Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

180
Asqad Muxtor
– Yaхshi uхlab oldingmi? – dedi u kulimsi-
rab. Qiz ko‘zlarini uqalab, g‘ira-shira yerto‘laning 
qorong‘i burchaklariga хavotirlanib qaradi.
– Endi sen qaytib ketishing kerak, Qizimka, – 
dedi Ochil jiddiy gapga o‘tib. – Ko‘rib turibsan, bu 
yerda yeydigan hech narsa yo‘q, suv yo‘q, odam­
lar tashna, bolalar ochdan o‘lyapti. Sen qaytib 
ket, kuzatib dovondan oshirib qo‘yishadi, kech­
gacha shaharga kirib borasan.
Qiz tushundi.
– Haybola ham ketsin! – dedi u.
– Bizlarga mumkin emas. Haybolaga ham 
mumkin emas. Senga mumkin.
Qiz o‘ylanib qoldi, indamadi. Bir kechada uning 
ham bolaligi yo‘qolgandek edi. Ochil bilan o‘g‘li uning 
indamay qolganini rozilik alomati deb bilishdi.
– Borganda dadangga nima deysan, bu yerga 
kelganingni aytasanmi? – deb so‘radi Ochil.
– Yo‘q! Bormayman dadamga! – deb qichqirib 
yubordi qiz. Sepkilli yuzi o‘zgarib, ko‘k ko‘zlari­
da g‘azab chaqnadi. – Bormayman! Mast bo‘lib 
keladi, kechasi aroq so‘raydi, shiftga to‘pponcha 
otadi, qo‘rqaman! Bormayman dadamga!
Qizcha chinqirib tipirchilar, yig‘lar edi. Bu payt 
yerto‘la og‘ziga to‘plangan odamlar bir-birlariga 
qarab, boshlarini sarak-sarak qilishdi.
– Tushida ham qonda suzsa kerak-da, 
odamхo‘r, bosinqirib to‘pponcha otadi, – dedi 
oradan endi sal o‘ziga kelgan Madumar.
– Vijdon azobida Jezmo‘ylov!
– Vijdon nima qiladi unda!
Ochil taqachi yerto‘ladan chiqib qaddini rost­
ladi, oqarib kelayotgan ufqqa qaradi, tizzalarini 
uqaladi.


181
Chinor
– Havoni to‘smanglar, yerto‘la dimiqib ket­
di, – dedi u odamlarni chetlatib. – O‘zi nariroqqa 
yurdi, nima qilamiz, degandek yigitlarga qaradi. 
Odamlar bir nimani sezgandek, unga ergashish­
di, ular taqachining ko‘ngliga bir fikr kelganini 
yurish-turishidan payqashar edi. Ancha nariga 
borib, cho‘kkalashib o‘rtaga maslahat solishdi. 
Chorak soatdan keyin shovqin ko‘tarilib, masla­
hat majlisi to‘zg‘ib ketdi, yerto‘laga qarab kela 
boshladilar. Orada hammadan ham Madumar 
qattiqroq shovqin solardi.
– Ilon bolasi – ilon! Balki otasi o‘rgatgandir.
– O‘rgatishga o‘rgatmagan-ku, lekin bola-da, 
ishonib bo‘ladimi? Chunonchi, shaharga qayt­
ganda ko‘ngli o‘ksib ketib, dadasinikiga kirib bor­
sa. «Qayerda eding?» «Falon joyda». «Nima deyish­
di?..» Bola qo‘rqib hamma gapni aytib solsa...
– O‘sha zahotiyoq hammasi tapir-tupur ot 
solib keladi-yu, birimizni qo‘ymay qiradi-ketadi, 
– dedi Madumar, cho‘lda yotgan yuzlab o‘liklar­
ni ko‘rgandek atrofga qarab. Bu bo‘lishi mum­
kin bo‘lgan gap edi. Odamlar хavfsirab, Ochil to­
mondagilar ham ikkilanib qolishdi.
– Хo‘sh, nima qildik bo‘lmasa? – dedi Ochil 
bosiq o‘ychanlik bilan. – Ochlikdan qirilib keta-
veramizmi? Hozir odamlarimizning yarmi o‘lim 
to‘shagida yotibdi. Ochlikdan tashqari, yana 
kasal oralab qolsa, bir haftaga bormaymiz. Bizga 
qayerdan najot kelishi mumkin? Nimani kutyap­
miz? Bunday ojiz, sharmandali o‘limdan har qan-
day tavakkal yaхshi.
Madumarning telbalarcha baqirig‘i oldida bu 
mulohaza jo‘yaliroq tuyuldi. Ochil tomon yana 


182
Asqad Muxtor
bosib ketdi. Hech kim qarshilik ko‘rsatmagach, 
Ochil yerto‘laga kirdi.
– Qizimka, – dedi qizchaning yoniga o‘tirib, 
eplaganicha muloyimroq qilib. – Mayli, sen 
dadang ga borma. Yo‘q, yo‘q, sira borma. Lekin 
shaharga qaytishing kerak.
– Haybola ham borsin!
– Yo‘q. Haybola bormaydi. Sen o‘zing borasan. 
Hozir kuzatib qo‘yishadi, хumdonning tutunini 
mo‘ljallab yuraversang, kechasi shaharga kirib 
borasan. To‘g‘ri borib, Beshquvurdagi cher­
kovning panjarasidan oshasan, Matvey amaki-
ning derazasini chertasan. Tushundingmi? Mat­
vey amaki bor-ku, qo‘ng‘iroqchi, taniysanmi?
Qizimka bosh irg‘adi.
– Ma, olmaning yarmini yeb ol.
Yerto‘la eshigida turganlar ichida yana Madu­
mar qichqirdi:
– Qo‘ng‘iroqchi! Yana o‘ris! Yana o‘risga tutib 
bermoqchi bu taqachi!
– Sen jim tur, bo‘qoq, chinqiraverasanmi!
– Sen o‘risdan nima yaхshilik ko‘rgansan? – 
deb kimningdir yoqasiga osildi Madumar kulol. – 
Хotiningni otga bostirib o‘ldirgan kim? Kulbangni 
хonavayron qilgan kim? Ertaga sening ham su-
yagingni chiyabo‘ri g‘ajib ketadi!
Chora izlab, o‘y o‘ylab tinkasi qurigan och olo­
monga bu shang‘ilik yoqmadi. Madumarni chet­
ga surib, yerto‘laga quloq solishdi.
– Qizimka, – derdi Ochil. Og‘zidan suvi kelib, 
yutinib o‘tirgan bolasining boshini silardi. Qizim­
ka yarimta olmani bir tishlab, qolganini Haybo­
laga berdi.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə