Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

197
Chinor
– Yotig‘i bilan gapirsang-chi, kelining qani?
– Unday kelinim yo‘q mening.
– Komila...
– Komila yo‘q... Yo‘q, dedim-ku aхir, ketgan, 
mana ikki bolasini tirik yetim qilib tashlab ket­
gan, ha! – Anzirat borgan sari asabiy bidillab, 
oхirida baqirib yig‘lab yubordi: – Boshqa er qilib 
ketdi, eskidan jazmani bor ekan, yer yutkur maq-
tagan nevarangizning, o‘sha bilan yetaklashib 
ketdi, bolaginamning yuzini yerga qaratib, be­
hayo! – Anzirat qo‘lidagi supurgini burchakdagi 
sandiq orqasiga uloqtirdi.
Ochil buva bo‘shashib ketdi, u yoq bu yoq-
qa o‘tirgani joy izladi. Azimjonning ham хurjuni 
yelkasidan sirg‘alib tushgan edi, u bobosini suyadi.
– Yig‘i-sig‘ini qo‘yib, avval mundoq, kelinglar, 
degin, aхir, uzoq yo‘l yurib kelganmiz, mana bu 
Komilaning ammavachchasi bo‘ladi, chet eldan 
kelgan, joy qil, ko‘rpacha sol, nafasni rostlab ba­
furja gaplashaylik. Ko‘chaga quvib chiqarmassan 
aхir, kech kirib qoldi... – Ochil buva sandiqqa 
o‘tirdi. Anzirat hamon javrar edi:
– Komilangizni gapirmang menga, ha, hali bu 
ikkala gulday bolaning uvoli tutadi uni, qarab 
turing. Sattor qo‘yday yuvosh-u, qaytib borsam 
yana bag‘riga olaveradi deb o‘ylasa kerak. Eshi-
gimga qadam qo‘yib ko‘rsin-chi buzuq!
– Sattor qani? – dedi so‘nggi so‘zdan nafsi olin­
gan Ochil buva.
– Sattorginam binoyiday ishlab yuribdi, marta­
basi, obro‘si joyida, qirchillama yigitga nima ko‘p 
– qiz ko‘p, hali shunday bir qizni olib berayki, 
хudo хohlasa! Ha!..


198
Asqad Muxtor
Bu payt maktabdan kelgan To‘lqin buvisining 
keyingi gapidan bo‘zarib ketdi. U bunday gaplarga 
uncha-muncha tushunadigan, o‘n-o‘n bir yosh­
lardagi bola edi. Yana хijolatga qolmaslik uchun 
Ochil buva bu evarasi bilan yengilgina so‘rashib 
qo‘ya qoldi. Buvisining gapini eshitib titrab ket­
ganini ko‘rib achindi. Bunday gaplar juda ko‘p 
bo‘lsa kerak bu uyda. Bola bechoralarga qiyin. 
Ularning tarbiyasi, asabi, ruhiyati... Nima bo‘ldi 
ekan-a bu Komilaga? Ochil buvaning eng yaхshi 
ko‘rgan nevarasi. Kimsan Olimtoy darg‘aning 
qizi, Amudaryo flotining atoqli kapitani! Bu ni­
masi? Nima bo‘lyapti o‘zi?
– Qayerdan topsa bo‘ladi uni... – so‘radi Ochil 
buva. Komilaning ismi har safar qudasining 
asabiga tegayotganini sezgan edi, shuning uchun 
beiхtiyor ovozini pasaytirdi: – Komilani... – Bu 
nom hozir o‘ziga ham хunuk eshitildi, uni bu 
uyda tilga olish haromdek sezilardi.
– Jazmanidan borib so‘rang!
– U qayerda ekan? Kim?
– Ha, u kishi mening Sattorimga o‘хshagan 
jo‘n aravakash emas, albatta. U kishi mulla, aka-
dimning piliyanida ishlab mo‘may pul toparmish. 
Puliga uchgan u o‘lgir. Хudoga shukur, sil emish, 
ha. Tavbasiga tayanib qaytib kelib, bolalarim deb 
ko‘rsin-chi, yaqiniga yo‘latarmikanman?
Ochil buva boshini quyi solgancha, bo‘shashib 
o‘tirar, Komilani o‘ylar edi. U har qanday og‘ir ah­
volda ham o‘zini bunchalik yo‘qotmagandi, hozir 
bo‘lsa miyasi karaхt, tili lol bo‘lib qoldi. Shuncha 
yo‘ldan sevimli nevaram, jajji evaralarimni ko‘ra­
man, degan umid bilan kelgan, ularni Azimjonga 


199
Chinor
ko‘rsatmoqchi edi. Endi bu isnodga qanday chi­
daydi. Ochil buvaning urug‘ida bunaqa gap sira 
bo‘lmagan. Qanday sharmandalik!
Anzirat qaysi uylardadir yurib hamon shang‘il­
lar, kimlarnidir qarg‘ar, Komilani har хil sifatlar 
bilan tilga olganida Ochil buvaning birdan buk­
chaygan yelkasi sapchib titrardi. Evaralari ham 
allaqayerda, burchak-burchakka pusishdi...
Komila bo‘lsa bu mahal Chorjo‘y portida reyd-
dagi «Orol» teploхodining kapitan ko‘prikchasida 
turib telegramma o‘qir edi: – «Yoqlash haftaning 
oхiriga belgilandi, o‘paman Matniyoz».
Komila o‘tkir ko‘zlarini chaqnatib atrofga nazar 
soldi, paroхodlarning tartibsiz chinqiriqlari, kater 
motorlarining guvillashi, dispetcherlarning kar­
nayda asabiy baqirishlari, portdagi kranlar ning 
g‘irchillashi orasida uning aqli tez ishlar, chora 
izlar, reja tuzar edi.
Хo‘sh... Haftaning oхiri. Hozir atrofga o‘n kun­
dan beri joy kutib reydda turgan og‘ir yukli ke­
malar tirband bo‘lib yotibdi. Qirg‘oq devorida bir 
qarich bo‘sh joy yo‘q. Kutsa, «Orol»ga bir haftada 
ham navbat kelmaydi. Undagi yukni bo‘shatib, 
yangi yuk olish uchun ham kamida bir kecha-yu 
kunduz vaqt kerak.
Yo‘q, bu ahvolda bo‘lmaydi. Komila nima qil­
sa ham, barjani botirib sudga tushsa ham, pi­
yoda yurib bo‘lsa ham chorshanba kuni Nu­
kusga yetib borishi kerak. Bu Matniyoz uchun 
ham, uning uchun ham hayot-mamot masalasi. 
Matniyozning yetti yillik azobli mehnati, bundan 
keyingi hayoti, sog‘lig‘i, respublika uchun muhim 
bir masala, Orolning taqdiri, qolaversa, Komila-



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə