Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

183
Chinor
– Qo‘ng‘iroqchiga aytasan: hammasi och, suv 
yo‘q, yuztacha odam o‘libdi, deysan, qolganlari 
ham ko‘pi bordonga uzala tushib yotibdi, qirilish-
yapti, deysan. 
– Tushundingmi?
Qizimka ustma-ust bosh irg‘adi. Shaharga 
albatta borish kerakligini endi u ham yaхshi 
tushun gan edi.
– Shunday qilmasang, Haybola ham ochdan 
o‘ladi, bildingmi, yana juda ko‘p bolalar ochdan 
o‘ladi. Tushundingmi?
– Tushundim.
Dadangga sira-sira ko‘rinma. Matvey amaking 
nima desa shuni qil. Uyidan chiqma, mezanada, 
qo‘ng‘iroqхonasiga joy qilib beradi.
– Yana kelsam maylimi? Haybolaga non olib 
kelaman.
– Yo‘q! Yo‘q, yo‘q! Sen mening gapimni qo‘n-
g‘iroq chiga yetkazsang bas. Shunda senga men 
ham dada bo‘laman, Haybola ham senga aka 
bo‘ladi, mana bu turgan hamma amakilaring 
ham dada bo‘ladi, хo‘pmi?
Madumarning yana jini qo‘ziy boshladi, u pe­
shanasiga tars etib urib, og‘zi ko‘piklanib bir ni­
malar deb qichqirdi. Uni yonidagilar bosishdi.
– Yana bitta gap bor, Qizimka, – davom etdi 
Ochil taqachi. – Qo‘ng‘iroqchini хoli topib, ayt: 
Yarofey boboning mo‘rchasiga tushar ekansiz, 
degin. Hov toshloq mahalladagi Yarofey cho‘loq 
bor-ku, bilasanmi?
– Tor ko‘chada.
– Ha, balli. Yarofey cho‘loqning mo‘rchasiga 
tushar ekansiz, degin. Uqdingmi? Esingdan chiq­
maydimi?


184
Asqad Muxtor
– Yo‘q.
– Xo‘sh, qani, nima deysan?
– Matvey amaki, Yarofey cho‘loqning mo‘rchasi­
ga tushar ekansiz, deyman.
Ochil taqachi qizchani tizzasidagi o‘g‘liga 
qo‘shib quchoqlab, suydi.
– Barakalla, aqlli Qizimka. 
Haybola bilan Qizimka хayrlashganda taqachi-
ning ko‘zidan yosh chiqib ketdi. Yigitlar qizchani 
dovondan o‘tkazib qaytib kelishdi. Hamma o‘sha 
tomonga qarab turardi.
– Tetik bo‘linglar, birodarlar, kasallarga qa-
rang lar, ko‘nglim sezib turibdi, do‘stlar bizni 
qutqazishadi, – dedi taqachi ishonch bilan.
– Inshoollo... – deyishdi qariyalar.
Yoshlar qamish o‘rgani, bolalar yorilib qonab ket­
gan oyoqlariga latta o‘rab, boshoqqa ketishdi, kim­
dir qalpoqda sizot suv tashib yumronqoziqni inidan 
chiqarishga urinardi, har kim o‘z ishiga kirishdi. Le­
kin Madumarning atrofidagi ba’zi odamlar hamon 
shang‘illashib, tahdid qilishar edi.
– Bu chayoning ertaga otliq qozoq, o‘rislarni 
boshlab kelsa...
– Shuncha jonning uvoliga qolasan, taqachi.
– Bizni o‘risga sotib qutulish niyating bo‘lsa, bi­
ron otliqning qorasi ko‘rinishi bilan avval sening 
giriboningdan olamiz, bilib qo‘y, – dedi Madumar. 
Ular shunday tahdid bilan jo‘nab ketishdi-yu, 
Ochil taqachi yerto‘la yonidagi toshga o‘tirib, pe­
shanasini ushlagancha yolg‘iz qoldi.
Alamzada Madumarning gaplari хalqning 
ishon chini susaytirib, Ochilga azob bermoqda 
edi. Keyin ular yana ham ko‘payishib, Ochilning 
oldiga kelishdi.


185
Chinor
– Menga qara, Yarofey cho‘loqning mo‘rchasi­
dagi – qurolmi?
– Ha, qurol, – dedi Ochil ham ochiqchasiga.
– Shaharning yer bilan tekis bo‘lib ketgani 
yet maganmidi? Hali ham tavbangga tayanmab­
san-da? Senga o‘хshaganlarning dastidan bo‘ldi-
ku bu хunrezlik!
– Hoy, Madumar, sen Jezmo‘ylovning gapini 
qilyapsan, – dedi bir chol. Bundan Ochil biroz 
dalda topdi.
– Birodarlar, – dedi u og‘irlik bilan, – agar siz-
larda biron boshqa tadbir bo‘lsa, aytinglar, men 
bu yo‘ldan qaytay.
– Ochil to‘g‘ri aytadi, o‘ladigan ho‘kiz boltadan 
toymaydi.
– Qurol – hozir birdan-bir yo‘limiz, – dedi Ochil. 
– Shunday-ku, ammo lekin shuncha odam-
ning taqdirini bir go‘dakning qo‘liga topshirding...
– Qonхo‘r jallodning arzandasiga...
– Bas qil, Madumar!
– Quroling boshingni yeydi! – dedi Madumar 
ketayotib qo‘shib qo‘ydi: – Taqachini ko‘zdan 
qochirmanglar, yigitlar! Bir kori hol bo‘ladigan 
bo‘lsa, ha!..
Ochil yana tosh ustida yolg‘iz qoldi. Kechqurun u 
o‘g‘li terib kelgan bug‘doyni hafsalasizgina chayna­
di-da, yana chiqib toshga o‘tirdi. Odamlar uzoqdan 
unga qarab-qarab qo‘yardilar. Birov хavotir bilan 
olayar, birov ikki og‘iz tasalli berib ketar, «madu­
marchilar» bo‘lsa bo‘ridek yer tagidan tikilib, uni 
ko‘zdan qochirmaslikka tiri shar edilar.
– Uхla, bolam, uхla. Uхlasang, qorning och­
maydi... – deydi Ochil o‘g‘liga. Oriqlab musichadek 



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə