumkin. Narxning o„zgarishi natijasida talab keskin 
o„zgarsa, mahsulotga bo„lgan talab elastik hisoblanadi, ya‟ni talabning narxga 
ta‟sirchanligi yuqori bo„ladi. Yuqoridagi misolda “Coca cola”ning narxi elastikdir.
Agar mahsulot narxi qimmatlashsa, savdo hajmi keskin kamaysa, bu 
mahsulotga talab elastik hisoblanadi. Agar mahsulot narxi qimmatlashsa, savdo 
hajmi o„zgarmasa yoki ozroq miqdorga kamaysa, bu mahsulotga bo„lgan talab 
noelastik hisoblanadi.
Mahsulotlarga talab noelastik bo„lishining quyidagi sabablari mavjud: 
1.
agar mahsulot, birinchi navbatda, zarur mahsulot bo„lsa (necessities). 
Masalan: non, tuz, suv; 
2.
agar mahsulotning o„rin bosuvchi mahsulotini topish qiyin bo„lsa (boshqa 
turdagi mahsulot iste‟moliga o„tish qiyin bo„lsa); 
3.
agar nisbatan arzon mahsulot bo„lsa. Masalan: 50 so„mlik mahsulot 3 
barobar oshganda 150 so„mga aylanadi, farq 100 so„m, 100 000 so„mlik mahsulot 3 
barobar oshganda 300 000 so„mga aylanadi, farq 200 000 so„m. 100 so„m 200 000 
so„mga nisbatan xaridor quvvatiga kamroq ta‟sir qiladi. Demak, arzon mahsulotning 
narxi bir necha barobar oshishi ham talabga katta ta‟sir qilmaydi;
4.
agar xaridni kechroqqa qoldirishning imkoni bo„lmasa. Masalan: avtomobil 
yoqilg„isi tugayotganda, haydovchi yoqilg„ini yoqilg„i quyish shaxobchasining 
belgilagan tijorat narxida olishga majbur bo„ladi. Narxning qimmat yoki arzon 
bo„lishi mazkur holda ikkinchi darajaga aylanadi. 
Narx o„zgarishining talab miqdoriga ta‟sirini hisoblash uchun umumiy 
o„lchov birligiga tenglashtirib olishimiz lozim. Bunda raqamlarni foiz yoki 
proporsiya ko„rinishiga keltirib, talabning narx elastikligini topamiz. 
Talabning narx elastikligini topishda quyidagi formuladan foydalaniladi: 
Bu yerda: 
ε (grekcha harf “epsilon”) – elastiklik; 


90 
Δ (grekcha harf “delta”) – o„zgarish ko„rsatkichi; 
Q (inglizcha quantity) – miqdor / son; 
P (inglizcha price) – narx; 
d (inglizcha demond) – talabni anglatadi. 
Masalan:
Pista yog„ining narxi 40 foizga qimmatlashganda, unga bo„lgan talab 10 
foizga tushdi. Talabning narx elastikligini topish formulasiga qo„yib elastiklikni 
topamiz: 
−10%/40% = −0,25 
Zaytun yog„ining narxi 5 foizga arzonlashganda, unga bo„lgan talab 15 foizga 
oshdi. Talabning narx elastikligini topish formulasiga qo„yib, elastiklikni topamiz: 
15%/−5% = −3 
Endi bizda pista yog„i uchun −0.25, zaytun yog„i uchun –3 raqamlari mavjud. 
Ammo bu raqamlar nimani anglatadi? Biz uchun raqamning musbat yoki manfiy 
ekanligi emas, balki uning 0 (nol)dan katta yoki kichikligi muhum, chunki u 
mahsulotga bo„lgan talabning elastik yoki noelastikligini ko„rsatadi.
Agar bo„linma (natija) 1 dan katta bo„lsa (ε > 1), mahsulot narxi elastik 
(elastic) hisoblanadi. Ya‟ni narxning kam miqdordagi o„zgarishi ham talabga katta 
ta‟sir etadi. 
Agar bo„linma (natija) 1 dan kichik bo„lsa (ε < 1), mahsulot narxi noelastik 
(inelastic) hisoblanadi. Ya‟ni narxning ko„p miqdordagi o„zgarishi ham talabga kam 
ta‟sir etadi.
Agar bo„linma (natija) 0 ga teng bo„lsa (ε = 0), mahsulot narxi to„liq noelastik
(totally inelastic) hisoblanadi. Ya‟ni narxning o„zgarishi talab miqdoriga ta‟sir 
qilmaydi.
Agar bo

linma (natija) 

ga teng bo

lsa (
ε


), mahsulot narxi cheksiz 
elastik (infinitily elastic) hisoblanadi. Ya‟ni narx o„zgarmagan taqdirda ham talab 
oshib boradi.


91 
Agar bo„linma (natija) 1 ga teng bo„lsa (ε = 1), mahsulot narxi birlik elastik
(unit elastic) hisoblanadi. Ya‟ni narxning bir birlik o„zgarishi talabning bir birlik 
o„zgarishiga olib keladi, talab va narx bir xil proporsiyada o„zgaradi. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə