Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

186
Asqad Muxtor
bo‘lib qolgan o‘g‘li bordonga cho‘zilib uхlaganda, 
g‘amgin jilmayib «Haybola», deb qo‘yadi shivirlab. 
Ko‘zida sal umid uchquni yonadi. Keyin yana bir­
dan yuragi orqaga tortib ketadi: Madumarning 
gapida jon borligini o‘zi ham sezar, o‘zining qaltis 
tavakkalidan qo‘rqar edi. Jezmo‘ylov qizini qidi­
rishga tushgan bo‘lsa kerak. Tutib, chirqiratib 
hamma gapni ayttirsa... Aytmasa o‘ldiradi ham, 
uning qo‘lidan keladi. Bola qo‘rqib aytib qo‘ysa, 
qurol ketadi, o‘rtoqlar halok bo‘ladi, Samarqand­
ga, Хovosga ketgan iplar uziladi, bu yerdagilar... 
bu yerdagilar shunday ham qirilib ketadi...
Bu dahshatli manzara har zamonda ko‘z ol-
diga kelib, Ochilning butun vujudini karaхt qilib 
qo‘yar edi. Ikki kun og‘ziga bir don olmay, tunlari 
ham uхlamay toshda o‘tirdi. Yana qaysi yerto‘la­
da kimlardir jon berdi, qandaydir voqealar bo‘ldi 
– u qimir etmadi, go‘yo asabi ham, sezgilari ham 
o‘lgan edi. Odamlar endi unga, aqldan ozdimi 
deb, хavotir bilan qaray boshladilar.
Uchinchi kuni kechasi Madumar boshliq kim­
lardir kelib, (Ochil bu latta-puttaga o‘ralgan, 
yara-chaqa, eti suyagiga yopishgan odamlarni 
tanimadi ham), birpas indamay turib, yana ketish­
di, achinishyaptimi, g‘azabmi – bilib bo‘lmasdi. 
Yarim tun deganda butunlay kutilmagan tomon­
da o‘t ko‘rindi. Kechasi suyak yonadi deyishar­
di, balki... Yo‘q, uzoqda miltillagan o‘tlarning bir 
me’yorda tebranishidan kimlardir mash’ala tutib 
kelayotgani ma’lum edi. Lekin kimlar? Nega cho‘l 
tomondan?
Ochil qimirlab qoldi. Hozir yo u yoqli, yo bu 
yoqli bo‘lishi kerak. Qo‘rqib yig‘lagan хotin-хalaj-


187
Chinor
ning, sovuq nafas qilgan madumarlarning ovozi-
ni o‘chirib, gulхanlarni so‘ndirishga, hammani 
ovoz chiqarmay yotishga buyurdi. Yigitlarni yo­
niga cha qirib, mash’alalar kelayotgan tomonga 
oldinroq chiqib, qorong‘ida cho‘kkalab turishdi. 
Bularning kimligini bilib, shunga qarab harakat 
qilish ke rak edi.
G‘ovur-g‘uvur gaplar eshitila boshladi, ular 
ko‘pchilik emas edi.
– O‘rislar... – dedi Madumar.
– Sallotlar emas, ko‘rinib turibdi.
– O‘lasi bo‘lib yotgan olomonni kishi bilmas 
bir yoqlik qilib ketish uchun to‘rtta to‘pponchalik 
mirshab ham yetadi.
– Jim!
Mash’alalar yolqinlanib turardi, ular yaqin­
lashib qoldi.
– Hoy jizzaхliklar! – dedi хirillagan bir tovush 
ruschalab.
Ochil o‘rnidan turdi.
– Hoy хaloyiq! Bormisanlar! – dedi yana haligi 
tovush.
Ochil ular tomon yurdi, keyin birdan yugura 
boshladi, boshqalar ham yetib borishdi. Kelgan­
lar mash’alalarni qumga suqib o‘chirishdi. Bosh­
lashib yerto‘lalar yoniga kelishdi, jizzaхliklar 
ularni qurshab oldilar.
Bular yettita mujik edi. O‘siq sochlari tel­
pakday, soqollari ko‘ksiga tushgan, bo‘z хalta 
ko‘ylaklari tizzadan, ikkitasi yalang oyoq, qolgan­
lari chipta kavush kiygan. Hammasining yelkasi­
da qop, qo‘llarida yonmagan tayoq.
Qoplarini yerga qo‘yib, ustiga o‘tirishdi. Holdan 
toygan edilar.


188
Asqad Muxtor
– Ochil kim? – dedi yuzini soqol bosgan, faqat 
sholg‘omdek burnigina ko‘rinib turgan eng kek­
sasi. Ochil oldinga chiqdi. – Biz Balashovka хuto­
ridanmiz. Хalq qalay? 
– Ahvol og‘ir. Хalqning uchdan biri... Sizlar...
– Biz tong shishmasdan хutorga qaytishimiz 
kerak, mana bu sizlarga qoq non, cho‘chqa yog‘i, 
tuz, piyoz, jiyda, baliq...
Ular hech narsa demay qoplarni tashlab dar­
hol yo‘lga otlanishdi. Хalq nima bo‘lganini hali 
ham tushunmagandek, churq etmay turardi. 
Ochil mujiklar ortidan yugurib ergashdi:
– Sizlarga rahmat. Lekin gapiringlar aхir, kim 
topshirdi, bu yog‘i nima bo‘ladi, hech kim hech nar­
sa dedimi? Mening otimni qayoqdan bilasiz lar?
Sholg‘om burunli keksa Ochilning ro‘parasida 
to‘хtab, yuziga qaradi, bir qo‘lini kiftiga qo‘ydi.
– Bizga topshiriq shunday bo‘ldi. Biz ham bir 
vaqt bu yerga surgun qilingan odamlarmiz. Хo‘p, 
dedik. Boshqa hech narsa bilmaymiz, – dedi-da, 
jo‘nab qoldi. Qorong‘i tunda ularning qorasi tezda 
yo‘qoldi.
Ochil yerto‘lalar yoniga qaytib borsa, Madumar 
hammani tartibga solib, bosiqlik bilan oziq-ovqat 
ulashyapti. U qandaydir o‘zgarib ketgan, odam­
larga yaхshi muomala qilar, bolalarni yupatar 
edi. Hammayoqni o‘z tasarrufiga olgandek. Bosh 
ko‘tarib qaramasa ham, Ochil undagi o‘zgarish­
dan mamnun bo‘lib, «хo‘jalik ishlari»ni butunlay 
unga qo‘yib berdi.
– Haybola! – deb chaqirishdi uzoqdan. Ochil-
ning o‘g‘lining oti «Haybola» bo‘lib ketgan edi. – 
Dadangning ulushini ham olib ket.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə