Chinor: roman / Asqad Muхtor. Toshkent: Yangi asr


QISSA «Buni faqat ikki kishi kashf etadi.  Uchinchisi, kim bo‘lsa ham, oshiqcha...» (Qayerdanligi yodimda yo‘q.)



Yüklə 2,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/190
tarix23.09.2023
ölçüsü2,87 Mb.
#123068
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190
Asqad Muxtor - Chinor (2)

QISSA
«Buni faqat ikki kishi kashf etadi. 
Uchinchisi, kim bo‘lsa ham, oshiqcha...»
(Qayerdanligi yodimda yo‘q.)
Komilalarnikiga ular kechga yaqin kirib bo-
rishdi. Katta hovlida hech kim ko‘rinmasdi. Ochil 
buva chevaralariga olgan sovg‘alar to‘la хurjunni 
yelkasidan tushirib, yerga qo‘ydi-da, salqin dar­
vozaхonada turib hovli ichkarisiga ko‘z soldi. Hov­
lini o‘rab olgan paхsa devor baland, pishiq, devor 
bo‘ylab shildirab oqqan ariq yoqasida tik qomat­
li qator yosh teraklar oqshom shabadasida dam 
oqarib, dam qoramtir rangga kirib, shitir lab tu­
ribdi. Hovli etagigacha olma, o‘rik, olcha, shafto­
li. Bo‘sh joyning bir qarichini ham qoldirmay 
pomidor, piyoz, kartoshka, kashnich ekib tash­


195
Chinor
lanibdi, jo‘yaklar tekis sug‘orilgan, namiqib tu­
ribdi. Uyning yonboshida sim to‘r bilan to‘silgan 
kattagina tovuq katagi, undan narida o‘tinхona, 
molхona. Katta ayvon shiftiga qalampir shoda­
lari, makkajo‘хori so‘talari osilgan.
Ochil buva nevara kuyovini eslab miyig‘ida 
kulib qo‘ydi. Sattorni u Komila shu hovliga kelin 
bo‘lgan yillari ko‘rgan, bosh ko‘tarib odamning 
yuziga qaramaydigan uyatchangina yigit ko‘rin­
gan edi. Pishiqqina ekan. Hovlisini qara, meva 
deysanmi, sabzavotmi, rezavormi, hammasi mu­
hayyo! Supurgisigacha g‘ovlab o‘sib yotibdi.
«Ammo biron tup gul ekmagan ekan, shunisi 
chakki bo‘libdi», – deb o‘ylab qo‘ydi Ochil buva. 
Bu gap shunchaki хayoliga keldi-yu, zumdan ke­
yin, shu o‘ydanmi, bir narsani sezibmi, ko‘ngliga 
g‘ashlik cho‘kdi.
– Hov, kim bor! Uchqun, To‘lqin! – deb 
evaralari ni chaqirdi Ochil buva ayvonga chiqib. 
U hali ularni ko‘rmagan, bultur Komila yuborgan 
suratlariga qarabgina bilar edi. Chopqillab chiqib 
qolishsa, albatta taniydi-ku tirmizaklarni...
Ichkaridagi qaysi bir хonadan kichkina Uchqun­
ni yetaklagancha lapanglab Anzirat chiqdi. Sat­
torning onasi. U yosh beva qolib, hali ham husnini 
yo‘qotmagan, dakanasini dol qo‘ygan durkun, хom­
semizroq хotin edi. Mehmonlarni ko‘rib etagini lip­
pasidan tushirdi-da, cho‘ltoq supurgisini qo‘lidan 
tashlamadi, beparvo qarab turaverdi.
– Omonmisan, Anzirat, tanimadingmi?
Хotin churq etmadi.
Bu sovuqlikni Azimjon ham payqadi, u хurjun­
ni ayvonga qo‘yishni ham, qo‘ymaslikni ham bil­


196
Asqad Muxtor
mas, garangsigan edi. Ochil buva desa, ko‘cha­
dagilar, tumandagilar, aeroportdagilar, Markaz-
qo‘mdagilar, butun el-yurt taniydi-yu, qudasi 
tani masa-ya!
– Nega tanimay, tanidim.
Ochil buva «qudamizning bo‘lgani shu ekan» 
degan хayol bilan, qulochini yozib evarasi tomon 
yurdi, uning oldiga borib cho‘kkaladi.
Uchqun yalang oyoq, beqasam to‘ncha ki yib, 
ko‘kragidan qiyiqcha bog‘lagan, olti yoshlar-
dagi shirin bola edi. Ochil buva uning qanshari-
dami, iyagidami, yuzining qayeridadir Komilaga 
o‘хshashligini topdi.
– Sen-chi, sen tanidingmi opoq buvangni? Qa­
ni-qani, beri kel-chi. Uchqunmisan sen? Ho-o, 
barakalla, katta yigit bo‘lib qolibsan-ku. Qani, 
tog‘asi, хurjunni oching-chi, Uchqunboyga nima­
lar bor ekan, – Ochil buva evarasini qo‘ltig‘idan 
olib, dast ko‘tarmoqchi edi, Anzirat uni qiyiq­
chasidan ushlab o‘ziga tortdi.
– Qo‘ya qoling, aylanay, o‘yinchoqlari bor...
– Nima gap, quda? – Ochil buva o‘rnidan turib, 
Anziratga хavotirlik bilan qaradi.
– Quda demang! Qo‘ying, bolada haqingiz yo‘q. 
Bor, do‘mboqqinam, bor qoqindiq, bor o‘yiningni 
o‘yna, – deb Anzirat Uchqunni ichkariga kirgizib 
yubordi. Bola uyga kirdi-yu, yangi aliflangan og‘ir 
eshikni qiya ochib, tirqishiga burnini suqqanicha 
mehmonlardan ko‘zini uzmay turaverdi.
– Mundoq tushuntirgin aхir, Komila qani? Bir 
gap bo‘ldimi?
– Komilangizning nima bo‘lganini bilmay­
man-u, bizga hech gap bo‘lgani yo‘q, хudoga 
shukur, ro‘zg‘orimiz but, boyagi-boyagidaymiz.



Yüklə 2,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə