Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi biznes muhiti: nazariya va amaliyot



Yüklə 3,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/59
tarix17.09.2023
ölçüsü3,64 Mb.
#122200
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59
ARM Axmedov D Q Biznes muhiti nazariya va amaliyot O\' q 2019

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


92 
Talaba bilimini nazorat qilish hamda mustahkamlashga oid savol va 
topshiriqlar 
1. 
Narx strategiyalari matritsasiga misol keltiring. Doim bir xil narx 
strategiyasidan foydalanib bo„ladimi?
2. Zararsizlik nuqtasini bilish nimaga kerak? Undan qachon foydalanasiz? 
 
 


93 
10-bob. SAMARALI MOLIYA VA PUL OQIMINI REJALASHTIRISH 
 
10.1. Moliyaviy menejment. Moliyaviy hisobot. Asosiy moliyaviy koeffitsiyentlar. 
Likvidlilik va qarzdorlilik 
Moliyaviy menejment korxonalarda moliyaviy resurslar va kapitallarni 
boshqarish hisoblanadi. Moliyaviy menejment faoliyat turi sifatida 2 ta yirik sohani 
o„z ichiga oladi: 
─ Korxona rahbariyati tomonidan qarorlar asosida moliyaviy resurslar va 
kapitallarni boshqarishni o„z ichiga oluvchi ichki xo„jalik faoliyati; 
─ Korxona va boshqa xo„jalik subyektlari o„rtasidagi moliyaviy 
munosabatlarni o„rnatish jarayonidagi amalga oshiriladigan moliyaviy resurslar va 
kapitallarni boshqarishning tashkiliy jarayoni. 
Moliyaviy menejment korxonalar moliyaviy faoliyatida moliyaviy resurslardan 
foydalanish va ulardan foydalanishning samarali yo„nalishlarini tanlab olishni o„z 
ichiga oladi. O„z navbatida bu jarayon tahlil, rejalashtirish, boshqaruv, moliyaviy 
qaror qabul qilish jarayoni bilan bog„liqdir.
Boshqaruvdagi moliyaviy mexanizmning amal qilishi moliyaviy ko„rsatkichlar 
va jarayonlar haqidagi tahliliy va rejali axborotlarni shakllantirish, o„rganish va 
tartibga solish bilan uzviy ravishda bog„liq bo„ladi. Aksariyat hollarda moliyaviy 
rejalashtirish va moliyaviy tahlil korxonada amalga oshirilayotgan moliyaviy 
ishlarning mustaqil sohalari ham hisoblanadi. Joriy va operativ moliyaviy ishlar esa 
o„z navbatida rejalashtirish va tahlilga asoslanadi. 
Moliyaviy instrument tushunchasini soddalashtirilgan talqinida uch asosiy 
kategoriyalarga ajratish mumkin:
─ pul mablag„lari (kassadagi mablag„lar, hisob raqamidagi mablag„lar, valuta 
resurslari);
─ kredit instrumentlari (obligatsiyalar, qarzlar va shu kabilar); 
─ qimmatli qog„ozlar bozoridagi moliyaviy instrumentlar (aksiya). 


94 
Moliyani boshqarishda bir nechta umumiy xususiyatga ega bo„lgan funksional 
elementlar mavjud: 
1. Rejalashtirish. 
2. Operativ boshqarish. 
3. Nazorat/monitoring. 
Moliyani boshqarishda funksional elementlar ichida asosiy o„rinni 
rejalashtirish tashkil qiladi. Sababi, rejalashtirishda subyekt har tomonlama o„zining 
moliyaviy holatini baholay oladi, ya‟ni moliyaviy resurslarning qanday holatdaligi, 
qancha mablag„ zarurligi, balansning saldosi, zaruriy mablag„ manbayi nimaligi, 
qancha vaqtda investitisiyalar o„zini oqlashi, pul oqimi qanday tashkil etilishi va 
hokazo.
Operativ boshqarish minimal xarajat qilib, maksimal samaraga erishish, 
moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish hamda moliyaviy resurslarni yuqori 
samara olish maqsadida qayta taqsimlashga qaratilgan kompleks ishlar yig„indisidir. 
Operativ boshqarish vaziyatdan kelib chiqib o„zgarishi, tashqi va ichki biznes 
muhitiga moslashishi mumkin.
Nazorat/monitoring boshqaruv elementi sifatida bir vaqtning o„zida moliyani 
rejalashtirishda hamda operativ boshqarishda qo„llaniladi. Nazorat/monitoring 
haqiqiy erishilgan natija bilan rejadagi ko„rsatkichlarni taqqoslashga yordam beradi. 
Bu orqali reja yoki operativ boshqaruvning qanchalik real va samarali ekanligini 
baholash va tegishli choralarni vaqtida tatbiq qilish, o„zgaruvchan tashqi va ichki 
biznes muhitiga moslashish imkonini beradi. 
Moliyaviy boshqarishda strategik va operativ boshqarish bir-biridan farq qiladi. 
Moliyaviy menejmentda strategik boshqarish uzoq muddatli loyihalar va rejalarni 
o„zida aks ettiradi. Uning asosida operativ moliyaviy boshqaruv yo„lga qo„yiladi.
Moliyaviy reja korxonaning daromad va xarajatlarini bog„lovchi, oldindan 
qo„yilgan moliyaviy maqsadlarga erishish usullarini tavsiflovchi hujjatdir. Moliyaviy 
rejalashtirish jarayonida korxonaning moliyaviy maqsadlari aniqlanadi, korxonaning 
joriy moliyaviy holatiga o„rnatilgan maqsadlarning muvofiq kelish darajasi 


95 
o„rganiladi, belgilangan maqsadlarga erishishga yo„naltirilgan harakatlar ketma- 
ketligi tuzib chiqiladi. 
Balans hisoboti kompaniya buxgalteriya hisobotining asosiy shakli boʻlib, 
muayyan sana uchun kapitalni shakllantirish manbalari va kapital qoʻyilmalar 
yoʻnalishini tavsiflaydi. Ikkitomonlama jadval shaklida tuziladi; uning chap qismi 
(aktiv)da kapital tarkibi va uning joylashtirilishi toʻgʻrisida maʼlumotlar, oʻng qismi 
(passiv)da kapital manbalari koʻrsatiladi. Aktivda asosiy va aylanma kapital 
koʻrsatkichlari, passivda oʻziniki boʻlgan va jalb etilgan kapital tuzilmasi va 
miqdorlari beriladi. Juda batafsil tuziladigan ichki balans kompaniya boshqaruvi 
tomonidan kompaniya faoliyatini rejalashtirish va boshqarishda, filiallar ishini 
nazorat qilishda foydalaniladi.
Tashqi balans tashqi hisobotning boshqa shakllari bilan birga kompaniya 
faoliyati toʻgʻrisida toʻliq va ochiq axborot hisoblanadi. Davlat soliq va tegishli 
tashkilotlar, fond birjalariga taqdim etiladi, aksiyadorlar oʻrtasida tarqatiladi, maxsus 
maʼlumotnomalarda eʼlon qilinadi. Tijorat-savdo sirini saqlash maqsadlarida 
kompaniyalar balansida rasman ruxsat etilgan modda (band)larni guruhlash va 
umumlashtirishdan keng foydalaniladi (qisqa balans). Kompaniyalarning moliyaviy 
hisoboti hisobot topshirishning majburiy shakli hisoblanadi. Unga quyidagilar kiradi: 
kompaniyaning umumiy balansi; foyda va koʻrilgan zarar toʻgʻrisida hisobot; pul 
mablagʻlari harakati toʻgʻrisida hisobot va kompaniya rahbariyatining umumiy 
majlisda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun kompaniya paychilari yoki aksiyadorlari 
eʼtiboriga havola etiladigan yillik hisoboti. 
Likvidlilik ─ aktivlarning bozor narxiga yaqin boʻlgan narxda tezlik bilan 
sotilish qobiliyati. Aktivlar yuqori likvidli, past likvidli va likvidsiz turlarga boʻlinadi. 
Rentabellik (nem. rentabel ─ daromadli, foydali) ─ korxona yoki tadbirkorlikning 
daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning 
samaradorligi. Rentabellik ─ korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy 
natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. Rentabellik foyda olib 
ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib 


96 
foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashina-uskuna, binolar, 
inshootlar, xomashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ishchi kuchi va 
hokazolarni sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija 
berganligini bilish uchun rentabellikning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi. 

Yüklə 3,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə